Dastur mazmuni. Bolalarni kulollarning ishlari va shu orqali ular qanday chiroyli idishlar yasashi bilan tanishtirish (bolalar har xil shakldagi idishlar turli usullar bilan yasalishini bilib olishlari kerak); halqalarni ustma-ust qo‘yib silindr shaklidagi idish yasashni; kerakli yo‘g‘onlik va uzunlikdagi ustunchalar tayyorlashni, ish jarayo-nida ularning o‘lchamlarini tekshirishni; qismlarni barmoqlar va yog‘och qalam bilan mustahkam biriktirishni; idishning o‘lchamlari va shaklini bandning yo‘g‘onligiga muvofiqlashtirishni; idishning shaklini hisobga olib unga naqsh ishlashni o‘rgatish.’
Jihozlar. Loy, taxtalar, kurakchasimon yog‘och qalamlar. Ish vaqtida loyni suvlash va idish sirtini silliqlab turish uchun suv to‘ldirilgan taqsimcha.