O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 312,5 Kb.
səhifə4/29
tarix02.01.2022
ölçüsü312,5 Kb.
#38108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Shoira normatova jahon adabiyoti

ODISSEYA

«Odisseya»ning asosiy mazmunini Troya urushidan so'ng Odisseyning Itakaga qaytib kelishi tashkil qiladi. Bu jarayon juda uzoq davom etgan, 10 yil vaqtni olgan. IX—XII qo'shiqlarda Odissey o'zining Troyadan chiqib ketgach uch yil davomidagi sayohatlarini hikoya qiladi.

Boshida Odissey o'z hamrohlari bilan yovvoyi odamlar — kikonlar orasiga tushib qoladi, keyin bir ko'zli sikloplar maskaniga borib qoladi, u yerda odamxo'r siklop Polifem Odisseyning bir necha hamrohlarini yeb qo'yadi, sal bo'lmasa Odisseyning o'zini ham yeb qo'yay deydi. Odissey Polifemning yagona ko'zini ko'r qiladi. Bu dengiz ma'budi Poseydonning g'azabini qo'zg'aydi. Chunki Polifem Poseydonning ma'buda Foosdan tug'ilgan o'g'li edi. Odissey va uning hamrohlari hiyla bilan zo'rg'a qochib qutuladi. Keyin esa shamol ma'budasi Eol orolidagi sarguzashtlar boshlanadi, so'ngra Odissey qaroqchilar qo'liga tushadi, sehrgar Kirkaning qo'lida bir yil tutqun bo'ladi, bundan so'ng yer osti saltanatiga o'z taqdirini bilib kelish uchun jo'natiladi. Hiyla bilan yarim ayol, yarim qush Sirenaning qo'shig'ini eshitishga muvaffaq bo'ladi (Sirena sehrli qo'shig'i bilan sayyohlarni o'ziga chorlar, keyin esa ularni yer edi). Trinakra orolida Odisseyning hamrohlari Geliosning buqalarini yeb qo'yadilar, shu gunohlari uchun dengiz xudosi Poseydon Odissey kemalarini g'arq qiladi, falokatdan faqat Odisseygina omon chiqadi va to'lqin uni parizod Kalipso oroli sohiliga itqitib tashlaydi. Kalipso huzurida u 3 yil yashaydi. Nihoyat xudolar uni uyga qaytarish vaqti yetganiga ishonch hosil qiladilar. Bir necha qo'shiqda Odisseyning Itakaga qaytishdagi sayohatlari tasvirlanadi, bu davr mobaynida mahalliy amaldorlar Penelopaga sovchi qo'yadilar, uning roziligini olishga urinadilar. Penelopa 20 yil davomida vafodor xotin sifatida erini sabr-bardosh bilan kutadi, o'g'li Telemax bilan barcha ta'qiblarni yengadi. Odissey qaytgach Penelopaning xushtorlaridan o'ch oladi va 20 yillik ayriliqdan so'ng ularning baxtli turmushi tiklanadi. «Odissey» voqealari 40 kun ichida ro'y beradi. Oradagi sarguzashtlar so'zlab beriladi. Odisseyning 10 yillik sargardonliklari Itakaga yetishiga bir necha kun qolganda va Itakadagi bir necha kun davomida tasvirlanadi. Ular Odissey tomonidan Alkinoyning bazmida so'zlab beriladi yoki eslatib o'tiladi.

«Odisseya» «Iliada»ga nisbatan murakkabroq va mukammalroq asar hisoblanadi. Shu sababli ham ularning muallifi aynan bir kishi ekanligi to'g'risidagi bahs bugunga qadar davom etib kelmoqda.

Yevropa adabiyotida uzoq davrlargacha «Iliada» va «Odisseya» epik she'riyatning cho'qqisi hisoblanib kelgan. Uyg'onish davri yozuvchilari Gomer ijodini o'zlari uchun mezon qilib olganlar. Nisbatan uzoq bo'lmagan XIX asrda ham ko'plab shoir va nosirlar Gomer dostonlaridan ilhomlanib, undan o'z ijodlariga material olganlar. XIX asrning buyuk ijodkori, uslubda kashfiyotlar yaratgan J.Joys «Odisseya» mavzuida o'zining «Uliss» asarini yozgan. XVI— XVIII asrlarda esa ko'proq «Iliada» ijodkorlarni o'ziga jalb etgan. Bunga Shekspirning «Troil va Kressida”, Rasinning «Ifigeniya»sini misol qilish mumkin.

Gomer ta'sirini hozirgi kunda ham kuzatish mumkin. Deyarli har yili Yevropa va Amerikada neogomer an'analari ta'sirida yangi-yangi asarlar yaratilmoqda.



Yüklə 312,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin