O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə1/39
tarix02.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#171337
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
109929 Давлат тилида иш юр услубий ўлланма М Омонова (1)

O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

DAVLAT TILDA ISH YuRITISH FANIDAN


USLUBIY QO‘LLANMA

Oliy o‘quv yurtlarining barcha fakultetlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan



TOSHKENT – 2019

Tuzuvchilar: M.Omonova, M.Qodirova Mas‘ul muharrir: f.f.n. dots.v.b G.Narimova


Taqrizchilar: p.f.n. dots. S.Adilova M.Abdullaeva,


Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU
―O‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi‖
kafedrasi mudiri, f.f.n

Ushbu uslubiy qo‘llanma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2019-yil dagi -sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.


K i r i sh


Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ―Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta'lim tizimining, professor- o‗qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‗rin egallashini ta'minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‗tarishni davrning o‗zi taqozo etmoqda‖1, deya ta‘kidlaganlar. O‗zbekiston Respublikasi 2017-2021-yillarga mo‗ljallangan ‖Harakatlar strategiyasi‖da keltirilgan fikrlarga alohida e‘tibor qaratish lozim: ―Ilmiy- tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‗batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‗quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy- eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish‖2. Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy- huquqiy va ma‘naviy o‗zgarishlar ta‘lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‗ydi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dagi yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash vazifasi, ayniqsa, davlat tilida ish yuritish fani o‗qituvchilari zimmasiga katta mas‘uliyat yuklaydi.
O‗zbekison Respublikasi Konsitutsiyasi va "Davlat tili to‗g‗risida"gi qonuni kuchga kirishi bilan o‗zbek tili davlat tili maqomini egalladi. Bu o‗zbek tili ijtimoiy vazifalarining kengayishiga, o‗zbek tilida yozma va nutqiy savodxonlik, rasmiy-idoraviy muloqot va yozishma madaniyatining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochdi. O‗zbek tilini o‗rganish va o‗qitish yo‗lga qo‗yildi. Bugungi kunda lotin yozuviga asoslangan yangi o‗zbek alifbosini o‗rganish borasida ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy datsuri" va "Ta‘lim to‗g‗risida"gi qonuni O‗zbekitson itsiqlolini yaratishga qodir yangi



  1. Мирзиёев Ш. М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: Ўзбекистон НМИУ, 2016. – B. 14.

  2. Ўзбекистон Республикасининг 2017–2021-йилларга мўлжалланган ‖Ҳаракатлар стратегияси‖. – Т.: Ўзбекистон, 2017 йил.

avloddan ilg‗or dunyo hamjamiyatida o‗zining bilimi, aql-idroki bilan mutsahkam o‗rin egallay oladigan barkamol mutaxassislar tayyorlash zaruratini o‗rtaga qo‗ydi. Respublikamiz xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlarida davlat tilida jahon o‗lchovlariga muvofiq tarzda ish yurita olish, milliy qadriyatlar va ma`naviy-madaniy fazilatlarga amal qilish O‗zbekitson mutsaqilligini mustahkamlash va istiqbolini ta‘minlashning muhim omilidir. Shunga ko‗ra, bo‗lg‗usi mutaxassislarni mustaqil va ijodiy fikrlashga odatlantirish, o‗z fikrlarini og‗zaki va yozma shakllarda to‗g‗ri va ravon ifodalashga o‗rgatish, rasmiy-idoraviy ish yuritish uslubini puxta egallashlarini ta`minlash vazifasi ixtisoslik va kasbiy tayyorgarlikning muhim sharti bo‗lib qoldi.
"Davlat tilida ish yuritish" fani bo`yicha tayyorlangan o‗quv-uslubiy qo‘llanma o‗quv jarayoninig nazariy, amaliy, ijodiy jihatlarini to‗liq aks ettirib, innovatsion texnologiyalar bilan boyitilgan. Bu talabalarning fanni qulay va oson o‗zlashtirishlariga yordam beradi, o‗z ustida ishlashlari uchun sharoit yaratadi.
Davlat tilida ish yuritishni o‗qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‗zgartirib, hujjatlarni o‗rganish jarayonini tezlashtirish, talabalarning o‗rta maktabda, akademik litsey va kollejda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‗liq bo‗lgan nutqiy ko‗nikmalarni hosil qilish, o‗zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‗z mutaxassisligi bo‗yicha foydalanish, fikrni to‗g‗ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‗rganish ko‗zda tutiladi. Shularni nazarda tutib o‗quv-uslubiy majmua nutqiy ko‗nikmalarni shakllantirishga yo‗naltirilgan kommunikativ tamoyilga asoslanib tuzildi. Bu esa ―2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI‖da ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari yuzasidan ―Ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish‖ bo‗yicha ―Uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish yo‗lini davom ettirish, sifatli ta‘lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash‖ga tola mos keladi.
Respublikamizning har bir fuqarosi ish faoliyatida davlat tilini puxta o‗zlashtirganligi, savodxon va nutq madaniyatiga amal qiluvchi mutaxassis ekanligini namoyon eta bilish, boshqalar, chunonchi, chet ellik ham kasblari bilan shaxsiy va rasmiy aloqalarni zamonaviy yuksak saviyada bajara olishi hayotiy zaruratga aylandi.
Mazkur dasturning vazifasi o‗qishlar davlat tilida va rus tilida olib boriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalarining o‗zbek tilidan yozma va og‗zaki nutqini boyitish, ularda mustaqil ravishda matn tuzish, uni o‗zgartirish ko‗nikmalarini shakllantirish, mutaxassislikka oid rasmiy-idoraviy hujjatlarni, ish qog‗ozlarini yozish, tahrir qilish malakasini hosil qilishdir.
Bu vazifalarni amalga oshirish davlat tilining respublika ijtimoiy hayotidagi o‗rnini, tilning talabaning tafakkur etish qobiliyatini shakllantiruvchi vosita ekanligini anglash, undan nutqiy aloqa quroli sifatida turli vaziyatlarda o‗rinli foydalana bilish darajasi bilan o‗lchanadi. Shu jihatdan dasturdan kuzatilgan maqsad talabalarning o‗zbek tilidan olgan bilimlarini mustahkamlash, takomillashtirish va so‗ngra tanlangan kasb doirasida bu bilimlarni til amaliyoti, nutq madaniyati va mahorati sirlari bilan to‗ldirishdan iborat.
Dastur shu asosda akademik litsey va kasb-hunar kolleji talabalarining davlat tilida mustaqil holda va yuksak madaniy saviyada yozish va ravon so‗zlash, turli nutqiy vaziyatlarda tilning boy leksik-grammatik va uslubiy vositalaridan unumli va o‗rinli foydalanish uquvini shakllantirish va bu ko‗nikmani mustahkamlash bilan bog‗liq amaliy mashqlarni bajarishni ko‗zda tutadi. Shularni inobatga olgan holda dastur mazmuni uch yo‗nalishdagi nazariy va amaliy bilimlarni mujassamlashtirgan.
Birinchidan, talabalarga til va tafakkur munosabatini yoritib beradi, nutqiy faoliyat turlari farqlanadi, ulardan amaliy foydalanish yo‗llari ochib beriladi.
Ikkinchidan, talabalarning o‗zi tanlagan kasb-hunar doirasidagi leksik ma‗nosi, nutqdagi vazifasi va imkoniyatlari, uslubiy qo‗llanish xususiyatlari nuqtai nazaridan tahlil etilib, uni to‗g‗ri tanlash va yozma, og‗zaki nutqda o‗rinli ishlatish ko‗nikmalari o‗stiriladi.
Uchinchidan, talabaning bo‗lg‗usi ish faoliyati doirasidagi xizmatida davlat tilida mustaqil ravishda va nutq madaniyati talablari darajasida ish yurita olish qobiliyatlari shakllantiriladi.
Shu maqsadda dasturda umumta‗lim bosqichida egallangan o‗zbek tili ta‘limining uzviy davomi sifatida uni to‗ldirishga xizmat qiluvchi aniq mavzular berildi. Bu mavzular dars jarayonida mazmunan talabalar tanlagan bilimlar yo‗nalishi (ijtimoiy yoki aniq fanlar), kasb-hunar yo‗nalishining mohiyatiga muvofiq-lashtirilishi, ya‘ni davlat tilini o‗rganish madaniyati, savodxonlik ayni shu fanlar yo‗nalishi, kasb-hunar bilan bog‗liq matnlar asosida amaliy ravishda tashkil etilishi lozim.
"Davlat tilida ish yuritish" fani boshqa fanlar kabi ham nazariy ma‘lumotlarini talabalar ongiga singdirishni, ham muayyan qoidalarga asoslanuvchi amaliy ko‗nikmalarni shakllantirishni ko‗zda tutadi. Tavsiya etilgan mavzular rejasida bu holat o‗z aksini topgan. Shundan kelib chiqqan holda ushbu fan o‗qituvchisi, avvalo, o‗tiladigan mavzuga oid barcha nazariy bilimlarni tegishli adabiyotlardan foydalanib (adabiyotlar ro‗yxati ilova qilinadi) aniq chegaralab olishi va o‗z o‗rnida qiziqarli ixcham tarzda talabaga yetkazishi zarur. Nazariy bilimlar kerakli izohlar bilan, ko‗rgazmali tarzda tayyorlangan hujjat namunalari bilan mustahkamlab borilishi maqsadga muvofiqdir. Mavzularni o‗tishda bayonchilikka berilib ketishdan qochish, har bir nazariy, me‘yoriy qoidani amaliy tadbig‗ini talabalar faolligida amalga oshirishga intilish lozim. Chunki ko‗pchilik mavzular u yoki bu jihati bilan farq qiluvchi hujjat matni ustida amaliy mashg‗ulot o‗tkazishni taqozo etadi. Bunda talabalarning berilgan namuna asosida mustaqil ravishda turlicha mazmun va yo‗nalishdagi matn tuza olish malakasini shakllantirishga jiddiy e‘tibor berish kerak. Hujjat matnidagi har
qaysi til vositasi: so‗z, qo‗shimcha, gap to‗g‗ri tanlanishi, adabiy me‘yor va hujjatning zaruriy qismlari talabiga muvofiq ishlatilishini matn tahlili misolida o‗rgatish yaxshi samara beradi.
Talabalar bilimini nazorat qilish uy vazifalarini, chunonchi hujjat matnini yozib kelishni tekshirish bilan cheklanmasligi kerak. Har bir talaba mavzuni o‗zlashtirish bo‗yicha qo‗yilgan talablarga (bu talablar dasturga kiritilgan) to‗la javob berishi lozimki, bu nazorat test usulida, yozma topshiriq asosida yoki og‗zaki savol-javob orqali o‗tkazish talab etiladi.
Uslubiy qo‘llanmada har bir mashg‗ulotga matnlar, topshiriqlar, mashqlar, mustahkamlash uchun savollar, testlar, mustaqil ta‘lim topshiriqlari berildi. Shuningdek, davlat tilida ish yuritish, suhbat, bahslashuv orqali mustaqil yozma ishlarni uyushtirish, matn tuzdirish talabalarning ixtisosligiga ko‗ra belgilanadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin