13
Abstrakt mehnat deganda insonning bir xil tafovutlardan xoli
bo’lgan mehnatini, inson ishchi kuchining fiziologik ma’nodagi sarflanishi
deb qaraladigan, tovarlar qiymatini hosil qiladigan mehnat tushunilgan edi.
Aniq mehnat deganda iste’mol qiymatlarini
yaratadigan inson -
ishchi kuchining maqsadga muvofiq, alohida shaklda sarflanishi
tushunilgan.
Mehnatning namoyon bo’lishi bu shakllarning
barchasi bilan uzviy
birligidadir. Mehnatning namoyon bo’lish shakllarini farqlash mehnatning
og’irlik, tig’izlik, mazmundorlik darajasi va boshqa jihatlarini tadqiq
etishda birmuncha ahamiyatga ega bo’ladi. Lekin inson quvvatini
fiziologik ma’noda sarflanishi bilan bog’liq
mehnatni uning namoyon
bo’lish shakllaridan biri sifatidagina ta’riflash, uning mohiyatini
qashshoqlashtirishga olib keladi.
Ishchi kuchi deganda odamlarning turli toifalari tushunilgan. Hozirgi
kunda ushbu ta’rifdan tashqari yana bir qancha ta’riflar mavjud:
— «Ishchi kuchi deganda yoshi 16 dan oshgan va shu vaqtda ishlab
turgan yoxud faol ravishda ish izlayotgan, yoxud ishdan bo’shaganidan
keyin uning xizmatlariga yana murojaat qilishlarini
kutadigan xodimlar
nazarda tutiladi» — hozirgi amerikalik mehnat iqtisodi yoti tadqiqotchilari
ishchi kuchi tushunchasini ana shunday talqin qiladilar;
—«Ishchi kuchi» tushunchasini tovar va xizmatlar ishlab chiqarish
uchun mehnat taklifini ta’minlaydigan
hamda ish bilan bandlar va
ishsizlardan iborat bo’lgan aholi qismi tushuniladigan «iqtisodiy faol
aholi» tushunchasining sinonimi sifatida ishlatilmoqda;
— Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) e’lon qilgan materiallarda ishchi kuchi
deganda faqat ish bilan band yollanma xodimlar, shuningdek yollanma ish izlayotgan
odamlar tushuniladi.
Ana shu ta’riflarda ishchi kuchi deganda,
mehnatga qodirlik emas,
balki aholi toifalari, ya’ni mehnat uchun inson resurslari tushunchalari
birlashtiriladi. Lekin tilga olingan ta’riflarning
barchasida aholining turli
toifalari ko’rsatilgan. Birinchi misolda bular — muayyan yoshdagi ish
bilan bandlar va ishsizlar,
ikkinchisida — ish
bilan bandlarning barchasi
va ishsizlarning barchasi,
uchinchisida — faqat barcha xodimlardir.