O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


topshiriq. FSMU jadvalini to‗ldiring. fikringiz bayoniga biror sabab



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə3/39
tarix02.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#171337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
109929 Давлат тилида иш юр услубий ўлланма М Омонова (1)

topshiriq. FSMU jadvalini to‗ldiring.


fikringiz bayoniga biror sabab ko‗rsating

F S M U

fikringizni bayon eting
O‗zbekiston jahondagi eng rivojlangan davlatlar orasidan munosib orin egallashi uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi kerak.




fikringizni umumlashtiring





Munshaot
YANGI O„QUV MATERIALINI SLAYDLI TAQDIMOTI




Qadimgi hujjatlarni davrlararo tasniflash.






Mustahkamlash uchun savollar


    1. O'zbek hujjatchilik tarixidan nimalarni bilasiz?

    2. Hujjat turlari haqida ma'lumot bering.

    3. Ichki va tashqi hujjat bir-biridan qanday farq qiladi?

    4. Sharqda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, tilxat shunga o'xshash hujjatlar nechinchi asrda keng tarqalgan?

    5. Hujjatlar mazmuniga ko'ra nechaga bo'linadi.

Adabiyotlar ro‗yxati:

  1. Aminov M., Madvaliev A., Mahmudov N. Ish yuritish; amaliy qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2000.

  2. Mahmudov N.va boshqalar. Davlat tilida ish yuritish . – Toshkent: Cho`lpon, 2009.

  3. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo'ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent: Sharq, 2004.



  1. MAVZU: SHARQDA X-XIX ASRLARDA YOZILGAN HUJJATLARNING O`ZIGA XOSLIKLARI


REJA:
1.O‗zbek hujjatchiligi tarixi, uning an‘analari. 2.Hujjat turlari.
3.O‗tmishda hujjat tutish, rasmiy tarixiy hujjatlarning turlari.
Kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.Hujjatlar ish yuritishning asosini tashkil etadi .Hujjatlar kechagina paydo bo'lgan narsa emas, kishilik jamiyatining shakllanishi bilanoq bu jamiyat a'zolari o'zaro munosabatlaridagi muayyan muhim hujjatlarni muntazam va qatiy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga sifatida ilk ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi baravarida hujjatlar ham takomil topib borgan . Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o'rxun -enasoy , so'g'd, eski uyg'rarab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko'plab ,hujjatlar ,yozma manbalar ma'lum . Bobilning meloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui (kodeksi), undan ham qadimroq shoh Ur-Hammu (miloddan avvalgi 2112-2094-yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi "hujjatlar"deb ataladigan tartibot voitalarining nechog'lik olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko'rsatadi.
Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan : xabar , tavsif farmoyish bildirish , tasdiqlash va h.k . Bu o‘rinda to‘xtamishxonning 139- yilda polyak qiroli Yagayolka yo‘llagan yorlig‘i , Temur Qutlug‘ning 1397-yildagi yorlig‘i , Boburning otasi Umarshayx mirzoning marg‘ilonlik Mir Said Ahmad ismli shaxsga 1469 yilda bergan yorlig‘i toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1797 yil 2 iyunda Peterburgga – Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yo‘elig‘i va boshqalarni eslab o‘tish mumkin .
Mazkur davr yo‘rliqlarida o‘ziga xos insoniy qolip shakllangan , ёрrliqlar matn jihatdan an‘anaviy tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan . Masalan , eslab o‘tilgan yo‘rliqlarning birinchisi – ―To‘xtamish so‘zim yig‘lag‘ayg‘a‖ deb , ikkinchisi – ―Temur qutlug‘ so‘zum‖ deb , uchinchisi esa – ―Sulton Umarshayx Bahodur so‘zim‖ deb boshlagan. Bayonda ham muayyan qolip bor , shuningdek , albatta , yo‘rliq raqam qilingan sana va joy ko‘rsatilgan.
XIX asrda Qo‘qon xonligida keng tarqalgan xujjatlardan biri ―patta‖ lardir . Pattada ma‘lum kishiga muayyan nuqtadagi pul , mahsulot, urug‘ (don) yoki boshqa narsalar berish lozimligi haqidagi ma‘lumot aks ettirilgan. Patta matnlarida ham o‘ziga xos doimiy tarkib va muayyan nutqiy qolip turg‘unlashgan. Umuman, o‘tmish hujjatlaridagi muayyan turg‘un tarkib va nutqiy qolip o‘zbek (turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil mahsuli ekanligining dalilidir .
Ma‘lumki , hjjatlar xilma-xil va miqdoran juda ko‘p . Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi , hajmi , shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir . Shunday ekan , hujjatlar tiliga qo‘yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga qo‘yiladigan ko‘pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat , albatta , o‘zoga xos xususiyat va sifatlar bilan bnelgilanadi . Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib , mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap bo‘lish mumkin emas. Shuning uchcun bu o‘rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi .
Hujjatshunoslikdagi ana shu ana‘naga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar eng avvalo yaratilish o‘rniga ko‘ra tasnif qilinadi , bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar fikrlanadi . Ichki hujjatlar ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa ichcida foydalanadigan hujjatlarda , muayyan muassasada boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatdir .
Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1) sodda hujjatlar – muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi ; 2) Murakkab hujjatlar – ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi .
Mazmun bayonining shakli jihatdan xususiy (indevidual), namunali (tipovoy) va qolipli (trafaletli) hujjatlar saqlanadi . Matnning o‘ziga xosligi , betakrorligi , hamisha ham bir andazada bo‘lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan , xizmat yozishmalari va shu kabilar) . Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsa-da bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi. Namunali hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi . Qolipli hujjatlar , odatda , olinadigan tayyorlanadigan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi , bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya‘ni o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o‘zgaruvchi hujjatni tuzish paytida yoki qo‘lda yo‘ziladigan axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga ko‘pincha
―yozmoq ‖ emas , balki ―to‘ldirmoq‖ so‘zi ishlatiladi . Shu o‘rinda aytish
kerakki , hujjatlarning ko‘p qilipli turlarini kengaytirish – ish yuritishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo‘llaridan biridir . Chunki bunday qilish hujjat matnlarni bir xillikka olib kelish va hujjat tayyo‘rlash uchun ketadigan vaqt hamda mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi . Qolipli hujjatlar sirasiga , masalan , ish haqqi yoki yashash joyi haqidagi ma‘lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar , xizmat safarlari guvohnomalari va boshqa ko‘plab hujjatlarni kiritish mumkin .
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjartlari tayyorlanishiga ko‘ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa , shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozlib , ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi .
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi benihoya muhim . Bu jihatiga ko‘ra hujjatlat quyidagocha tavsiflanadi : qoralama; asl nusxa ; nusxa
; ko‘chirma. Aksar hujjatlar dasrlab qoralama nusxada tayyorlanadi , bu nusxa tuzatilib qayta ko‘chirilishi mumkin .Aytish johizki,qoralma hujjat huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxadir . Asl nusxaning aynan qayta ko‘chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi , odatda nusxaning o‘ng tomonidagi yuqoridagi burchagiga ―nusxa
‖ degan belgi qo‘yiladi.
Hujjatjilikda , shuningdek ,aynan (faksimal) va erkin nusxalar ham farqlanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barja xusisiyatlarini – hujjat zaruriy qismlarining joylashishi , mavjud shakliy belgilar (gerb , yumaloq muhr , to‘rtburchak muhr , nishon kabi), matndagi bosma ,yozma harf shakllari va shu kabilarni aniq va to‘liq aks ettiradi, masalan, foto nusxani shu tir hujjatlar qatoriga kiritish mumkin . Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to‘lasicha ifodalansada, bu nusxa tashqi xususiyatlar jihatdan bevosita muvofiq kelmaydi, ya‘ni erkin nusxada asl nusxadagi muhr o‘rniga ―muhr‖ deb, imzo o‘rniga ―imzo‖ deb, gerb o‘rniga ―gerb‖ deb yozib qo‘yiladi va h.k. Ba‘zan muayyan hujjatga to‘lasicha emas, balki uning bir qismiga ehtiyoj tug‘iladi.
Bunday hollarda hujjatdan nusxa emas, balki ko‘chirma olinadi (masalan, majlis bayonidan ko‘chirma, buyruqdan ko‘chirma va h.k.).
Nusxa va ko'chirmalar, notarius,kadirlar bo'limi va shu kabilar tomonida tegishli tartibda tasdiqlangan taqdirdagina huquqiy kuchga ega bo'ladi. Asil nusxa yo'qolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil huquqiy kuchga egadir.
Ma'muriy - boshqaruv faoliyaida xizmat mavqeyiga ko'ra hujjatlar hozirgi kunda,asosan,quydagicha tasniflandi4: tashkiliy hujjatlar ; farmoyish hujjatlari; ma'lumotsimon-axborot xujjatlari;xizmat yozishmalari.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot,muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi,tarkibiy tarmoqlari va xodimlari,boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayt qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning xuquqiy tomonlari kabimasalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo'riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko'rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Ma'lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruxni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtirok ham juda faol. Bu guruh dalolatnoma, ma'lumotnoma, ariza, tushintirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o'z ichiga oladi.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo'ladi.Ularda muassasa faoli-yatining turli masalalari bilan bog'liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks et-tiriladi. Bu ma'noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko'rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqadordir, ularning muayyan bir guruhiga xizmat hujjatlarini kiritish shuning uchun ham maqsadga muvofiq emas. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin to'rtinchi alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o'rinli.



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin