Dastur mazmuni. Bolalarga xo‘rozning xarakterli shakli va mutanosibligini (tanasining oval shaklini, boshining oval shaklini, yoysimon dumini, tanasi boshidan ko‘p marta kattaligini) tasvirlashni; mayda xarakterli detallari, toji, soqoli, tumshug‘ini ifodalashni; qanotlaridagi, dumidagi ayrim dekorativlikni ko‘ra olish va tasvirlashni; angoblar bilan ishlashni o‘rgatish; o‘yinchoq yasashning turli usullaridan (yaxlit bo‘lakdan mayda detallarni cho‘zib chiqarish, yog‘och qalam bilan loy bo‘laklarini umumiy hajmga qo‘yish va yopishtirishdan) foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash.