O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


10 
1-BОB. MEHNAT TO’G’RISIDAGI FANNING YUZAGA KELISHI 
VA UNING JAMIYAT RIVOJLANISHIDAGI ROLI 
 
1. Mehnat to’g’risidagi fanning yuzaga kelishi 
 
Mehnat to’g’risidagi fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi insoniyat 
tarixiga bevosita ta’sir ko’rsatgan nazariyalar bilan bog’langan, zero ular 
insonning eng muhim, uni boshqa jonzotlardan farqlaydigan mohiyatiga 
mehnat qilish qobiliyatiga, ya’ni tabiat ashyolarini ongli ravishda 
o’zgartira borib, ularni o’z talab htiyojlariga moslashtira olishga 
taalluqlidir.
Mutafakkirlar, iqtisodchi-olimlar, amaliyotchi arboblar e’tiborini 
band qilgan va pirovard natijada jamiyatning rivojlanish sur’atlarini ko’p 
darajada belgilagan mehnat to’g’risidagi masalalar ko’p qirrali bo’lib, u 
uzoq tarixga ega.
Iqtisodiy tafakkur qadim zamonlardan buyumlar qiymati yuzaga 
kelishi sirini tushunib etishga urinib kelgan. Qadimgi yunon faylasufi 
Arastuning (Aristotel eramizdan oldingi 384—322 yillar) asarlarida 
tovarlar qiyoslana olishi muammosi tilga olingan edi. U ayirboshlash 
nisbatlari nima bilan belgilanadi, degan savolni o’ziga o’zi berib, unga bir 
xil mazmunda javob berolmasligini, lekin u shu xususida bir necha 
taxminlar borligini bildirgan.
Siyosiy iqtisodning ajralmas qismi bo’lgan mehnat to’g’risidagi fanni 
rivojlantirishga ingliz iqtisodchi olimi Adam Smit (1723—1790) 
nihoyatda katta hissa qo’shdi. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va 
sabablari to’g’risida tadqiqot» deb nomlangan asosiy asarida (1776) 
mamlakat boyligi moddiy ishlab chiqarish mahsulotlari bilan belgilanishi 
to’g’risidagi qoida bayon qilingan. Mahsulotlarning hajmi ishlab 
chiqarishda qatnashadigan aholining ulushiga va undagi mehnat 
unumdorligiga bog’liq bo’ladi. Mehnatning taqsimlanishi va ishlab 
chiqarish ixtisoslashuvining chuqurlashtirilishini A. Smit mehnat 
unumdorligi oshishining sharti deb bilgan.
Jamiyatning ibtidoiy holatiga xos vaziyat e’tiborga olinmasa, A. 
Smitning tovarlar qiymati nazariyasida ikki xil nuqtai nazarni, ya’ni 
qiymatning mehnat nazariyasi va ishlab chiqarish omillari nazariyasining 
bir yo’la mavjudligini ko’rish mumkin. A. Smitning boshqa fikr-
mulohazalaridan, narx tarkib topadigan barcha daromadlar manbai 
mehnatdir, degan ma’no kelib chiqadi.


11 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin