O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə13/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Ro'yxatga olish sanasi — bu aholi ro*yxatining aniq vaqtdan boshlangan kundir. Aholini ro'yxatga olish muddatlari — bu aholi orasida yurib, so'rovlar o'tkaziladigan hamda varaqalar to'ldiri-ladigan davr mobaynidir.
Aholi ro'yxatlarini o'tkazish tamoyillari haqidagi tasawurlar asta-sekin vujudga kelgan. Aholini ro'yxatdan o'tkazishning ilmiy asoslari birinchi (1855 y., Bryussel) va ikkinchi (1972 v., Sankt-Peterburg) Xalqaro statistik kongresslar tavsiyalarida qayd etilgan. 1846 yilda Bryussel shahrida taniqli belgiyalik olim A.Ketle rahbarligida o'tkazilgan aholi ro'yxati zamonaviy turdagi dastlabki ro'yxat hisoblanadi. Mazkur ro'yxat o'tkazilishida ilk bor kritik vaqt tamoyili qo'llanilgan. O'sha davrda A.Ketle «ro'yxatda qayd etiladigan aholi toifasi» tushunchasini birinchi marta ilmiy iste'molga kiritgan.
Ma'lumki, ro'yxatga olish jarayonida to'rtta aholi toifasi ajratiladi:

  • mavjud aholi — ro'yxatga olish vaqtida ma'lum hududda bo'lgan jami aholi, shu jumladan, vaqtinchalik yashab turgan aholi;

  • doimiy aholi — ma'lum hududda ro'yxatga olish vaqtida doimiy yashovchi aholi. Shu bilan birga, vaqtinchalik safarga ketganlar ham doimiy aholiga kiritiladi. Doimiy yashash mezoni sifatida olti oyga teng davr olinadi. Doimiy aholiga quyidagilar kiradi: muntazam tarzda shu hududda yashovchilar, ular orasida 6 oydan ko"p bo'lmagan muddatga ketganlar, o'qish yoki ishlash uchun kelib, 6 oy va undan ko'p muddat davomida mazkur hududda yashovchilar;

  • vaqtinchalik yashovchilar — bu mazkur hududda doimiy yashab qolishni istamagan, lekin bu yerda ro'yxatga olish davrida bo'lgan aholi. Vaqtinchalik ketganlar — bu mazkur hududda

doimiy yashaydigan, biroq ro'yxatga olish davrida u yerda boimaganlar;
yuridik (qayd etilgan) aholi. Unga muayyan hududda shu
mamlakat qonunlariga ko'ra qayd etilgan aholi kiradi. Masalan, turar-
joy bo'yicha ro'yxatda turuvchi aholi. Yuridik aholi soni doimiy
yoki mavjud aholi soni bilan mos kelmaydi, shuning uchun zamonaviy
aholi ro'yxatlarida ushbu toifa juda kam hollarda qo'llaniladi.
Aholini ro'yxatdan o'tkazishda aholi toifalaridan bin — yo mavjud, yo doimiy yoki ikkala toifasi ham bir vaqtning o'zida qo'llanilishi mumkin. Hududning mavjud va doimiy aholi soni bir-biridan keskin farq qilishi mumkin, ammo jamoat transporti tarmog'i, ulgurji savdo va h.k. aynan mavjud aholiga mo'ljallanishi lozim. Bu, ayniqsa, mavsumiyomil bo'lib, muhim ahamiyat kasb etuvchi hududlar uchun dolzarbdir. 1926- va 1939-yillarda o'tkazilgan aholi ro'yxatlarida mavjud aholi qayd etilib, keyingi aholi ro'yxatlarida ham mavjud, ham doimiy aholi ro'yxatga kiritilgan. Bugungi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlarida faqat doimiy aholi ro'yxatga olinadi.
Aholini ro'yxatdan o'tkazishda aniq vaqt va aholi toifalari bilan birga quyidagi asosiy tamoyillar ham e'tiborga olinadi:

  • aholi ro'yxatining umumiylik tamoyili. Imkon qadar muay­yan mamlakat hududida mavjud bo'lgan barcha fuqarolar, shuningdek, shu davlatga tegishli, biroq ayni vaqtda chet elda bo'lgan fuqarolarga oid ma'lumotlar yig'iladi. Aftidan, ushbu tamoyilga amal qilish murakkabdir, chunki aholi bir joyda turmaydi, odamlar oqimi muntazam ravishda mamlakat hududi bo'ylab harakatianadi. Shunga qaramay, aholini ro'yxatdan o'tkazish uslubiyoti imkon qadar maksimal darajada ushbu tamoyilga amal qilishga yo'naltirilgan;

  • shaxsiylik tamoyili. Aholi haqidagi ma'lumotlar ism-sharifga ko'ra, ya'ni har bir shaxsga doir jamlanadi;

  • aholi ro'yxatini o'tkazishning rnuntazamlilik tamoyili. BMT tavsiyalariga ko'ra, aholi ro'yxati muntazam ravishda, 10 yilda bir martadan kam bo'lmagan muddatda o'tkazilishi lozim;

  • o'z-o'zidan aniqlash tamoyili. Odatda, aholi haqidagi ma'lumotlar hujjatlardan emas, balki odamlarning so'zlaridan

olinadi. Farzandlarga tegishli axborotni ota-ona yoki vasiylar beradi. Ro'yxatga olinayotgan paytda aholining ayrim jihatlari, ya'ni ba'zi savollarga javobni faqatgina so'ralayotgan shaxs so'zlaridan olish mumkin (masalan, etnik tnansubligi, ona tili vah.k.).
Garchi aholi ro'yxati o'tkazilganda ma'lumotlar harbirfuqaro haqida to'plansa ham, ro'yxatning qayd etish birligi sifatida oila yoki uy xo'jaligi olinadi. Ushbu tamoyil aholining oilaviy tarkibi yoki uy xo'jaligi bo'yicha taqsimlanishiga oid axboroiga ega bo'lish imkonini beradi. Statistikada oila — bu qarindoshlik (ota-ona — farzandlar, aka-uka, opa-singillar) yoki bir xususiyat (er-xotin, kuyov-qaynona/qaynota, kelin-qaynona/qaynota) ga ko'ra birlashgan, birgalikda yashovchi yoki umumiy budjctga ega bo'lgan shaxslarguruhidir. Oiladan farqli ravishda, uy xo'jaligiga birlashgan insonlar qarindoshlik yoki bir xususiyat bilan bog'lanmasliklari mumkin (masalan, yotoqxonada bir xonada yashab, umumiy xo'jalik yurituvchi), uning tarkibida xizmatkorlar bo'lishi ham kuzatiladi. Oiladan farqli o'laroq, uy xo'jaligi birodamdan iborat bo'lishi mumkin. Oilaviy uy xo'jaligi va jamoaviy uy xo'jaliklari bir-biridan farqlanadi (masalan, qariyalar uyida yashovchilar, harbiy qism «aholisi»).
Ayrim mamlakatlarda tanlama ro'yxatga olish savollari ham qo'llanilib, unda savollar barcha aholiga emas, balki lining ma'lum qismiga beriladi. Tanlama ro'yxatning o'tkazilishi unga sarflana-digan xarajatlarni qisqartiradi, chunki savollar butun aholiga berilmaydi, biroq o'rganilishi lozim bo'lgan dolzarb muammolar batafsil tadqiq etiladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin