O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mashg‘ulotni o‘tkazshi metodikasi



Yüklə 72,63 Kb.
səhifə31/34
tarix02.01.2022
ölçüsü72,63 Kb.
#37738
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
фарида

Mashg‘ulotni o‘tkazshi metodikasi. Mashg’ulotdan (bir yoki ikki kun) ilgari bolalarga xo‘roz shaklini yasashlari aytib qo‘yiladi, o‘yinchoq xo‘rozlar va xo‘rozning rasmlari ko‘zdan kechiriladi. Tarbiyachi bolalar e’tiborini xo‘roz gavdasining shakliga, uning bo‘yni, dumi, boshi va boshqa detallariga qaratadi. Xo‘rozni chiroyli bo‘yoqlar bilan bezash zarurligini uqtiriladi. Ularga “Xo‘roz o‘z oilasi bilan” degan hikoyani o‘qib berish ham mumkin. Mashg‘ulotning

boshida xo‘roz tasvirlangan o‘yinchoq ko‘rsatiladi, turli savollar orqali bolalar xo‘roz tanasining shaklini, mutanosibligini qay darajada tasavvur qilishlarini aniqlanadi. Tarbiyachi yaxlit loy bo‘lagidan xo‘rozni qanday qilib yasashni va loy bo‘laklarini tananing hajmiga yopishtirib qanotlarni yasashni ko‘rsatib beradi. Bolalarga xo‘rozning soqollarini asosiy shakldan cho‘zib chiqarish yoki alohida tayyorlab olib, keyin boshiga yopishtirish ham mumkinligini aytib qo‘yadi.

O‘yinchoq yasalgach, uni chiroyli va quvnoq qilish uchun angob bilan bo‘yash tavsiya qilinadi. Mashg‘ulot jarayonida bolalar o‘yinchoq qismlarining mutanosibligiga rioya qilishlari, yasashning har xil usullaridan foydalanishlari, loyni faqat barmoq bilan emas, yog‘och qalam bilan ham ajratib olishni o‘rganishlarini kuzatib turadi.


Yüklə 72,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin