II.1-topshiriq.
Ariza namunasidagi bo„sh o„rinlarni to„ldirib, daftaringizga ko„chiring. Ajratilgan so„zlar ma‟nosini izohlang.
Buxoro Iqtisodiyot va bank
kollej…
Ariza
direktori M.M.Aslonovga
… bo‗limi… II kurs talaba… Samad Qosimovdan
Men ―Umid‖ jamg‗arma… tanlovida … natijalarga erish… imtiozli o‗rinni qo‗lga kirit… . Shuning … ―Umid‖ jamg‗armasi men… Amerika Qo‗shma… ga o‗qish uchun yo„llanma berishga
… qildi.
O‗qishimni Amerik.. Shtatlari … Kaliforniya universiteti… tarix fakultetida… ettirish uchun ruxsat…ni so„ray… .
(imzo) S.Qosimov
may.
topshiriq.
2002-yil 28-
Berilgan tushuntirish xatidagi nuqtalar o„rniga mos qo„shimcha va so„zlarni qo„yib, daftaringizga ko„chiring.
Buxoro Iqtisodiyot va bank kollej… direktori M.M.Aslonov…
bosqich talabasi A.Xotamov…
Tushuntirish xati.
Shu yil 15-dekabr kuni men fizika o‗quv xonasida kursdosh … E.Umarov … mashg‗ulot o‗tkazayotgan edik. Men shoshilib ombir… olmoqchi bo‗lib, stol… turtinib ket… . Stol nosozligi… uning usti… shisha idish sindi. Biz nojo‗ya harakat qilgan… yoq, tasodif… shunday bo‗ldi.
(imzo) A.Xotamov
2002-yil 15-dekabr
3-topshiriq.
Matnda tushirib qoldirilgan qo‗shimchalarni to‗g‗ri topib qo‗ying va shaxsiy ishonchnoma namunasini daftaringizga ko‗chiring.
Ishonchnoma.
Men, Kamol Yo‗ldoshev, guruhdosh… Abdulla Ahmedovga Yakkasaroy tumanidagi 64- aloqa bo‗lim… men… nom… kelgan 50000 (ellik ming) so‗m miqdordagi pul jo‗natma… ol… uchun ishonch bildir…
(imzo) K.Yo‗ldoshev
2002-yil 5-may.
Korxona va bo‗linma rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zaruriati tug‗ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot - bu bildirishnomadir.
Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‗yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning takliflari aks etadi.
Kimga yo‗nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajratiladi.
Ichki bildirishnoma o‗z korxona rahbariga yoki bo‗lim mudiriga yoziladi. U toza qog‗oz varag‗iga qo‗lda yoki mashinkada yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya‘ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog‗ozga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi korxonaning o‗zida qoldiriladi. Bunday bildirishnomalar korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga ega. Bu xususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayoq o‗z aksini topadi. Tashabbus bildirishnomasi matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq
takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal qilishga undaydi.
Axborot bildirishnomasi, odatda, umumiy holati rahbarga ma‘lum muayyan jarayon to‗g‗risida xabar beradi.Hisobot bildirishnomasi ma‘lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko‗rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to‗g‗risida rahbarni xabardor qilishi kerak. Muayyan vazifa yoki majburiyatlarni bajarilishi haqidagi hisobot bildirishnomasi amaliyotda raport ham deyiladi. Aslida frantsuzcha bo‗lib, bu tushuncha bizga ―bildirgi‖ atamasi bilan ma‘lum.
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:
Bildirishnoma yo‗llangan rahbarning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo‗nalish kelishigidagi familiyasi.
Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo‗nalish kelishigidagi familiyasi.
Hujjat turining nomi (bildirishnoma).
Matn sarlavhasi.
Bildirishnoma matni (mazmuni).
Qancha varaqligi ko‗rsatilgan ilovalar ro‗yxati (agar ilova bor bo‗lsa).
Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‗lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‗yiladi).
Ko‗rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilishi shakli jihatdan bildirishnomalar xizmat ma‘lumotlari (spravka)ga yaqin turadi. Ularning farqi shundaki, ma‘lumotnomalarda asosan talab qilingan, so‗ralgan voqea- hodisalar haqidagina axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea- hodisalarni sanash bilan birga, ularni keltirib chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar beriladi.
Bildirishnoma tayyorlangan shaxsning xulosa va takliflari aniq, ravshan va ishonarli bo‗lmog‗i kerak. Shuning uchun ham bildirishnomalarda chiqarilgan xulosalarni tasdiqlovchi, bo‗lib o‗tgan voqea- hodisalarga, qonunchilik ko‗rsatmalariga, tegishli hujjatlarning raqam va sanasiga hamda bildirishnomalarda bayon etilgan masalani bevosita muassasa misolida o‗rganish yoki sinab ko‗rish natijasida olingan boshqa dalillarga havolalar qilinishi zaruriy hisoblanadi.
Bildirishnoma matni asosan ikki qismdan iborat bo‗lmog‗i kerak. Birinchi qismda uning yozilishiga sabab bo‗lgan dalillar, voqealar bayon qilinishi lozim. Ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq harakatlar haqidagi takliflar aks etmog‗i zarur. Mutaxassislarning fikricha, bunday harakatlar bayon qilingan voqealar munosabati bilan yuqori idora yoki mansabdor shaxs tomonidan qilinishi (boshlanishi) kerak.
Agar bildirishnomada bayon qilinayotgan ma‘lumotlar aniq bir vaqt oralig‗iga taalluqli bo‗lsa, xuddi malumotnomadagidek, ushbu vaqt matndan alohida zaruriy qism sifatida ajratilib, matn oldidan joylashtiriladi. Masalan
―1999 yil 31 iyuldagi holatga ko‗ra‖ yoki ―2000 yilning 1 yanvaridan 1 sentyabrgacha bo‗lgan davr uchun‖. Bu ma‘lumotlarni matn sarlavhasiga qo‗shib yuborish ham mumkin.
Bildirishnoma namunalarining (Maxmudov N. va b. O‗zbek tilida ish yuritish. - T.: O‗zbekiston Sovet Entsiklopediyasi Bosh redaktsiyasi. 1990 (50-55 betlar) qaralsin) deyarli barchasi ariza shakliga o‗xshash yozilgan. Bildirishnomaning yana bir shakli ham borki, unda tarkibiy qismlarning joylashishi bir oz boshqacharoq. Bunday bildirishnomalarda muassasa, tarkibiy bo‗linma nomi, hujjat nomi, uning yozilish sanasi hamda matn sarlavhasi qog‗oz varag‗ining yuqori chap burchagiga yoziladi, bildirishnoma yo‗llanayotgan shaxs nomi o‗z o‗rnida, ya‘ni varaqning yuqori o‗ng burchagiga yoziladi.
Agar bildirishnoma mantiqan va mazmunan to‗g‗ri, ishonarli dalil va isbotlar bilan yozilsa, uning har ikkala shaklidan ham foydalanaverish mumkin.
Tayanch iboralar:
Tashkiliy hujjatlar
Huquqiy vazifa
Mansabdor shaxs
Tasdiqlash ustxati
Xodim mas‘uliyati
Ko‗rsatmaviy hujjatlar
Bosh muhandis
Dostları ilə paylaş: |