O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Oilaning vazifalari, tarkibi va turlari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə93/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

11.2. Oilaning vazifalari, tarkibi va turlari
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy, demografik mohiyati oila vazifalari. uning tarkibi kabi tushunchalar orqali ifodalanadi.
Oilaning vazifalari jamiyat, oila va uning barcha a'zolarining o'zaro birgalikdagi harakati tizimini aks ettiradi. Har qanday jamiyat faoliyati uchun oilalar ham umuminsoniy rolni, ham undan jamiyat talab qiladigan qator eng muhim rollarni bajarishlari kerak. Bu umuminsoniy ehtiyojlarning dastlabki ta'minoti. bolalar tarbiyasi, ijtimoiy, madaniy an'analaming davom ettirilishidir. 11.1-jadvalda oilaning asosiy vazifalari keltirilgan.
Oilaning eng muhim vazifasi — bu har doim farzandlarning tug'ilishi va tarbiyasi bilan bog'liq bo'lgan. Bola shaxsi, uning hayoti ijtimoiy munosabatlar ta'siri ostida shakllanadi. Biroq, ota-onalarning madaniyat, shu jumladan, axloqiy madaniyat darajasi, -ularning hayotiy rejalari va intilishlari, ijtimoiy aloqalari va oilaviy an'analari shaxsning rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Farzandning ko'pgina shaxsiy sifatlari (or-nomus, qadr-qimmat, oliyjanoblik, mehnatsevarlik, yaxshilik, sobitqadamlik) oilada shakllanadi va rivojlanadi.
1990-yillargacha oilaning ishlab chiqaruvchilik vazifasi chekiangan ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatdan iborat bo'lgan. Bu faoliyat (ayniqsa, ayollamiki) bolalar tarbiyasi, dam olish, mulkni boshqarish va uni meros bo'yicha berishning faqat qisman imkoniyati, sezilarli darajada oila o'rnini bosuvchi ijtimoiy ta'minot, bolalarni jamoatchilik asosida tarbiyalash bilan bog'liq bo'lgan.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi oilaning mamlakat iqtisodiyoti va rivojlanishidagi ahamiyatining o'sishiga olib keldi. So'nggi yillarda oilaning iqtisodiy vazifasi o'zgarishining asosiy xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • amalga oshishida oilaning barcha a'zolari ishtirok etadigan oilaviy biznesning rivojlanishi;

  • qator xo'jalik-maishiy faoliyat turlarining oiladan tashqaridagi institutlardan qaytadan oilaga qaytishi;

  • ayollarning oilaviy ishlab chiqarishga qaytishi;

//. 1-jadval Oilaning asosiy vazifalari










Oiiaviy faoliyat shakli

Jamoaviy vazifalar

Individual vazifalar

Rcproduktiv

Jamiyatning biologik takror barpo bo'lishi

Farzandlarga bo'lgan ehtiyojning qondirilishi

Tarbiyaviy

Yosh avlodning
ijtimoiylashuvi.
Jamiyatning madaniy
uzluksizligini ta'minlash

Ota-onalikka, farzandlar
bilan muloqotga, ularni
tarbiyalashga bo'lgan
ehtiyojning qondirilishi

Xo'jalik-maishiy

Jamiyat a'zolarining
jismoniy sog'Iig'ini
saqlash

Oilaning bir a'zosining ikkinchisiga xo'jalik-maishiy xizmat ko'rsatishi, farzandlarni parvarish qilish

Iqtisodiy

Jamiyatning voyaga
yetmagan va mehnatga
layoqatsiz a'zolarini
iqtisodiy ta'minlash

Oilaning bir a'zosining ikkinchisidan moddiy yordam olishi (mehnatga layoqatsizlik holatlarida)

Ma'naviy muloqot

Oila a'zolarining shaxsini rivojlantirish

Oila a'zolarining ma'naviy yuksalish.

Ijtimoiy-maqom

Oila a'zolariga ma'lum
ijtimoiy maqomning
berilishi. Ijtimoiy
tarkibning takror barpo
bo'lishi

Ijtimoiy intilishga bo'lgan ehtiyojning qondirilishi

Dam olish

Oqilona dam olishni
tashkil etish. Dam olish
sohasida ijtimoiy
nazoratni amalga
oshirish

Oila a'zolarining birga
dam olishga bo'lgan
ehtiyojlarining qondirilishi,
dam olishga bo'lgan
qiziqishlarning o'zaro
bovitilishi

Emotsional
(psixoterapevtik)

Shaxsning emotsional
barqarorlashuvi, ularni
ruhiy davolash

Oiladagi individlarga ruhiy
yordam berish, emotsional
qo'llab-quvvatlashni
ta'minlash.

Jinsiy

Jinsiy nazorat

Jinsiy ehtiyojlarning qondirilish

O'zini-o'zi muhofaza qilish

Oila a'zolarini xavfsiz,
sog'lom, to'laqonli
yashashlarini
ta'minlashga asoslangan
oiiaviy vazifalar balansi

Individual va jamoaviy
yashashning ehtiyojlarini
qondirish va mahalliy
hamjamiyat qiziqishlarining
asosini tashkil qilish

• bolalarning ota-onalar ixtiyoriga iqtisodiy jihatdan kechroq
berilishi va ota-onalarning o'z farzandlaridan shaxsiy yordamchi
xo'jalikda, kichik biznesda xodim sifatida borgan sari ko'proq
foydalanishlari va bundan manfaatdorligining birpaytning o'zida
borayotgan jarayoni chog'ida, oila tomonidan ularga harajatlaming
ko'payishi;
Oila va uy xo'jaliklarini ishlab chiqarish hamda iqtisodiy fao-liyatiga ko'ra ishlab chiqaruvchilik va noishlab chiqaruvchilik turlariga ajratish mumkin.
Uy xo'jaliklarining ishlab chiqaruvchilik vazifasi o'z ichiga quyidagilarni oladi:

  • shaxsiy yordamchi xo'jaliklarni yuritishni, ya'ni qishloq xo'jaligi, jumladan, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini uy xo'jaligida yetishtirish, iste'mol qilish va tashqarida sotish, ishlab chiqarish uchun barcha turdagi yer maydonlaridan (tomor-qa,-bog', dala-hovli, poliz, hovli) foydalanishni;

  • kasanachilikni rivojlantirishni;

  • aholiga turli xil maishiy xizmatlarni ko'rsatishni;

  • oilaviy biznesni.

Iqtisodiy noishlab chiqarish vazifalari o'z ichiga quyidagilarni oladi:

  • oilaviy lizing, ya'ni uy-joy maydonlarini, dala-hovlilarni, yerlarni, uzoq muddat foydalaniluvchi predmetlarni, asbob-uskunalarni, avtomobillarni, garajlarni ijaraga berish;

  • qimmatli qog'ozlar va valyuta sotib olish hamda ulardan foydalanish, banklarga omonatlar qo'yish bilan operatsiyalarni amalga oshirish.

Oila bozor xo'jaligida xaridorning kuchi yetadigan tovarni yaratishning eng muhim omilidir. Ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar, boshqa daromadlar oila darajasida uning a'zolari miqdoriga, ularning ijtimoiy-demografik xususiyatlariga muvofiq qayta taqsimlanadi, bu o'z navbatida, ularni aynan oila a'zolari sifatida iste'mol qilishga ta'sir qiladi.
Shunday qilib, oila vazifalarining bajarilishi bir-biri bilan bog'liq holda ro'yberadi. Ularo'zaro bog'liq holda rivojlanadi. Rivojlanish jarayonida oila vazifalari bir-biriga omil sifatida ta'sir etadi. MasaIan, oilada farzandlar tug'ilishi. Oilada farzandning sog'-salomat tug'ilishi ona salomatligiga, ona salomatligi va tug'ilgan farzandning sog'lom o'sishi esa oilaning iqtisodiy vazifasining bajarilish darajasiga, ya'ni moddiy ta'minJanish darajasiga bevosita bog'Jiqdir. Oilada tug'ilgan farzandning etuk inson bo'lib shakilanishi oilaning ta'lim-tarbiyasiga, bola dunyoqarashining shakllantirilishiga, ya'ni oilaning ijtimoiy vazifalarining bajarilishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. O'z navbatida, oilada farzandlar sonining oshib borishi ham oilaning iqtisodiy vazifalarining bajarilish darajasiga ta'sir etadi. Boshqacha qilib aytganda, oilada istiqomat qilayotgan oila a'zolarining ko'payib borishi oilaning moddiy imkoniyatini ko'tarishni, ya'ni oilaning iqtisodiy vazifasini bajarish darajasini tezlashtirishni talab etadi. Yoki oilaning ijtimoiy vazifasini olib ko'raylik. Oilada farzandga berilgan ta'lim-tarbiya uning dunyoqarashining shakllanishida, hayotga, yashashga bo'Igan munosabatlarida asosiy omildir.
Farzand oila muhitida katta boiar ekan, uning barcha xulq-atvori, atrof-muhitga, oilaga bo'Igan munosabati, kelajakda o'zining oila qurishi, farzandlar ko'rishi haqidagi fikrlari shakllanib boradi. Agar oilaning ijtimoiy vazifasi ijobiy bajarilsa, ya'ni bolada oilaga, ota-onaga, keksalarga hurmat, o'zaro yordam kabi xislatlar shakllansa, u kelajakda oila qurgach, o'zi ham farzandlarini xuddi shunday tarbiyalashga intiladi. Demak, yangi avlodning oila quri-shida, yangi oilaning shakllanishida oiladagi ijtimoiy vazifalarning bajarilishi asosiy omillardan biri hisoblanadi1.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin