O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Biografiya (tarjimai hol) metodi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Biografiya (tarjimai hol) metodi.
Inson psixikasini – ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, 
ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma‘lumotlar odamlarning tarjimai holi, 
kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga o‘zgalar 
tomonidan to‘plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, 
rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, xujjatli filmlar, videokamera 
tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o‘rganilayotgan shaxsni to‘laroq tasavvur etishga 
xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi xujjati ham bolaning
tug‘ilganidan, ham to boshlang‘ich ma‘lumot olgunicha davr oralig‘ida salomatlik 
darajasi qanday bo‘lganligi to‘g‘risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan 
material hisoblanadi. 
Biografiya
metodi inson psixikasini suhbat va tajriba 
metodlari vositasida o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarini ochishda yordam bo‘radi. 
Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog‘liq jarayonlar: sheriyat, 
musiqa, nafosat, tasviriy san‘at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning 
ma‘naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste‘dod salohiyat kabi fazilatlari 
kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos individual va 
ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o‘z 
ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar zamondoshlari, izdoshlari
safdoshlarining ta‘rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga o‘tadi. Xuddi shu 
ijtimoiy uzluksiz natijasida ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasida vorislik hodisasi 


31 
ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning 
uyg‘unligini ta‘minlaydi. 
Sotsiometriya metodi.
Bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos solgan bo‘lib, kichik 
(birlamchi) guruh a‘zolari o‘rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita 
o‘rganish va darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan 
guruhdagi har bir a‘zoning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning 
faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so‘raladi. Olingan ma‘lumotlar matritsa, grafik, 
sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari 
guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma‘lum bir 
xulosa qiladi. Biroq ma‘lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks 
ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar Ya. 
L. Kolominskiy va I. P. Volkov tomonidan sotsiometriyaning kichik guruhlar 
psixologiyasiga moslab o‘zgartirilgan variantlari, ko‘rinishlari ishlab chiqilganki, 
ular orqali shaxslarning bir – birini tanlashi motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa, 
sotsiometriyaning Ya. L. Kolominskiy ishlab chiqqan o‘zgartirilgan varianti 
bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to‘g‘risida to‘la axborot berishga 
yordam beradi. 
Odatda o‘quvchilardn quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: 
―Sen sayohatga kim bilan borishni xohlaysan?‖, ―mashg‘ulotlarga kim bilan birga 
tayyorlanishni istaysan?‖, ―Kim bilan qo‘shni bo‘lib yashashni yashashni 
yoqtirasan?‖ sinaluvchi har uchta javobdan bittasini ―eng ma‘qul‖ deb tanlashi 
lozim. Unga ―avval, hammadan ko‘ra ko‘proq kim bilan birga bo‘lishini 
xohlasang, o‘shaning familiyasini yoz‖, ―aytilgan shartlarga binoan uchinchi 
shaxsning familiyasini yoz‖ deb uqtirish maqsadga muvofiq. 
Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta ―maydon‖ga 
ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. 
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘g‘ri keladi. Guruh 
a‘zolarining o‘zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan 
bog‘langanida o‘z ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatga ega bo‘lgan sinaluvchi 
doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruh a‘zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi. 


32 
Shaxslar bilan aloqa o‘rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oldai. 
Oraliqdagi ―maydon‖larga o‘rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar 
joylashtiriladi. Shu yo‘l bilan birinchidan shaxslararo munosabatlarning darajasi va 
ko‘lami aniqlanadi, ikkinchidan qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar 
taqqoslanadi. Natijalarga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning o‘ziga xosligi, 
psixologik birini taqozo etuvchanligi haqida xulosalar chiqariladi. Shu bilan birga 
nazariy va metodologik ahamiyatga molik g‘oyalar, qonuniyatlar ilgarisuriladi, 
amaliy ko‘rsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot 
istiqboli to‘g‘risida muloxazalar yuritiladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin