Tarjimayi hol Ma‘lum bir shaxs tomonidan o‗z hayoti va faoliyatini aks ettirib yozilgan bayonnoma tarjimai holdir. Unda dastlab Tarjimayi hol deb yoziladi, keyin muallifning ismi, familiyasi va otasining ismi to‗liq ko‗rsatiladi, tug‗ilgan yili, kuni, oyi, joyi ham aniq yoziladi. Ota – onalar haqida qisqacha ma‘lumot yoziladi. Shundan so‗ng qayerlarda , nima ishlar qilganligi to‗g‗risida batafsil, yilma- yil yoziladi, oilaviy ahvoli va turar joyi haqida ma‘lumot beriladi. Oxirida yozilgan sana ko‗rsatilib, imzo chekiladi.
Men, Sobirov Nodir Nozim o‗g‗li, 1992- yil 27-iyunda Buxoro shahrida xizmatchi oilasida tug‗ildim. Otam- Sobirov Nozim viloyat yo‗l qurulishi boshqarmasining bosh muhandisi, onam- Namozova Nasiba 18- o‗rta maktabda o‗qituvchi bo‗lib ishlaydi. Oilada to‗rt kishimiz. Ukam Sobirov Nasim 7- sinfda o‗qiydi.
1999- yildan 2008- yilgacha Buxoro shahridagi 18- maktabda o‗qidim. Maktabda sinf gazetasi muharriri bo‗ldim. Ona tili va adabiyot fanlariga juda qiziqaman. Bu fan bo‗yicha viloyat olmpiadasida 2- o‗rinni egallaganman. Tennis bo‗yicha Respublika musobaqalarida faxrli o‗rinni egallaganman.
9- sinfni tugatib , 2008-yilda Buxoro davlat universitetining akademik litseyiga o‗qishga kirdim.
Mening manzilim: Buxoro shahri, Yangiyer ko‗chasi, 51-uy.
(imzo) N.Sobirov. 2009-yil 21-may
Adabiyotlar ro‗yxati:
Aminov M., Madvaliev A., Mahmudov N. Ish yuritish; amaliy qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2000.
Mahmudov N.va boshqalar. Davlat tilida ish yuritish . – Toshkent: Cho`lpon, 2009.
Mahmudov N., Rafiyev A., Yo'ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent: Sharq, 2004.
MAVZU: Ish yuritish tili va uslublari Ish hujjatlari va ularga qo`yiladigan asosiy talablar