O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


II.2. LOY VA PLASTILINDAN O‘YINCHOQLAR YASASHNING



Yüklə 72,63 Kb.
səhifə25/34
tarix02.01.2022
ölçüsü72,63 Kb.
#37738
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
фарида

II.2. LOY VA PLASTILINDAN O‘YINCHOQLAR YASASHNING

TARBIYAVIY AHAMIYATI


Kattalarning mohirona rahbarligi bilan bolalarda faoliyatning har xil turlariga qiziqish ancha erta namoyon bo‘la boshlaydi. Bog‘chaning katta guruhidayoq qurilish materiallari bilan o‘ynashga yoki rasm chizishga ishqiboz bolalar uchraydi. Afsuski, loy va plastilindan o‘yinchoq yasaydigan yoki applikatsiya bilan shug‘ullanadigan bolalarni kamdan-kam ko‘rish mumkin.

Aslida bu mashg‘ulotlar ham faoliyatning boshqa turlari kabi bolalarni o‘ziga jalb etishi mumkin.

Hamma gap shundaki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari bolalarga o‘yinchoq yasash uchun ko‘pincha qoroz va qalam beradilar-u, loy va plastilinni ahyonda bir tavsiya etadilar. Ular yana shu mashg‘ulotni yetarli darajada baholamaydilar, vaholanki, bolalarning loy va plastilin bilan bemalol ishlashi ularning ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Bundan tashqari ana shu faoliyat turiga moyil bolalar o‘z qiziqishlarini qondirishlari va o‘z fantaziyalarini ro‘yobga chiqarishlari mumkin. Bu mashg‘ulotlarda tarbiyachi ish jarayoniga kamroq aralashadi, bolaga mavzuni, tasvirlash texnikasini, shuningdek, ifoda vositalarini tanlashning ko‘p masalalarini mustaqil hal qilish imkoni beriladi. Mustaqil faoliyat bolalarni tasvirlash usullaridan dadilroq foydalanishga o‘rgatadi. Bundan tashqari, bolalar loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda xuddi rasm chizishdagi kabi materialdan bemalol foydalanishga odatlanadilar.

Bolalarga loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashni o‘rta guruhda tavsiya etish ma’qul. Chunki bu guruhdagi bolalarda loy (plastilin)dan foydalanish bo‘yicha elementar ko‘nikmalar bo‘ladi va faoliyatning bu turiga qiziqish vujudga keladi.

Bolalar bog‘chasida o‘yinchoq yasash uchun asosiy material loydir va bo‘yash vaqtlarda ham loydan foydalanishni tavsiya etish ma’qul. Bunda eng muhimi bolalar loy bilan ishlashning oddiy qoidalariga rioya qilishi: uni stollar ustiga, polga to‘kib-sochib, surtib tashlamasligidir. Katta guruhlarda har qanday materialni: loyni ham, plastilinni ham berish mumkin. Bu esa material tanlashda mustaqillikni vujudga keltiradi (kattaroq predmetlarni loydan, kichikroq predmetlarni plastilindan yasash ma’qul).

Plastilin bilan ishlayotgan paytda bolalar hajmni yaratish vazifasinigina emas, balki o‘yinchoqqa rang tanlash bilan bogliq masalalarni ham mustaqil holda hal qiladilar.

Ijodiy tarzda o‘yinchoq yasash turlicha xarakter kasb etadi. U bitta predmetning, haykallar guruhining, idishlarning, dekorativ plastinkalar yoki

marjonlarning tasviri bo‘lishi mumkin. Bolalar o‘yinchoqni individual tarzda va guruhlarga birlashib yasashlari mumkin, bunda gap bolalarning xohishida va tarbiyachining umumiy rahbarligidadir. O‘yinchoq yasash taklifi boladan yoki tarbiyachidan chiqishi mumkin. Bu ishni yaxshi ko‘rib qolgan kichkintoylar materiallarni o‘zlari oladilar va ish boshlab yuboradilar. Lekin tarbiyachi bu ishga o‘yinchoqlarni yaxshi yasay olmaydigan, yasashni unchalik yaxshi ko‘rmaydigan boshqa bolalarni ham jalb etishi mumkin. U bolalarni qiziqtirish uchun o‘zi ham o‘yinchoq yasash jarayoniga qo‘shiladi. Ba’zi bolalarga muayyan mavzuni taklif qiladi. Masalan, bolalar birgalikda shug‘ullanayotgan vaqtlarida biror ertakning epizodini yoki magazin o‘yini uchun sabzavot va ho‘l mevalar yasaydilar. Bunday o‘yinlar bolalarni birlashtiradi va o‘yinchoq yasashni hali yaxshi uddalay olmayotgan bolalar o‘rtoqlari qanday ishlayotganini kuzatib, ulardan o‘yinchoq yasash usullarini o‘rganadilar, o‘z ishlarini boshqalarnikiga solishtirib ko‘radilar, ular bilan maslahatlashadilar va asta-sekin mazkur faoliyatga qiziqa boshlaydilar.

Bolalar uchun yozda katta imkoniyatlar tug‘iladi, ular maydonchada o‘yinchoq yasash bilan mustaqil holda shug‘ullanadilar, har xil predmetlarni: hayvonlarni, uy hayvonlarini, hasharotlarni, idishlar va turli mazmundagi o’yinchoqlarni tasvirlaydilar. Bolalarning loy va plastilindan o‘yinchoq yasashi — asosan tasavvur va fikrlash bo‘yicha yasashdan iborat bo‘lib, o‘z qimmatiga ega. Chunki bolalar bunda mustaqil holda mavzu topadilar, ishni

rejalashtiradilar, tasvirlashning tanish usullaridan foydalanadilar, o‘zlari yangi usullarni o‘ylab chiqaradilar.

Bolalar tasavvuri bo‘yicha o‘yinchoq yasash doimo predmet, uning shakli, mutanosibligi haqidagi bilimlarga asoslanadi. Bunday mashg‘ulotlarda bolalar o‘z ijodiy imkoniyatlarini ochadilar va predmetni tasvirlash ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar. Tez-tez o‘yinchoq yasashga odatlangan bolalar mavzuni darrov o‘ylab topadilar — ba’zan ularda ishga kirishmaslaridan oldin (masalan, sayrda ko‘rganlari ta’siri bilan) biror g‘oya vujudga keladi. Ayrim hollarda bola uni shu zahoti tarbiyachiga aytadi va kattalarning ishi - bolaning istagiga e’tibor bilan qarash va kechqurun unga shu istagini eslatib qo‘yishdir. Shunday qilib, tarbiyachilar bolalarning o‘yinchoq yasashga qiziqishini qo‘llab-quvvatlab, ularda faoliyatning ana shu turi bilan shug‘ullanish istagini kuchaytiradilar.

Bolalar asosan ochiq havoda bo‘ladigan bahorning oxirgi oylari va yoz paytida katta guruhlardagi bolalar uchun uchastkada kulolchilik ustaxonasi tashkil etish va unda bolalar o‘yin vaziyatida qo‘g‘irchoqlar uchun idishtovoqlar, munchoqlar, dekorativ plastinalar yasashlari mumkin. Bunda bolalar yasaydigan o‘yinchoqlar ijodiy xarakterga ega bo‘lishi muhimdir. Bola to‘g‘nag‘ich yoki dekorativ plastina yasashga harakat qilayotganini ko‘rgan tarbiyachi unga o‘z g’oyasini avval qog‘ozda amalga oshirishni - tasavvurdagi plastinaning rasmini (eskizini) chizib olishni tavsiya etadi. Eskizda o‘yinchoqning o‘lchamlari va mazmuni hal qilinadi, ya’ni yasaladigan buyum batamom o‘ylab olinadi.

Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash ishini to‘g‘ri tashkil qilish va tarbiyachining unga e’tiborli munosabatda bo‘lishi natijasida bolalar predmetlarni zo‘r qiziqish bilan yasaydilar va predmetlardan o‘yinlarda yoki xonalarni bezashda foydalanish mumkin.

Dekorativ predmetlarni kattalarga yoki bolalarga sovg‘a tariqasida berish ham mumkin.

Qish kunlari sayrga chiqilgan vaqtlarda haykallar yasash uchun qordan material sifatida foydalanish mumkin. Bolalar avval tarbiyachining yordami bilan, keyin mustaqil holda butun-butun qor va muz ansambllarini yaratishlari va uni qordan yasalgan uylar, hayvonlar, ertaknamo qushlar va odamlarning shakllari bilan to‘ldirishlari mumkin.

Bolalarning o‘yinchoqlar yasash istagi yuqorida aytilganidek, bu ish bolalar bog‘chasida qanday yo‘lga qo‘yilishiga bog‘liq bo‘ladi. Avvalo barcha materiallar bolalarning qo‘li yetadigan joyga qo‘yilishi lozim. Bolalar istalgan paytda kerakli narsalarni: plastilinli qutini, qopqog‘i zich yopiladigan plastmassa paqirchadagi loyni, ichiga (uch-to‘rt xil) guash solingan bankachalarni, turli shakldagi yog‘och qalamlar turadigan qutichani, taxtalar yoki aylanma dastgohlarni olishlari mumkinligini bilishlari kerak. Mana shu material va jihozlar 5-6 bolaga bittadan mo‘ljallab tayyorlanadi. Yoz vaqtda o‘yinchoq yasaladigan materiallarni bolalar bemalol ishlatishlari uchun ayvonga chiqarib qo‘yish mumkin.

Bunday mashg’ulotlarda bolalarning mustaqilligi ular kattalarning yordamisiz mavzuni va shunga qarab loy miqdorini belgilashlari va hokazolarda ko‘rinadi. Bunday mashg‘ulotlardagi vaziyat ancha erkin bo‘ladi: bolalar birbirlarining ishlarini ko‘radilar, o‘zaro maslahatlashadilar. Tarbiyachi o‘yinchoq yasash bilan mustaqil holda shug‘ullanayotgan bolalarga e’tibor berishi ularning gavdasini, qo‘llarini va har bir bola g‘oyani qanday amalga oshirayotganini kuzatishi lozim. Pedagogning o‘zi loy bilan ishlashga jalb qilgan bolalarga alohida e’tibor berishi kerak. Ularning yoniga tez-tez kelib, savollar berishi, u yoki bu predmetni qanday tasvirlanishini ko‘rsatishi mumkin; masalan, o‘rdakni yasab, keyin bolalarga o‘rdakchalar yasashni va tayyorlangan barcha o‘yinchoqlarni taglikka o‘rnatishni tavsiya etishi mumkin.

Shunday qilib, tarbiyachi bolalarning erkin faoliyatiga rahbarlikda uni ijodiy yo‘nalishga solish uchun, bolalarni puxta o‘ylab va rejali ishlashga o‘rgatish uchun harakat qiladi.

Masalan, 7 yoshli bola sayr vaqtida ko‘rgan kapalaklar tasviri relyefini yasamoqchi bo‘ldi. U o‘z fikrini tarbiyachiga aytdi. Tarbiyachi bolalarga avval kapalak tasviri bilan bir nechta rasm chizishni, ularni har xil qilib bo‘yab chiqishni, so‘ngra eng chiroyli chiqqan rasm eskizini tanlab olib, shu asosda o‘yinchoq yasashni maslahat berdi. Tarbiyachining maslahati ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi va bolalar shu zahoti eskiz tayyorlashga kirishdilar.

Rasmlar tayyor bo‘lgach, bolalar tarbiyachi bilan birgalikda barcha eskizlarni ko‘zdan kechirdilar va yirik yorqin bezakli eng yaxshilarini tanlab oldilar. Kapalak rasmi tushirib ishlangan har bitta rasmni guash bilan bo‘yashga, quritishga kelishildi. Eskizlarni tayyorlash bolalarning ancha vaqtini oldi va o‘yinchoqlar yasashni keyingi kunga qoldirishga to‘g‘ri keldi. Bolalar o‘yinchoqni yasashga qiziqib qoldilar va o‘sha ishni davom ettirishni orziqib kutdilar. Bolalar eskizlarni yasayotgan vaqtlarida tarbiyachi ularning yoniga borib, bolalarning qo‘l harakatlarini kuzatdi, g‘oyani eskiz bo‘yicha aniq amalga oshirish uchun nimalar qilish kerakligi haqida maslahatlar berib turdi. Bolalar o‘yinchoqni qizil loydan yasadilar, bo‘yash uchun ikki xil — sariq va havorang guash berildi.

Buyumlar yirik, yorqin bezakli bo‘ldi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu ish guruhdagi bolalarning deyarli hammasini qiziqtirdi, har bir bola unda ishtirok etishni istadi. Tarbiyachi shuni hisobga olib ularga yana bir nechta plastina yasashlari mumkinligini va ular yaxshi chiqsa, devorga butun bir ornament ishlanishini aytdi.

Marjonlar, to‘g‘nag‘ichlar yasash jarayonida ham ishni shu taxlitda olib borish mumkin. Agar bolalar sabzavot, ho‘l mevalar, turli yovvoyi hayvonlar, odam figurasini yasash istagini bildirsalar, tarbiyachi bu ishni ijodiy xarakter kasb etadigan bolalar obraz yaratishga harakat qiladigan yo‘nalishga solishi kerak. Shu maqsadda u bolalarga turli savollar berib, ularni figuraning shakli, mutanosibligi, harakatlarni ifodalash to‘g‘risida o‘ylashga majbur qiladi. Bola predmet qiyofasini ko‘z oldiga keltirishi uchun tarbiyachi o‘sha predmetning o‘zini yoki rasmini ko‘zdan kechirishni taklif qilishi mumkin. Bunday kuzatish uzoq davom etmaydi, tarbiyachining ko‘p vaqtini olmaydi, lekin bolalar uchun juda qimmatlidir, chunki u bolaning mustaqil faoliyatini yo‘lga soladi, unga g’oyani ro‘yobga chiqarishda yordam beradi.

Bolalarni tasvirlay san’at ko‘rgazmalari va muzeylarga olib borish samarali shakllardan biridir. Bular ko‘pincha bolalarda kuchli taassurot qoldiradi. Bolalarga ular mazmunini tushunadigan dekorativ plastinkalarni, sopol idishlarni ko‘rsatish yaxshi natija beradi. Idishlarni ko‘zdan kechirish vaqtida tarbiyachi bolalardan idish nimaga ishlatilishini, uning shakli qanaqaligini, qanday bezatilganini va shu idishni loydan qanday usullar bilan yasash mumkinligini so‘raydi. Agar bolalar o‘yinchoq yasash usullarini bilsalar, tarbiyachining savollariga tez javob beradilar. Tarbiyachi esa ularga kulolchilik ustaxonalari, usta-rassomlar maxsus dastgohlarda idishlar yasashlari to‘g‘risida gapirib berishi mumkin.

Mashg‘ulot vaqtida tarbiyachi ayrim tasvirlash usullarini ko‘rsatib beradi. 6-7 yashar bolalar uchun bu usullarni har safar ko‘rsatib berish shart emas: ko‘pincha tarbiyachi mashg‘ulot boshida tushuntirib berish metodidan foydalanadi, bolalar bilan suhbat o‘tkazadi, asosiy tasvirlash vositalarini aniqlaydi, faqat bolalar bilmaydigan vositalarnigina ko‘rsatadi. Masalan, ko‘pincha halqalarni bir-biriga yopishtirib yoki sharsimon shaklni yog‘och qalam bilan kavlab idish yasash usulini namoyish qiladi. Shunday tariqa maktabga tayyorlash gurusida bolalarga faqat ularga notanish texnik usullar ko‘rsatib boriladi.

Loy va plastilindan o‘yinchoq yasashni o‘rgatishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan mashg‘ulotda bolalarga rahbarlik qilish qanday amalga oshirilishiga bog‘liqdir. Bunda asosiy vazifa bolalarni ishning umumiy borishini buzmay, g‘oyani mustaqil holda hal qilishga yo‘naltirishdan iboratdir. Masalan, biror idish yasalayotgan vaqtda boladan «Sen vazaning bandini unga qanday usul bilan o‘rnatasan?», «Mana bu tog‘orachaning hoshiyasini sen qanday rangga bo‘yamoqchisan?», «Qani, o‘ylab ko‘r-chi, yana qanday oson usul bilan tuzdonga oyoq yasash mumkin?»,— deb so‘raladi. Agar bola omonat turadigan idish yasagan bo‘lsa, uni mustahkam qilish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish tavsiya etiladi. Yoki boshqa bir misol: tarbiyachi bola yasagan jirafa oyoqlarining bir xil uzunlikda bo‘lib qolganini ko‘radi. Shunda bolaga “Bir o‘ylab ko‘r-chi, jirafaning oyoqlari qanaqa edi. Ularning uzunligi bir xilmidi?” - deydi. Agar bola savolga to‘g‘ri javob bersa, tarbiyachi ishni tekshirib ko‘rishni va zarur tuzatishlar kiritishni aytadi. Mabodo, bola savolga noto‘g‘ri javob bersa, tarbiyachi xato nimadan iboratligini tushuntirib, figuraning mutanosibligini eslatadi, bundan tashqari, u jirafaning rasmdagi tasvirini ko‘rsatishi ham mumkin.

Oldingi guruhlardagi olti yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash mushg‘ulotlarida badiiy so‘z kuchidan foydalanish: ertaklar, hikoyalar o‘qib berish mumkin. Bunda personajlari turli harakatlarni bajaradigan va har xil vaziyatlarga tushib qoladigan syujetli asarlarni tanlash kerak. O‘qib berishdan oldin bolalarga o‘qilgan asar mavzusida o‘yinchoqlar yasashlarini, shuning uchun yaxshilab tinglash va o‘yinchoq yasaladigan biror mavzuni tanlashni aytib qo‘yish lozim. Bolalarga o‘qib berish uchun: “Oltin tarvuz”, “Ur, to’qmoq”, “Uch ayiq”, “Bo‘g‘irsoq”, “Masha bilan ayiq” kabi ertaklarni tavsiya etish mumkin. Xohish bo‘yicha boshqa ertaklarni ham, masalan, J. Rodarining «Chippolinoning sarguzashtlari», «A. Tolstoyning «Buratinoning sarguzashtlari yoki Oltin kalitcha» ertaklarini, «Uchta cho‘chqa bolasi» ingliz xalq ertagini, Sh. Perroning «Etik kiygan mushuk» ertagini va hokazolarni ham o‘qib berish mumkin. Bunda bolalar ongida jonli, dinamik obrazlar shakllanishi muhimdir. Buning uchun bolalar per-sonajlar harakati tasvirini ko‘radigan illyustra-siyalar ham katta yordam beradi.

Ertakni o‘qilgach, bolalarga tasvirlash uchun syujet tanlash taklif qilinadi, personajlarning katta-kichikligi qanday bo‘lishi, asosiy qahramonlarni ifodalaydigan figuralardan boshqa yana qanday predmetlar syujetga kirishi; ularni bir-biriga iisbatan qanday joylashtirish, taglikka qanday o‘rnatish haqida o‘ylab ko‘rishi kerakligi aytiladi. Bunday topshiriq bolalarni o‘zlari yaratadigan obrazlarni, mavzuni oldindan o‘ylab ko‘rishga va mashg’ulot boshlanishigacha biror g‘oyaga ega bo‘lishga undaydi. Albatta, ko‘p masalalarni bolalar mustaqil hal qila olmaydilar, lekin ularning ko‘pchiligi o‘yinchoq yasash uchun epizodni belgilab, personajlarni tanlab ololsa, mana shuning o‘zi ham bolalarga muvaffaqiyatli ta’lim berishning ijobiy jihati bo‘ladi.

Mashg‘ulotning boshida tarbiyachi loyni stollarga tarqatib chiqmasligi, bolalarning o‘zlariga kerakli miqdordagi loyni olishlarini aytishi mumkin. Bu ham bolalarni mashg‘ulot boshlanishidanoq mustaqil harakat qilishga o‘rgatadi.

O‘yinchoq yasash uchun yog‘och qalamlarni ham bolalarning o‘zlari tanlaydilar.

Bolalar ijodiy faolligi va mustaqilligining rivojlanishi bog‘chadagi ishlar qanday yo‘lga qo‘yilishi, butun mashg‘ulot jarayoni qay tahlitda o‘ylab chiqilishi va tashkil etilishiga bog’liqdir. Masalan, bolalar predmetlarni yasab, keyin angoblar bilan bo‘yashlari lozim bo‘lsa, mashg‘ulot ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qismda predmetlar yasaladi, ikkinchi qismda esa tayyor predmetlar bo‘yab chiqiladi. O‘yinchoq yasayotganda bolalar kundalik stollari atrofida o‘tirib, taxtacha ustida yoki maxsus dastgohlarda ishlaydilar, buyumlarni bo‘yash uchun maxsus qo‘yilgan stollarga o‘tadilar. Unda bankadagi bo‘yoqlar, mo‘yqalamlar, palitralar qo‘yilgan bo‘ladi. Bolalar bo‘yalgan ishlari yaxshi qurishi kerakligini, chunki ular mufel pechlarida pi-shirilishini biladilar.

Bo‘yoqli har bir bankaga nomer qo‘yish, xuddi o‘sha nomer bo‘yoq yonidagi palitrada ham bo‘lishi lozim. Paliuradagi bu bo‘yoq o‘yinchoq pechda pishirilgandan keyin rangi qanday o‘zgarishini ko‘rsatib turadi. Shunda bolalar angobdan foydalanish usulini osongina o‘zlashtiradilar va palitralardan mustaqil holda foydalanishni o‘rganadilar. Mashg‘ulotni shunday tashkil etish bolalarni turli materiallar bilan ishlashga, ularni mustaqil holda ijodiy qo‘llashga o‘rgatadi.

Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash vaqtida bolalarda ijodiy kayfiyatni vujudga keltiradigan o‘yin usullaridan foydalanish mumkin. Masalan, fikrlash bo‘yicha dekorativ o‘yinchoqlar yasash mashgulotini kulolchilik ustaxonasidagi o‘yin sifatida o‘tkazish mumkin. Bunda tarbiyachi kulollar qanday ishlashiny hikoya qilib beradi. Bolalar loy va plastilindan idishlar, qo‘g‘irchoqlar uchun marjonlar yoki 8 Mart bayrami sovg‘alari yasaydilar. Mashg‘ulotdan keyin tayyor bo‘lgan buyumlarni quritish uchun terib qo‘yiladi. O’yinchoqlar qurigach, ularni mufel pechiga joylashtirishni ko‘rsatiladi. Bolalar pechning ishga tushirilishini kuzatib turadilar. Ertasiga pechdan buyumlarni olishda, qatnashadilar. Buyumlarni stolga qo‘yiladi va ko‘rib chiqiladi. Bolalar ularning qaysilari o‘zlariga ko‘proq yoqishini aytadilar. Agar yasalgan o‘yinchoqlar dekorativ emas, predmet xarakterida bo‘lsa, ularni mashg‘ulot tugagan zahoti tahlil qilinadi. Natija qiziqarli va muhokama mazmunli bo‘lishi uchun umumiy bezakni o‘ylab olish ma’qul. Bolalar stol atrofida jam bo‘lib o‘tiradilar va ular bilan suhbat boshlanadi. Bunda bolalar shakl, mutanosiblik, detallar qanday ifodalanganini, agar buyumlar bo‘yalgan bo‘lsa, bo‘yoqlarning rangi chiroyli tanlanganini aytib bera olishlari muhimdir.

Bolalar o‘zlari bajargan ishlarning qo‘llanishini ko‘rishlari yaxshi natija beradi. Masalan, ular dekorativ kapalaklar yasashgan, har bir bola uni o‘zicha tayyorlagan va angoblar bilan bo‘yagan bo‘lsa, kapalaklar pishirilgach, ulardan stendda yoki devorda chiroyli ornament tuziladi.

Loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqning tarbiyaviy ahamiyati rangbarang va ko‘p qirralidir. O‘yinchoq o‘yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o‘ziga xos sherigi sifatida namoyon bo‘ladi, uning shaxsiga katta ta’sir ko‘rsatadi. U bolaga shunchalik yaqinki, bola o‘zi yasagan o‘yinchoqlarini sevadi, ularga bog‘lanib qoladi, shu tufayli o‘zini atrofdagi hayotning to‘laqonli a’zosi deb hisoblaydi.

O‘yinchoq bolalarga atrofdagi mavjud voqelikni o‘rganishga yordam beradi. O‘yinchoq kichkintoy uchun ranglarni, buyumlar ko‘lamini, ularning materiallarini farqlash malakasini rivojlantirish uchun kerak. O‘yinchoqlarning bola dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati katta.

O‘yinchoqlar bolaga kattalarning qiziqarli bo‘lgan dunyosini o‘zlashtirishga, turli xil buyumlarning xususiyatlari va sifatlari, ularning turlmushda va kishilarning mehnat faoliyatida ishlatilishi bilan tanishishiga yordam beradi. Tarbiyachi o‘yinchoq orqali bolalarda qiziqishni shakllantirishi, topqirlik va ijodiylikni rivojlantirishi mumkin. Bundan tashqari loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqlar bolalarning aqliy rivojlanishiga, sensor qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi, tahlil qilish, bir butun holga keltirish va umumlashtirishda mashqlantiradi. Ulardan taqqoslash, tavsiflashda ham foydalanish mumkin. Bunday o‘yinchoqlar bolalarda nutqiy faollikni uyg‘otadi, lug‘at boyligini oshiradi, diqqatning jamlanishi va barqarorlikning rivojlanishiga yordam beradi.

Loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqlar bilan o‘ynash bolalarda avaylashni, e’tiborlilikni, mehribonlik va nafosatni uyg‘otadi, ijobiy axloqiy kechinmalar tajribasini to‘plashga yordam beradi.

Xilma-xil o‘yinlar bolalarni tengdoshlari, birmuncha kichik va katta yoshli do‘stlari bilan o‘yinda birgalikda o‘ynashga undaydi va olijanob hislarning mustahkamlanishiga yordam beradi.

San’atning birinchi va eng tushunarli buyumi bo‘lmish loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoq bolada estetik hislar va kechinmalar uyg‘otadi, estetik tajribaning to‘planishiga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Jumladan, dovrug‘i keng taralgan loydan yasalgan xushtakchalar, qayrilma shoxli qo‘ylar, Hamro buvi o‘yinchoqlari kabi bir qator o‘yinchoqlar mayinligi va hoshiyalarining nafisligi, afsonaviy bezagi bilan ko‘zni quvontiradi.

Loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqlardan hozirgi zamon bolalari o‘yinlarida ham foydalanish davom etmoqda. To‘g‘ri, loydan yasalgan o‘yinchoqlar birmuncha kam qo‘llaniladi, biroq ular bolalar hayotida bolalar muassasalari interyerining dekorativ elementi, bolaning estetik idrokini shakllantiruvchi, uning tasviriy faoliyatini rivojlantiruvchi material sifatida o‘z o‘rnini topgan.


Yüklə 72,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin