O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə94/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

«Oila tarkibi» deganda, uning a'zolari o'rtasidagi qarindoshlik, ma'naviy, axloqiy munosabatlar tizimi tushuniladi.
Oilalarning avtoritar va egalitar tarkibi mavjud. Avtoritar oilalar xotinning erga qat'iy bo'ysunishi va odatda, ota-onalar va bola-larning o'zaro munosabatlaridagi qattiq intizom bilan ajralib turadi. Egalitar oilalar er-xotinning shaxsiy sifatlari va qobiliyatlariga muvofiq taqsimlanishiga, ulardan har birining qarorlar qabul qilishda teng ishtiroketishlariga, vazifalarva bolalar tarbiyasining ixtiyoriy taqsimotiga asoslangan.
Oilaning turlari. Oilalar demografik tarkib va qarindoshlik munosabatlariga bog'liq ravishda turlarga ajratiladi.
Oilalar ichida eng keng tarqalgan turi — bu oddiy (nuklear) oilalar bo'lib, bunday oilalar farzandli yoki farzandsiz er-xotin juftligidan iborat oilalar hisoblanadi. Ota va onaning bolalar bilan qarindoshligi, aka-ukalar va opa-singillaro'rtasidagi qarindoshlik er-xotinlikning nuklear asosiga qo'shimchadir, shuning uchun dcmograflar ularni ba'zan er-xotinlik oila deb atashadi.
Agar oiladagi bolalardan ba'zilari nikohga kirgan boisa, kengaygan yoki murakkab oila hosil bo'ladi. U birga yashaydigan va umumiy xo'jalik bilan bog'langan uch yoki undan ko'p avlodlarni, ularning bitta yoki har xil avlodga tegishliligi yoki tegishli emasligidan qat'iy nazar o'z ichiga oladi. Kengaygan oilada ota-onalar va bolalarning, aka-ukalar va opa-singillarning qon-qarindoshligi ta'kidlab ko'rsatiladi, shuning uchun ularni ba'zan qon-qarindoshlar deb ataladi.
Ko'pchilik tadqiqotchilar fikricha, kengaytirilgan oila barham topayotgan oila turi hisoblanadi. Chunki, sanoat inqilobi katta xo'jalik, ko'p sonli a'zolar, jumladan, bitta uyda yashovchi ko'p bolalar, katta yoshdagi aka-ukalar, opa-singillar, ularning farzand-lari, buvalarva buvilar xos bo'lgan ushbu oila turini barbod qiladi. Bitta-ikkita ota-ona va bir necha farzandlardan iborat bo'lgan va qarindoshlar bilan cheklangan aloqalarga ega bugungi nuklear oila sanoatlashtirish natijasidir.
Oilaning boshqa tipologiyalari ham mavjud:

  • er-xotinning mavjudligiga ko'ra tugal (oilada er va xotin mavjud) va tugalmas (er yoki xotinning bittasi yo'q) oilaga ajratiladi;

  • oilani yana quyidagi turlarga ajratib ko'rsatish mumkin:

a) patriarxal oila. Unda ota oilaning rasmiy boshlig'i bo'ladi
va hokimiyatni amalga oshiradi;
b) matriarxal oila. Ona rasmiy boshliq hisoblanuvchi shakli.
Oilaning iqtisodiy barqarorligini ta'minlash ko'pchilik hollarda
uning iqtisodiy faoliyati bilan bog'liq. Shu bois, har qanday oila uy-ro'zg'ordagi maishiy muammolami hamjihatlikda hal etib, o'zini-o'zi iqtisodiy jihatdan ta'minlagan taqdirdagina barqaror
bo'lishi, jamiyatda ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon-larning faol sub'yektiga aylanishi mumkin. Shu bilan birga, oila jamiyatning birlamchi ijtimoiy-iqtisodiy bo'g'ini hisoblanib, unda aholi daromadlari shakllanadi va uning a'zolarining moddiy-iqtisodiy hamda iste'mol ehtiyojlari qondiriladi.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, oilalar iqtisodiy ta'minlanganlik darajasi bo'yicha bcshta guruhga ajratiladi:

  1. Kambag'al oilalar. Bu toifa oilalarda bir kishiga to'g'ri keladigan daromad tirikchilik minimumiga teng yoki undan kam bo'ladi.

  2. Kam ta'minlangan oilalar. Oilaning bu turida bir kishiga to'g'ri keladigan daromad tirikchilik minimumidan ko'p, biroq o'rtacha ko'rsatkichdan past bo'ladi.

  3. Ta'minlangan oilalar. Bu oilalarda bir kishiga to'g'ri keladigan daromad o'rtacha ko'rsatkich atrofida bo'ladi.

  4. To'q oilalar — daromadi o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori.

  5. Boy oilalar. Bu toifa oilalarga daromadi oqilona iste'mol budjctidan yuqori bo'lgan oilalar kiradi.

Oilada er-xotin va farzandlarning manfaatlari uyg'unlashib, ularning sa'y-harakati bilan pul topib, ro'zg'or tebratish kabi iqtisodiy vazifalar bajariladi. Buning natijasida oilaning iqtisodiy barqarorligi ta'minlanadi. Shu bilan birga, oilaning iqtisodiy barqarorligini ta'minlashning bir qator tamoyillari borki, ularga rioya etish lozim. Ular quyidagilar:

  • oilaning sa'y-harakati barcha oila a'zolari talab-ehtiyojini qondirishga bo'ysunishi talab qilinadi;

  • oilaning iqtisodiy faoliyatiga oid qarori demokratik asosda qabul qilinishi kerak;

'•oila iqtisodiy ratsionalizm qoidalariga rioya etishi kerak, ya'ni oila o'z farovonligini oshirishning eng nafli yo'lidan borishi kerak;
• muqobil tanlov qoidasiga amal qilish kerak. Oilaning ehtiyoji
ko'p bo'ladi, lekin uning topgan daromadi cheklanib, hamma
ehtiyojlarni birdaniga qondirishga etmaydi. Shu bois ehtiyojlarning
eng zaruri tanlab olinishi va ularning kam sarf bilan qondirilishi
lozim bo'ladi;

  • iqtisodiy murosaga kelish qoidasiga amal qilish lozim. Bunda oila a'zolari oila farovonligini oshirish uchun kim nima ish qilishi, kimning individual ehtiyojini qachon qondirish haqida bir qarorga kelish va uni hamjihatlik bilan amalga oshirish talab qilinadi;

  • oila daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish, ularning bir-biriga muvofiqligini ta'ininlab, oila budjetidagi kamomadga yo'l bcrmaslik kerak.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan tamoyillar bevosita oilalaming iqtisodiy barqarorligini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, ularga amal qilish oilalar farovonligini oshirishga yordam berishi shubhasizdir.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin