16
— buyumlar ishlab chiqarishda qatnashadigan odamlar —
xodimlarga, korxona egalariga va er egalariga ajratiladi. Ularning barchasi
ishlab chiqaruvchilardir.
— buyum bo’lmagan ne’matlar ishlab chiqaruvchilar ham bo’lishi
mumkin (shifokorlar, artistlar, sartaroshlar va boshqalar), ular harakatining
foydasi hech qanday buyum bilan bog’lanmaydi, lekin shunday qiymatga
ega bo’ladiki, undan foydalansa bo’ladi. Buyum bo’lmagan ne’matlar
ishlab chiqarilgan zahotiyoq iste’mol qilinadi;
— ishlab chiqarishning barcha qatnashchilari,
buyumga foydalilik
baxsh etib, uning narxini shakllantirishda qatnashadi va buning uchun
daromaddagi o’z ulushini:
er egasi renta tarzida,
kapitalist kapital uchun
foiz tarzida,
korxona egasi foyda tarzida, xodim ish haqi tarzida oladi;
— oddiy (malakasiz) xodimning mehnatiga to’lanadigan
haq uning
o’z oilasini ta’minlashga etadigan narxdan oshmaydi, chunki uning
bajaradigan ishini bajarish uchun odam bo’lishning o’zi kifoya, odam esa
tug’ilib, tirikchilik qilish mumkin bo’lgan jamiki joyda tirikchiligini qiladi.
Usta-hunarmand odam (malakali xodim)ning mehnatiga haq to’lash ularni
o’qitish sarf-xarajatlarini o’z ichiga oladi;
— kapital yuzasidan olinadigan foiz uni turli yo’nalishlarda ishlatish
imkoniyatiga va bozordagi band etilmagan kapitallar miqdoriga bog’liq
bo’ladi;
— erning narxi va renta cheklanganligi
va yollovchilarning unga
bo’lgan ehtiyojlari cheklanmaganligi bilan belgilanadi;
— buyumlarning qiymati bozorda ularga bo’lgan talabga va ularning
taklif etilishiga bog’liq bo’ladi.
Boyliklarni taqsimlashning ushbu nihoyatda oddiy chizmasi fandagi
haqiqiy olg’a siljish bo’ldi. Avvalo u fiziokratlarning chizmasidan ancha
aniqroqdir, ularning chizmalariga ko’ra
moddiy mahsulotlar ayrim
shaxslar o’rtasida emas, balki sinflar o’rtasida muomalada bo’ladi. J.B.
Seyning mazkur oddiy chizmasida kapitalistning taqdirlanishini korxona
egasining taqdirlanishidan osonlikcha ajratish mumkin, A.
Smitda bular
aralash holda edi. Tadbirkor ko’p hollarda kapitalist bo’lganligi
bahonasida shotlandiyalik iqtisodchi deyarli barcha ingliz mualliflarining
ibrati bo’yicha ana shu ikki xil taqdirlashni aralashtirib yuborgan va
«foyda» so’zi bilan uning butun
taqdirlanishini belgilagan, uning o’z
kapitali yuzasidan oladigan foizini so’zning tom ma’nosidagi foydadan
farqlay olmagan.
Dostları ilə paylaş: