O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Demografik prognoz shakllari



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə98/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Demografik prognoz shakllari. Demografik prognozlar tahliliy, me'yoriy va ogohlantiruvchi shakllarda bo'ladi. Tahliliy prognoz­lar — bu prognoz ob'yektining kutilayotgan holatini turli omillar ta'sir darajasiga, shu jumladan, rivojlanishning dastlabki shart-sharoitlariga bog'liq ravishda aniqlashdir. Bunda prognoz asosiga kiritiladigan gipotezalar turli xil bo'lishlari mumkin. Masalan, asosiga yaqin istiqbolda o'limni xatarli yangi paydo bo'luvchilardan xalos etish imkonini beruvchi yangi preparatlar va usullami yaratilishi haqidagi gipoteza kiritilgan demografik prognoz tahliliy prognoz hisoblanadi.
Me'yoriy prognozlar kelajakda muayyan bir maqsadlarga erishish uchun aniq tavsiyalardan iborat bo'ladi (bunday prognoz-larga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari ancha yaqin).
Ogohlantiruvchi prognozlar kutilayotgan salbiy va hatto ijtimoiy rivojlanishning halokatli oqibatlarini ajratib ko'rsatish uchun tuziladi, ularning oldini olish uchun esa chora-tadbirlarni qabul qilinishi zarur bo'ladi.
Demografik prognozlar qisqa (5-10 yil), o'rta (25-30 yil) va uzoq muddatli (ko'plab o'n yilliklarva hattoki yuz yillarga mo'l-jallangan) bo'ladi.
Aholi prognozlarining asoslanganligi, aniq va to'g'ri ekanligini aniqlash hamda baholash muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Ilmiy adabiyotlarda bunday baholash prognozlarning tasdiqlanishi deb ataladi.
Prognozlarning tasdiqlanishi asosan olingan prognoz natijasi-ning sifatini har tomonlama, ko'rilayotgan jarayonlar taraqqiy etishi qonuniyatlarining nazariy konsepsiyalari, tanlangan prognoz uslubi, yechimlarning foydaliligi va samaradorligiga asoslangan holda tadqiq etilishini nazarda tutadi.
Prognozlami tasdiqlashning maqsadi — prognoz modelini shakllantirish, prognoz fonini aniqlash, prognoz ko'rsatkichlarini hisoblash va h.k. jarayonlarida qilinishi mumkin bo'lgan xatolarni aniqlash va bartaraf ctishdir. Bunda ko'rilayotgan jarayon va hodisalar, prognoz foni darajalari o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklar tusiga doir noto'g'ri gipotezalarni qabul qilish natijasida vujudga keladigan xatolar xususida so'z yuritiladi. Odatda, bundayxatolar yig'ilishi oqibatida prognoz noto'g'ri bo'lib chiqadi.
Demografik prognozlami tasdiqlash jarayonida ikkita tarkibiy qismlarni ajratib ko'rsatish mumkin, bular sifat va miqdoriy tasdiqlar. Sifat tasdig'i prognoz yechimining ilmiy asoslanganligiga jarayonlar, hodisalar, prognoz fonining o'zaro bog'liqlikiari, ular-ning tanlangan uslubga mos kelishiga doir qilingan boshlang'ich gipotezalar to'g'ri ekanini isbotlash yo'li bilan baho berilishini nazarda tutadi. Miqdoriy tasdiqlash prognoz aniq va to'g'ri ekanligiga baho berishni -nazarda tutadi. Prognozning aniqligi deganda, prognozdagi qiymatning ko'rilayotgan jarayonning «real» miqdoridan bo'lgan farqini baholovchi miqdoriy tavsif tushuniladi. Uni dalillarga asoslangan tarzda, ya'ni awal qilingan prognoz hamda keyinchalik o'rin olgan jarayon qiymatini taqqoslash va dalillarga asoslanmagan tarzda, ya'ni ko'rilayotgan jarayonning asl qiymati noma'lum bo'lgan holda bajarilgan prognozning ishlab chiqilishi bosqichida aniqlash mumkin.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin