O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə17/39
tarix02.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#171337
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
109929 Давлат тилида иш юр услубий ўлланма М Омонова (1)

Tayanch iboralar:


  • Hujjat matni

  • Bosmadan chiqish




  • Me‘yoriy hujjatlar

  • Buxgalteriya

    • Hujjatni bezatishhujjatlari

Muhokama uchun savollar:

  1. Tashkilotdagi hujjatlar qaysi sifatlariga ko‗ra turlarga ajratiladi?

  2. Yaratilish o‗rni va mazmuniga ko‗ra hujjatlar qanday turlanadi?

  3. Qanday hujjatlarga qolipli hujjatlar deyiladi?

  4. Xizmat hujjatlari shaxsiy hujjatlardan qaysi tomoni bilan ajraladi?

  5. Hujjatlarning asl nusxasi, nusxasi, ko‗chirma kabi tasniflari tushuntirilsin.

  6. Nima uchun ish yuritish uslublariga rioya qilish lozim?

  7. Hujjatlarni tayyorlashda ularga qanday talablar qo‗yiladi?

1-ilova







YANGI O„QUV MATERIALINI SLAYDLI TAQDIMOTI


3-ilova


Shaxsiy hujjat turlari





ADRES




Qayerga: O‗zbekiston, Toshkent U.Yusupov ko‗chasi, 1 A Kimga: Bozor ko‗nikmalarning rivojlantirish markaziga


700084, Toshkent sh., X.Asomov, 7 TMI


700128 (qabul qiluvchi aloqa bo‗limi raqami)

Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‗p qo‗llanadigan va keng tarqalgan ish qog‗ozidir. Hajmi, uslubi va turidan qat‘iy nazar, ariza o‗zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuzilgan.


Arizaning zaruriy qismlari:

  1. Ariza yo‗llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.

  2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi.

  3. Hujjatning noma (Ariza).

  4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).

  5. Arizaga ilova kilinadigan hujjatlar ismi (agar zarur deb topilsa).

  6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi.

  7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).

Arizadan zaruriy qismlar barchasida birday takrorlanovermaydi. Masalan, xodim o‗zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganida uning yashash joyi haqida ma‘lumot zarur bo‗lmaydi. Bunday hollarda xodim o‗zi ishlaydigan bo‗lim va lavozimini ko‗rsatsa kifoya. Shuningdek, ko‗pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‗lmaydi.
Yuqorida sanab o‗tilgan zaruriy qismlarning odatdagi joylashuvi quyidagicha:

Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi uni tezroq amalga oshishiga xizmat qiladi. Mehnatkashlarning ariza va imkoniyatlarini o‗z vaqtida va diqqat- e‘tibor bilan ko‗rib chiqish esa boshqaruv idoralarining muhim vazifalaridan biri, qonunchilikning mustahkam garovidir.


Ariza asosan qo‗lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‗ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‗zdan iborat bo‗lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni o‗ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‗lishi ham mumkin. Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‗lishi bilan birga unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir.Ishga kirish haqidagi arizalar. Bunday arizalarda ariza zaruriy qismining
barchasidan foydalaniladi. Bu arizalarning aksariyatida ilova qismi bo‗lmaydi, shuningdek, xodimning yashash joyini ko‗rsatishning zaruriyati yo‗q.
O‗quv yurtlarga kirish yoki muayyan jamoa tashkilotlariga a‘zo
bo‗lish arizalari. Ularning barchasiga zaruriy hujjatlar ilova qilinadi va ular bosma ish qog‗oziga to‗ldiriladi.
Aholi ish joyida yoziladigan arizalar (uy-joyini kengaytirish, almashtirish va shu kabilar).
Da‘vo arizalari muassasalarning boshqa aybdor muassasalar yoki (javobgar) shaxslarda davo qilinayotgan mablag‗ yoki biron-bir mol-mulkni majburiy ravishda undirib berishni iltimos qilib sud idoralariga yoki davlat xakamligiga yozma murojaatidir. Ularning zaruriy qismlari:

  1. Yo‗llovchining nomi, hujjat tuzilganvaqti va tartib raqami ko‗rsatilgan to‗rtburchak muhr.

  2. Sud idorasi yoki davlat hakamligining nomi.

  3. Davogarning to‗liq nomi va manzili.

  4. Javobgarning to‗liq nomi va manzili.

  5. Da‘vo summasi.

  6. Hujjat nomi (da‘vo arizasi).

  7. Da‘vo arizasining matni (mazmuni).

  8. Ilovalar (da‘vogarning talablarini asoslovchi barcha hujjatlar).

Hisob-kitob arizasi bajarilgan ishlarga haq to‗lash haqidagi yozma yoki og‗zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchi (xizmatchi)lar tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi.
Hisob-kitob arizalari ham erkin usulda yoziladi, lekin unda quyidagi zaruriy qismlar bo‗lishi kerak:

  1. Muassasa hamda ariza yo‗llanayotgan mansabdor shaxsning

nomi.

  1. Arizachi haqida ma‘lumotlar (adresi, pasport raqamlari, kim

tomonidan va qachon berilgan; ismi, ota ismi va familiyasi; zarur hollarda
tug‗ilgan yili va soliqlar bo‗yicha imtiyozi borligi ko‗rsatiladi).

  1. Hujjat nomi (hisob-kitob arizasi).

  2. Ariza matni.

  3. Ariza berilgan sana.

  4. Arizachining shaxsiy imzosi.


    1. Topshiriq uchun matn.

Berilgan gaplarni ariza hujjatining zaruriy qismlari tartibida amal qilgan holda joylashtirib,daftaringizga ko„chiring.
Kasalligim tufayli qishki sinov va imtihonlarni o‗z vaqtida topshira olmadim.Buxoro Iqtisodiyot va bank kolleji direktori M.M.Aslonovga.I.Abdullayev .Shu sinov va imtihonlarni topshirishga ruxsat berishingizni so‗rayman.Ariza.2014.23.02.Arizamga kasalligim to‗g‗risidagi tibbiy ma‘lumot ilova qilindi.2-bosqich talabasi Ilhom Abdullayevdan.

      1. topshiriq.

Quyidagi qoliplashgan birikmalarni ko„chiring.Bu birikmalardan foydalanib,o„quv amaliyotida qatnashmaganingiz sababi to„g„risida tushuntirish xati yozing.
Zaruriyat tufayli,betobligi sababli, shifoxonada davolanayotganligi uchun,nosozligi tufayli,,yomon tashkil etilganligi sababli,joriy etilganligi munosabati bilan,imkoniyati yo‗qligi tufayli,vafot etgnligi sababli,ob-havo noqulayligi uchun,o‗zgarganligi munosabati bilan,xabar bermaganligi sababli,ruxsat bermaganligi sababli.

      1. topshiriq.

Quyidagi so„z va so„z birikmalari yordamida 4ta gap tuzing,ularni mantiqiy bog„liklikda joylashtiring.
Ishonchnoma tuzmoq,pul jo‗natmasini olmoq,xizmat safari,mart oyi uchun,nomimga kelgan,ishonch bildirmoq,vakolat bermoq,menga tegishli,huquqini bermoq,imzo qo‗yishga,shartnoma tuzishga,uyushma kassasidan,pasportga ega,betobligim tufayli,imzosini tasdiqlamoq,bir yillik muddatga berildi.

      1. topshiriq.

Matnni o„qing,ajratilga so„zlarning ma‟nosini izohlab,matn mazmuni nimaga qaratilganligini ayting.
Men,ona tili va adabiyot fani o‗qituvchisi Maqsuda Aliyeva,kollej kutubxonasidan ijtimoiy yonalish bo‗limining 2- bosqich talabalari o‗rtasida mushoira o„tkazish uchun 10(o‗n)ta she‘riy to‗plam oldim.Mashg‗ulot tugagach,olgan kitoblarni topshiraman.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin