Biror shaxsni ma'lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a'zo bo‗lish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat. U ma'muriyat yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin. Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari - mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, ahloqiy jihatlari va faoliyatiga baho beriladi, u tavsiya etilayotgan lavozimi yoki tashkilotga a'zo bo‗lishga munosib ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi. Tavsiyanoma ba'zi xususiyatlariga ko‗ra tavsifnomaga o‗xshaydi, shu sababli ularning ko‗pchiligi tavsifiy tavsiyanoma shaklida bo‗ladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki,
tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qilinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari ko‗rsatilishi bilan birga, keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi. Turli mukofotlarga taqdim etish taqdimnoma ham tavsiyanoma shaklida bo‗ladi. Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari:
Hujjatning nomi (Tavsiyanoma)