O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mashg‘ulotni o‘tkazish metodikasi



Yüklə 72,63 Kb.
səhifə34/34
tarix02.01.2022
ölçüsü72,63 Kb.
#37738
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
фарида

Mashg‘ulotni o‘tkazish metodikasi. Tarbiyachi mashg’ulotdan bir kun oldin ertaga loydan o‘yinchoqlar yasashlarini aytadi va ularga silindr shaklidagi idishlar: krujkalar, qalam (salfetka)lar uchun stakanlar, kichik-kichik vazalarni ko‘zdan kechirishni tavsiya qiladi. Bolalar predmetlarning shakli, detallari va vazifasini aniqlaydilar. Pedagog dekorativ shakllarning go‘zalligini, har xil detallarning idishning umumiy hajmiga muvofiq-ligini tushunib olishda yordam beradi. Masalan, og‘ir qilib ishlangan krujkaning bandi yo‘g‘on bo‘ladi. Salfetkalar solib qo‘yiladigan bo‘yi baland stakan kichkina dumaloq oyoqchalarda juda chiroyli turadi. Tarbiyachi bolalar e’tiborini ayrim predmetlar sirtidagi naqshlar xarakteriga qaratadi: ba’zi idishlar yiltiroq bo‘yoqlar bilan, boshqa bir xillari oddiy bo‘yoq yoki angob bilan ishlangan, naqshlar gullardan, barglardan, doirachalar va boshqa elementlardan iborat bo‘ladi.

Tarbiyachi kulollar ustaxonada qanday ishlashi to‘g‘risida gapirib beradi va bolalarga qanday idish yasashlari to‘g’risida o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi.



Mashg’ulot boshida tarbiyachi bolalarga kecha berilgan topshiriqni eslashni aytadi, ulardan o‘sha topshiriqlarning mazmunini so‘raydi. So‘ngra bolalarga oldin tayyorlab qo‘yilgan qismlarni: idishning disksimon tagini, uzunligi va qalinligi bir xil va idish tagidagi doira uzunligiga mos oltita ustunchani ko‘rsatadi. Keyin idish tagini taxtaga qo‘yadi va uning ustiga qirralari bo‘ylab haligi ustunchalardan bittasini tik qo‘yib uni idish tagiga mahkam o‘rnatadi, barmoqlari yoki qalam bilan suvab mahkamlab qo‘yadi; so‘ng qo‘liga ikkinchi ustunchani birinchi ustuncha ustiga mahkamlab o‘rnatadi va bunday deydi: “Mana, endi mening qo‘limda to‘rtta ustuncha qoldi. Ularning uchtasi avvalgi ikkita ustuncha singari bir-birining ustiga qo‘yib mahkamlanadi. Oxirgi ustunchadan esa bitta yo‘gon band yasash mumkin va uni o‘rnatsak, krujka hosil bo‘ladi; idishning ikki yoniga band yopishtirsak, vaza hosil bo‘ladi. Ana endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, siz shulardan qaysi birini yasashni xohlaysiz?” Tarbiyachining mana shu tushuntirishidan keyin bolalar idish yasashga kirishadilar.


Yüklə 72,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin