O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020


Suhbat 
(intervyu) metodi
. Ushbu yordamchi metod tadqiqqotning eng 
boshida umumiy yo‘nalish olish va ishchi farazlarni yaratish maqsadida 
qo‘llaniladi. Bu erkin, majburiy bo‘lmagan suhbat. Suhbat (intervyu) anketa 
tadqiqotlaridan keyin ham qo‘llanishi mumkin. Bunda anketa tadqiqotlari natijalari 
suhbatlashish orqali chuqurroq o‘rganiladi. Suhbatga tayyorgarlik jarayonida 
savollarni berishga katta e‘tibor qaratish lozim. Savollar qisqa, aniq va tushunarli 
bo‘lishi kerak. 
Anketa metodi.
Bu 
metodga 
tadqiqotchini qiziqtiruvchi faktlar 
haqida bir qator materiallar olish uchun nisbatan ko‘p sonli shaxslar guruhiga 
beriladigan savollarning bir xilligi xos. Materiallarga statistik ishlov beriladi va 
tahlil qilinadi. Umumiy psixologiyada keng qo‘llaniladigan metodlardan biri 
bo‘lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan 
munosabatlari o‘rganiladi.
Anketa odatda 3 xil bo‘lib, birinchi xilida anglashilgan 
motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan iborat bo‘ladiki, ikkinchi xilida 
esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor 
javoblar ham beriladi. Uchinxi xil anketada sinaluvchiga havola qilinganda kamida 
to‘rt besh to‘g‘ri javoblari ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan 
odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari, qobiliyatlari, o‘ziga, 
tengdoshlariga katta va kichiklariga munosabatlarini aniqlash maqsadida 
foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq atvorlarini 
tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
Tarqatilgan anketalar yig‘ib olinib, kompuyter dasturiga muvofiqlashtirib 
atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasining ayrim 
tomonlarini o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini beradi, lekin unda 
olinadigan ma‘lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo‘lavermaydi. Bunga 
yo‘l qo‘ymaaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to‘g‘ri va 
qarshi savollarni puxta ishlab chiqarish kerak. 
Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib o‘tamiz. 
1.
Kursingizda eng yuqori obro‘ga ega bo‘lgan talaba qaysi? 


30 
2.
Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr his – tuyg‘usini uyg‘ota 
oladi? 
3.
O‘qish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni 
xohlar edingiz? 
4.
Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni xohlar 
edingiz? 
5.
O‘rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila 
olasiz? 
6.
Kursdoshlaringiz 
ichida 
kim 
bilan 
mashg‘ulotlarga birgalikda 
tayyotayyorlanishni yoqtirasiz? 
7.
Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz? 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin