O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

 
 
1.1.-chizma. A.Smitning qiymatga oid konseptsiyasi 
A. Smitning unumli va unumsiz mehnat to’g’risidagi qoidalariga 
qaytadigan bo’lsak, uning ushbu masalalarga doir fikr-mulohazalari 
nazariy jihatdagi qiziqishga arziydi. Sotishga mo’ljallangan buyumlarda 
mustahkamlanib va ro’yobga chiqib, qayta ishlanayotgan materiallar 
qiymatini oshiradigan mehnatni A. Smit unumli mehnat deb hisoblaydi. 
Unumsiz mehnat ko’rsatilishi paytida yo’q bo’lib ketadigan xizmatlar 
bilan bog’langan. A. Smitning fikricha, bunday mehnat qiymatga hech 
nima qo’shmaydi, u ayrim narsalarda mustahkamlanmaydi va ruyobga 
chiqmaydi, lekin o’z qiymatiga ega bo’ladi va taqdirlashga loyiqdir.
 
 
1.2. Qiymatga oid mehnat nazariyasining rivojlanishi 
A. Smitdan keyin iqtisodiyotda bir-biridan tubdan farq qiladigan, 
insoniyat tarixiy rivojlanishining borishiga benihoya muhim ta’sir 
ko’rsatgan ikki yo’nalish: qiymatga oid mehnat nazariyasi va ishlab 
chiqarish omillari nazariyasi shakllandi.
Ingliz moliyachisi va siyosiy iqtisod klassik maktabining yirik 
namoyandasi David Rikardoning (1772—1823) ilmiy asarlari A. 
Smitning tovarlar qiymati tabiati to’g’risidagi nazariyasida mavjud bo’lgan 
ikki xillikni bartaraf etib, qiymatning mehnat nazariyasiga o’tilishni va 
mehnatni qiymatning yagona manbai deb topilishiga olib keldi. D. Rikardo 
mehnat to’g’risidagi iqtisodiy nazariya yo’nalishlaridan birining asoschisi 
hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisod va soliq solish asoslari» asarida bunday 
deb yozgan edi: «Tovarning qiymati yoki u ayirboshlanayotgan birorta 
A.Smitning 
qiymatga oid 
uch 
konsepsiyasi 
Mehnat unumli va unumsiz bo’lib, unumli mehnatning 
barcha turlari tovarning qiymatini shakllantirganligi 
uchun teng ahamiyatlidir
Qiymat zaruriy mehnatning
muayyan
tovarga sotib 
olsa bo’ladigan miqdori bilan aniqlanadi
Kapitalistik ishlab chiqarishda qiymat miqdori tarkibiga 
yollanma hodimlarning ish haqi, er egasining rentasi va 
korhona egasining foydasini qamrab oladigan sarf-
harajatlar kiradi 


12 
boshqa tovarning miqdori uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatga 
to’lanadigan ko’proq yoki kamroq haqqa emas, balki shu mehnatning 
nisbiy miqdoriga bog’liq bo’ladi»
1

Olim quyidagi uch asosiy ijtimoiy sinfni: er egalari, kapital egalari va 
ishchilarni bir-biridan farqlagan. Ularning har biri o’z daromadini, tegishli 
shaklda: renta, foyda va ish haqi shaklida oladi. Ammo Rikardo fikricha, 
renta ham, foyda ham ishchilar haqi to’lanmagan mehnatning qismidir. 
Ish haqi miqdorini D.Rikardo xodim va uning oilasi tirikchilik mablag’lari 
qiymati bilan belgilab, A. Smitdan farqli ravishda bu qiymatni yashash 
minimumi bilan qat’iy cheklagan. 
Mehnat to’g’risidagi nazariya, quyidagi ikki asosga tayangan: 
1. Abstrakt inson mehnati tovarlar qiymatining yagona manbai 
hisoblanadi. 
2. Ishchi kuchi - insonning o’z qiymatidan ko’proq qiymat 
yaratadigan mehnat qobiliyatidirki, bu qobiliyat yuqorida aytib 
o’tilganidek, A. Smit, D. Rikardo o’z muxolifi bo’lgan frantsuz 
iqtisodchisi Jan-Batist Seyning xizmatlarini yuqori baholab, unga 
quyidagicha ta’rif beradi: Evropa qit’asida Smitning printsiplarini to’g’ri 
baholagan va birinchi bo’lib qo’llagan iqtisodchi olimlardan, 
yozuvchilardan biri bo’lgan. U Evropadagi millatlarni ushbu ma’rifatli va 
xayrli ta’limotning printsiplari bilan tanishtirish maqsadida hammadan 
ko’ra ko’proq harakat qilgan, shuningdek, fanga mantiqliroq hamda 
ibratliroq tartib kirita olgan va fanni ko’plab o’ziga xos, aniq va chuqur 
tadqiqotlar bilan boyita olgan shaxsdir»
2

Tovarlar qiymatining shakllanish mexanizmiga ko’ra, aniq mehnat
iste’mol qiymatini, abstrakt inson mehnati esa tovarlar qiymatini yaratadi. 
Sarf qilingan mehnatning miqdori esa uning davomliligi va ish vaqti bilan 
o’lchanadi, ish vaqti esa, o’z navbatida, o’zining miqyosini soat, kun va 
boshqalar kabi muayyan vaqt ulushlaridan topadi.
1
Aнтология экономмической клaссики. Т.1, 402-c.
2
Жaн-Baтiст Сей. Трaкт по политической экономии. М.: «Dеlо», 2000, 7-b. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin