2.4. Kasbiy psixologiya fanining asosiy vazifalari va tadqiqot metodlari
Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi shaxsning ichki his-tuyg‘ularini
o‘rganish, inson-texnika munosabatlari jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan
muammolarning sub‘ektiv va ob‘ektiv sabablarini o‘rganishdir.
Shu bilan birga bu fanni o‘rganish jarayonida quyidagi omillarga alohida
e‘tibor qaratish muhimdir:
–
turli nizolarning oldini olish;
23
–
personallar o‘rtasida muloqot madaniyatini shakllantirish;
–
fuqarolarning huquqiy bilimdonligini oshirish;
–
inson omilini birinchi o‘ringa olib chiqish.
Kasbiy psixologiya fanini o‘qitishda quyidagilarga e‘tiborni qaratish zarur:
–
bo‘lg‘usi muhandis mutaxassislarni kasbiy psixologik bilimlar bilan
qurollantirish;
–
kasbiy vazifalarni hal etishda olingan nazariy bilimlardan mohirona
foydalanish va ularni hayotga, amaliyotga tatbiq etish;
–
huquq mutaxassisligiga xos zamonaviy kasbiy fazilatlarni har tomonlama
shakllantirish;
–
huquq
yo‘nalishida ta‘lim olayotgan mutaxassislarning kasbiy
qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish;
–
kasbiy sezgirlik, xotira, tafakkur, fuqarolar bilan muloqotda bo‘lish va
psixologik aloqa o‘rnatish mahoratiga ega bo‘lish.
Kasbiy psixologiya fani ana shu vazifalarning maqsadi va ko‘lamidan kelib
chiqqan holda quyidagi bir qator vazifalarni bajaradi.
1)
psixologik bilimlarni chuqur o‘rganish hamda ularni ilmiy jihatdan
sintezlash;
2)
kasbiy tushuncha va kategoriyalarning psixologik mohiyatini ochib
berish;
3)
muxandis xodimlariga asosiy ob‘ekt – inson xulq-atvorining ruhiy
jihatlarini tushuntirish;
4)
ijtimoiy munosabatlarga kirishayotgan sub‘ektlar o‘rtasidagi psixik
jarayonlarni o‘rganish va ularning ruhiy holatlarini ko‘rsatish.
Kasbiy psixologiya fanining o‘ziga xos ilmiy o‘rganish metodlari
mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o‘rganish metodlari («metod» yunoncha so‘z
bo‘lib, «biror narsaga borish yo‘li» degan ma‘noni anglatadi) psixik jarayonlar,
holatlar va individual xususiyatlar to‘g‘risidagi bilimlarni egallashda
qo‘llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning
yig‘indisidir.
24
Kasbiy
psixologiya
muxandislik
psixologiya sohasining ob‘ektiv
qonuniyatlarini o‘rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar
o‘zining maqsadi va yo‘nalishiga qarab tasniflanadi.
Individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganishning instrumental metodlariga
avvalo eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil testlar
o‘tkazish, anketalar, so‘rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni psixodiagnostikaga
oid asosiy qo‘llanmalarda berilgan.
Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining
doimiyligi yoki o‘zgaruvchanligi darajasi, tuzilishini aniqlash uchun nihoyatda
katta ahamiyatga ega. Biroq, psixologik metodlar yordamida olinadigan
materiallarda ayrim xatolar ham bo‘lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini
psixologik o‘rganishning o‘ziga xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment
tadqiqotining barcha bosqichlarida maxsus o‘rganish va hisobga olishni talab
qiladi.
Kasbiy psixologiyaning o‘rganish sohalariga, jumladan, tek- shirilayotgan
shaxsning inson-texnika munosabatlari sharoitidagi holatlari kiradi. Shaxs harakat
qiladigan bu sharoitlar shaxsning odatdagi tadqiqot sharoitida yo aniqlash juda
qiyin bo‘lgan, yo umuman ko‘rinmaydigan tomonlarini ko‘rsatadi.
Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o‘rganishga imkon
beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi.
Psixoanaliz xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy sabablarini
tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo‘llaniladi.
Metod so‘zi – yunoncha
methodos bo‘lib tadqiqot, tekshirish degan ma‘noni beradi. Nazarimizda
yuqoridagilarga yana yo‘l, usul so‘zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot
ishlarida ham, bilim berishda ham qo‘llaniladi. Ushbu bobda bilim berish
metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan
ma‘lumotlarni to‘plashdagi qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari haqida so‘z boradi.
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o‘rin
egallagan, diagnostik xususiyatli metodlardan biri – kuzatish metodidir. Mazkur
metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi davrgacha ilmiy
izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo‘lib, keng ko‘lamda
25
foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob‘ekti, ko‘lami yanada
kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar,
faoliyat va muomala xususiyatlarini o‘rganish imkoniyati tug‘ildi, sifat hamda
mazmun jihatidan katta o‘zgarishlar yuzaga keldi.
Dostları ilə paylaş: |