O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə6/36
tarix01.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#170652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Microbiologiyadan amaliy va laboratoriya kullanma

A = sin u . n
u - obyektivga kiruvchi nurning yarim burchagi;
n - obyektiv va preparat orasidagi muhitning nur sindirish ko`rsatkichi.
Agar, u 900, n esa 1,5 (immersion moyning nur sindirish ko`rsatkichi) bo`lsa, unda A = 1,5. Yorug`lik nurining uzunligi 600 nm (0,6 mkm) bo`lsa, unda d = 0,2 mkm bo`ladi. Yorug`lik nuri o`rniga ultrabinafsha nur ishlatsa bu ko`rsatkichni kuchaytirish mumkin va hakozo. Agarda d ning absolut qiymati qancha kichik bo`lsa, shuncha mikroskopning ko`rsatish imkoniyati katta bo`ladi va shuncha kichik obyektni ko`rish mumkin.
Mikroorganizmlarni mikroskop orqali kuzatish uchun, avvalo, preparat tayyorlanadi. Tayyorlangan preparatlar "ezilgan tomchi", "osilgan tomchi", "nusxa olish" usulida, "fiksirlangan bo`yalgan" va hakozo bo`lishi mumkin.
2.2. Fiksirlangan bo`yalgan preparat tayyorlash.

Preparat suyuq yoki agarli ozuqa muhitida o`stirilgan ma'lum yoshdagi bakteriya kulturasidan tayyorlanadi. Ozuqa muhitlari tayyorlashning ko`pdan-ko`p retseptlari ishlab chiqilgan bo`lib, ulardan ishlashga eng qulay va tayyorlashga osoni “pepton ozuqa muhiti” deb shartli nomlangan ozuqa muhitidir: gr/litr vodoprovod suvida, pepton - 10, saxaroza yoki glukoza - 2, K2NRO4 - 0,5, MgS04-K2HPO4 - 0,5, NaCl - 0,5. Qattiq ozuqa muhiti olish uchun 15-20 g agar-agar solinadi. Qizitib eritilgan holda bu ozuqa probirkalarga quyiladi va sterillanadi, qiyshaytiriladi va natijada "qiyshiq agar" hosil bo`ladi. Qiyshiq agar yuzasiga bakteriya kulturasi ekiladi va u o`ziga xos sharoitda o`stiriladi va ko`zga ko`ringan o`sgan bakteriyadan preparat tayyorlashda ishlatiladi.


Mikroorganizmlar bilan ishlaganda ish joyi toza, begona narsalardan xoli, har bir talabaning doimiy ish joyi bo`lishi lozim. Har bir talaba dars boshlanishidan ilgari ish joyida quyidagilarni tayyorlashi kerak: mikroskop, spirtovka, narvoncha bilan vannacha, buyum va qoplog`ich oynalar, bakterial ilmoq, probirkalar uchun mo`ljallangan shtativ, bo`yoqlar, imersion moy va mikroskop ostida ko`rishda ishlatiladigan reaktivlar hamda suv solingan kolba.
Surtma (mazok) tayyorlash. Buyum oynasiga tomizilgan tomchi suvga o`rganilayotgan kulturaning biomassasidan ozgina solinadi va bakterial ilmoq bilan aralashtiriladi. Biomassaning ortiqcha qismi kuydirib tashlanadi. Hosil bo`lgan kuchsiz loyqa buyum oynasi ustiga diametri 2 sm doira shaklida tarqatiladi, havoda quritiladi va surtma tayyorlanadi (2, 3 - rasmlar). To`g`ri tayyorlangan surtmada bakteriyalar ayrim-ayrim bo`lib, yupqa qatlam hosil qiladilar.



2 - rasm 3 - rasm

Fiksatsiya issiq yordamida (flambirlash) yoki kimyoviy usulda olib boriladi. Birinchi usulda preparat uch marta surtmasini alangaga qaratgan holda gorelka alangasidan o`tkaziladi. Fiksatsiya qilinganda hujayralar o`ladi va oynaga yaxshi yopishadi, tirik hujayraga qaraganda bo`yalishi engillashadi.


Preparat nordon yoki ishqoriy anilin bo`yoqlari bilan bo`yaladi. Nordon bo`yoqlarda xromofor (rang beruvchi ion) - anion, ishqoriylarda esa kation bo`ladi. Ishqoriy bo`yoqlarga quyidagilar kiradi: moviy rang metilen, ishqoriy fuksin, siyoh rang gentsian va boshqalar. Agar bo`yoq filtr qog`ozga avvaldan shimdirilgan va quritilgan bo`lsa bo`yash osonlashadi. Bir ikki minut davomida bo`yalgandan so`ng, bo`yoq vodoprod suvi bilan yuviladi, filtr qog`ozi bilan qoldiq suvlar shimdiriladi so`ng mikroskopda ko`riladi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin