11.3. Oilaning iqtisodiy faoliyati Oilaning iqtisodiy faoliyati uning budjetida mujassamlashadi. Oila budjeti oila daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi miqdoriy munosabatdir.-Budjet oila qancha daromad topib, qancha x-arajat qilganini, aniqrog'i, oilaning kirim-chiqimi, ya'ni moliyaviy ahvolini bildiradi.
Oila daromadi — bu muayyan davrda (yil, oy) oilaga kelgan barcha moddiy va pul tushumlaridir. Hozir O'zbekistondagi oila daromadi bozor islohotlarining ta'siri va iqtisodiyotning umumiy ahvoliga qarab shakllanadi. Bozor munosabatlariga o'tiiishi oila daromadining yangi turlariga yo'l ochdi. Islohotlar sharoitida tabiatan yangi bo'lgan bozor daromadlari paydo bo'ldiki, bu asosan tadbirkorlik daromadi, tomorqa daromadi, mulkdan kelgan daromad va bozorga ishlovchi korxonalarda yollanib ishlashdan olingan ish haqidan iborat. Bozor daromadi, bu ishlab topilgan daromad, ya'ni ishchi kuchi, kapital, er yoki boshqa boylikni o'z egasi tomonidan naqadar samarali ishlatilishiga qarab topiladigan daromaddir.
Oila daromadlari tarkibida tomorqadan olinadigan daromad ning o'rni katta. Tomorqa haqida gap ketganda, bu xo'jalik aholining kattagina qismini bozordan mahsulot sotib olishdan xolos etadi, ya'ni tomorqada yaratiladigan mahsulotdan oilaning o'zida ham iste'mol etiladi, bu «natural iste'mol» deb ataladi. Natural iste'mol tufayli oila bozordan mahsulot xarid etish tashvishidan qutiladi.
bu ishning xarajatlaridan ham ozod bo'ladi, shuningdek sifatini o'zi kafolatlagan mahsulotni o'zi iste'mol etadi. Inflyasiya sharoitida oila o'zini-o'zi mahsulot bilan ta'minlashga ko'proq moyildir, chunki jamg'arilgan pul o'z qadrini yo'qotsa-da, jamg'arilgan mahsulotning qadri ortib boradi.
Tomorqa oila daromadi resursi sifatida yaqin orada o'z ahamiyatini yo'qotmaydi, chunki u mohiyatan bozorxo'jaligidir. Shu sababli uning daromadini ham bozor daromadi deb hisoblash mumkin.
Yollanib ishlash bor yerda mehnat daromadi mavjud boiadi. Ish haqi tabiatan mehnat daromadi hisoblanadi. Uning miqdori mehnat samaradorligiga bog'liq, chunki bozor iqtisodiyotida har qanday daromad resurslaming qanchalik unumli ishlatganining natijasi bo'ladi. Shu bois ish haqi miqdori mehnat unumdorligi darajasidan kelib chiqadi. Bu qoida moddiy ishlab chiqarish sohalariga (sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish, transport va h.k.) xos bo'ladi. Nomoddiy sohalardagi (ta'lim, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan va h.k.) ish haqi ishlab chiqarishda yaratilgan daromadlaming budjet orqali taqsimlanishiga bog'liq bo'ladi. Shu sababli budjetdan moliyalashtiruvchi tashkilot va muassasalardagi ish haqi budjetning imkoniyatlaridan kelib chiqadi.
Islohotlar oila daromadi tarkibiga ta'sir etib, undagi ish haqi hissasini pasaytirib yuboradi. Mazkur hodisaning ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Ijobiysi shuki, bozor daromadlari tez o'sgan sharoitda ish haqining oila uchun ahamiyati kamaydi. Ilgarilari oila davlatga qaram bo'lganidan, davlatga nisbatan «bersang — yeyman, ursang — o'laman" qabilida ish tutishgan. Endilikda kishilar erkin bo'lib, o'zlari daromad topish imkoniga ega bo'ldilar. Ilgarilari davlat nima berar ekan deb kutgan ishchi, xizmatchi va dehqonlarning aksariyat qismi tadbirkorlik yo'liga o'tib, bozor daromadiga ega bo'ldilar.
Oilaning nobozor daromadlari — bu bozor qoidalariga bog'liq bo'lmagan, ya'ni yollanib ishlash, kapital va mulkka aloqasi bo'lmagan daromaddir. Bu daromad resurslarini samarali ishlatilishi bilan bog'liq emas, aksincha mavjud resurslar yaratgan daromadni qayta taqsimlab, uning bir qismini ayrim oilalarga
berish natijasida yuzaga keladi. U amalda budjetdan aholiga beriladigan transfert to'lovlari bo'lib, tarkiban pensiya, nafaqa va stipendiyalardan iborat.
Oila o'zining hayotiy ehtiyojlarini qondirishi uchun moddiy mahsulot va xizmatlarni xarid etishi talab qilinadi, binobarin u xarajat qilishi zarur. Oilalaming xarajatlari yakka tartibda olib boriladi, chunki ularda istiqomat qiluvchi kishilarning didi, yoshi, kasbi, jinsi, jismoniy salohiyati, salomatligi farqlanadi va bu oila talabini tabaqalashtiradi. Oila xarajatlari bir tomondan lining chtiyojiga, ikkinchi tomondan uning daromadiga bog'liq bo'ladi. Ehtiyoj ma'lum miqdordagi mahsulotlar va xizmatlar oila uchun zarurligini anglatadi, ammo ularni xarid etish uchun pul kerak bo'ladiki, uning miqdori daromadga borib taqaladi. Daromad qanchalik ko'p bo'lsa, oilaning xarid qobiliyati shunchalik yuqori bo'ladi, ya'ni oila sarf-xarajatlari ko'payadi.
Oilalar qanchalik farqlanmasin, baribir ular xarajatlarining umumiy jihati borki, bu oiladagi kishilarning umuminsoniy ehtiyoji mavjudligidan kelib chiqadi. Ovqatlanish, kiyinish, bilim olish, madaniy hordiq chiqarish, bolalarni tarbiyalash xarajatlari turii oilalarda miqdoran farqlansa-da, hamma yerda zarur bo'ladi.
Oila xarajatlari uning tarkibiga ham bog'liq. Oilaning ko'p yoki kam bolali bo'lishi, birinchidan, uning jon boshiga darornadini farqlantirsa, ikkinchidan, uning jon boshiga xarajatlari miqdorini va pulning nimaga sarflanishidagi tafovutni keltiib chiqaradi, chunki bolalar soni oilaning kundalik ehtiyojini o'zgartirib yuboradi. Ko'p bolali oilalarda ovqatlanish, kiyinish, bilim olish, transport va tomosha ko'rish xarajatlari yuqori bo'ladi. Bolasi kam oilalarda bu xarajatlarning salmog'i oz bo'ladi.
Oilaning xarajati uning madaniy saviyasiga ham bog'liq. Madaniyat yuqori joyda oila ehtiyoji sog'lom va oqilona bo'ladi yoki aksincha. Oiladagi ko'pchilik noo'rin sarflar uning iste'mol madaniyatining pastligi bilan izohlanadi.
Soliqlar va badal puli kabi to'lovlar oila daromadidan chegirilib, uning xarajatlari tarkibiga kiradi, biroq bu sarf oila ixtiyorida bo'lmaydi. Aksincha, daromadni jamg'arish uchun sarflash oilaning ishidir.
Oila ehtiyojlari qondirilishi muddati jihatidan 3 turli bo'ladi: a) joriy yoki kundalik ehtiyoj, u darhol qondiriladi, chunki uni kechiktirib bo'lmaydi; b) zarur, ammo pul yetishmaganidan qondirilishi kechiktirilgan ehtiyoj; v) bo'lg'usi, ya'ni bir necha yildan keyin yuzaga keladigan va qondiriladigan ehtiyoj. Ehtiyojning ikkinchi va uchinchi turi oiladan jamg'arishga moyillik uyg'otadi. Kerakli mahsulot bozorda topilmasa yoki topilgan taqdirda ham unga pul yctishmay qolsa, ma'lum vaqt pul jamg'arilib boriladi. Chunonchi, mebel, avtomashina, kvartira yoki hovli-joy sotib olish pulning jamg'arilib borishini talab qiladi. Qarilikni ta'minlash, bolalarni uy-joylik va oilalik qilish ehtiyojlari ham jamg'arislini yuzaga keltiradi. Xullas, oilada daromadning bir qismi jamg'arilishi turgan gap, lekin buning imkoni har xil bo'ladi. Jamg'arish oila daromadi miqdoriga to'g'ri mutanosiblikda bo'ladi. Shu sababli o'ziga to'q oilalarda jamg'arish ko'p bo'lsa, muhtoj oilalarda u oz bo'ladi yoki umuman bo'lmaydi. Oilada jamg'arishning darajasini jamg'arish koeffisiyenti belgilaydi, bu ko'rsatkich oila daromadining qanday qismi jamg'arilishini bildiradi:
I - J Buyerda: Jk — jamg'arish koeffisiyenti; /—jamg'arish miqdori; D — daromad miqdori. Har doim Jk<\ bo'ladi, chunki hech qachon oila daromadining hammasi jamg'arilmaydi. Bu koeffisiyent 0 bilan 1 oralig'ida o'zgaradi.
Jamg'arishga moyillik oila a'zolarining yoshiga ham bogiiq bo'ladi. Keksalarda umr oxirlanib qolganidan topgan-tutganini iste'molga sarflashga moyillik bo'ladi. Aksincha, yoshlarda hayot oldinda bo'lganidan kelajakni ko'zlab jamg'arishga intilish kucliliroq bo'ladi.
Oilada jamg'arish shakllari ularning oila uchun naqadar qulay va foydali bo'lishiga bog'liq. Jamg'arish ko'chmas mulk, qimmatli qog'ozlar, qimmatbaho buyumlar, bankdagi yoki uydagi pul shaklida bo'ladi. Oilaga qaysi shakl ma'qui bo'lsa, shuni tanlab oladi.
Oila iqtisodiyotining muhim talabi daromadlar bilan xarajat-larning teng bo'lishidir, chunki oila budjetida kamomadga yo'l
qo'yib bo'lmaydi. Agar xarajat ortib borsa, oila qarzdor bo'lib qoladi va o'z mulkini sotishga to'g'ri keladi. Shu bois daromadlar va xarajatlarni rnuvofiqlashtirish borish oila budjetini tuzishdagi muhim tamoyil hisoblanadi. Oila ro'zg'orini pala-partish yuritish ma'qul emas, chunki bozor iqtisodiyotidagi noaniqlik oilani chetlab o'tmaydi. Oila kutilmaganda daromadning bir qismini yo'qotishi yoki mo'ljallanmagan xarajatga duch kelishi mumkin. Shu sababli oilada pul zahirasi kerak. Oila budjeti rejalashtirilgartda uning taxminiy miqdori belgilanadi, chunki daromad va xarajatlarni oidindan aniq belgilash mushkul ish, ular oila xohishiga qat'iy nazar o'zgarib turadi. Ish yurishmasa, daromad qisqaradi, bozor narxi ortsa, xarajat ortadi. Oila hamma manbadan keladigan tushumlarni o'z rejasida belgilaydi, chunonchi ish haqi, mukofot, biznesdan tushgan pul, tomorqa va buyumlami sotishdan kelgan pul, natural tushum, mulkdan kelgan daromad, pensiya, stipen-diya jamlanib daromad miqdori aniqlanadi. Shunga qarab xarajatlar summasi aniqlanadi.
Shunday qilib, har bir oila, hatto u boy bo'lsa ham, o'z budjetini rejalashtirib borishi bozor iqtisodiyotining qat'iy talabi hisoblanadi. Shundagina oila bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalariga moslasha oladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar «Oila» tushunchasiga ta'rif bering.
Oila qaysi fanlaming tadqiqot ob'yekti hisoblanadi?
Oilaning asosiy vazifalarini sanab bering.
«Oila» va «uy xo'jaligi» tushunchalarining farqini ayting.
Oilaning reproduktiv vazifasini tushuntirib bering.
«Aholining oilaviy tarkibi» deganda nimani tushunasiz?
Oilaning qanday turlarini bilasiz?
Iqtisodiy ta'minlanganlik darajasi bo'yicha oilalar qanday guruhlarga ajratiladi?
Oilalarning iqtisodiy barqarorligini ta'minlashning qanday yo'na-lishlarini bilasiz?