O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


I. Pepton bulyonidagi ammoniylashtiruvchilarning boyitilgan kulturasining tahlili



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə38/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org

I. Pepton bulyonidagi ammoniylashtiruvchilarning boyitilgan kulturasining tahlili. 
1)

ammoniylashtiruvchilarning xarakterli o`sishini oddiy ko`z bilan kuzatishlarda mavjudligi (uning


ko`rinishi), loyqalanishi (uning jadalligi) va gaz pufakchalari borligi; 
2)

hid borligini qayd etish va uni tasvirlash (xushbo`y, yoqimsiz, o`tkir, qo`lansa, najas hidini eslatishi va


b.);

3)


ammoniylashtiruvchi bakteriyalarning boyitilgan kulturasini mikroskopda tekshirish-undan "ezilgan
tomchi" usulida tirik preparat hamda fiksirlanagan va bo`yalgan preparatlarni tayyorlash; 
4)

ammiakka sifat reaksiyasi o`tkaziladi - uni pepton bulyonida to`planganligini tomchi reaksiyasi bilan


Nessler reaktivi yordamida aniqlanadi. Chinni idishga boyitilgan kulturadan 0,5-1 ml quyiladi va reaktivdan 1 tomchi 
qo`shiladi. Ammiak bor bo`lsa, sariq yoki zarg`aldoq rang paydo bo`ladi. Ammiak qancha ko`p bo`lsa, rang shuncha
to`q bo`ladi. 



18



II. Ammoniylashtiruvchi bakteriyalarning toza kulturasini "ezilgan tomchi" preparatida ko`rish tavsiya etiladi.
1. Sporasiz grammanfiy bakteriyalar. 

a) Serratia marcescens - qizil qon tayoqchasi, bu kulturaning pepton agaridagi shtrixi bo`ylab o`sishi qotgan 


qonni eslatadi. Mikroskop ostida 0,5-0,6 x 6-1,0 mkm keladigan mayda, kalta, harakatchan peritrixlar, yakka yoki
qisqa zanjirlarga birlashgan hujayralar va qizil rangdagi donachalari - prodigiozin pigment bo`laklari ko`rinadi. 
b) Pseudomonas fluorescens - bu kultura oziqa muhitga ko`k yashil rangdagi flyuorestsent pigmentini ajratadi. 

Bu ingichka, 0,6 x 1-2 mkmdagi to`ppa-to`g`ri, harakatchan (monotrixlar) tayoqchalardir.


2. Spora hosil qiluvchi grammusbat bakteriyalar. 

a) Bac. megaterium uchlari yumaloqlashgan, yirik tayoqchalar, o`lchamlari 1,2-1,5 x 3-7 mkmdan 10 mkm 


gacha, harakatchan, peritrixlar, yakka yoki zanjir hosil qilgan, yosh hujayralarda dona-dona lipid granulalari ko`rinadi.
Shtrix yog`simon, yaltiroq, salgina qavariq, sarg`ish rangda bo`ladi.
b) Bac. subtilis kalta va ingichka, 0,6 x 3-5 mkm, yakka, harakatchan, peritirix tayoqchalar. Pepton agarida 

ingichka, quruq, burishgan parda ko`rinishida o`sadi.


v) Bac. mycoides 0,8-1,2 x 5-7 mkm yakka tayoqchalari yoki zanjirlarga birlashgan, ular yosh mog`or 

zamburug`i mitseliysining gifasini eslatuvchi iplar hosil qiladi. Agarli oziqa muhitda kultura o`ziga xos, yassi,


mitseliysimon yoki rizoidsimon yoyilgan shaklda o`sadi. 



Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin