1.1.1. Prokariotlarning tuzilishi Ko`pchilik prokariotlar rigid hujayra devoriga va uning ostida joylashgan tsitoplazmatik membranaga ega.
Hujayra devorining tuzilishi va tarkibi muhim taksonomik belgi bo`lib, uning asosida prokariotlar quyidagi
guruhlarga ajratiladi: grammusbat, grammanfiy, hujayra devoriga ega bo`lmagan bakteriyalar va arxeylar.
Grammusbat bakteriyalar tarkibida grammanfiylarga nisbatan hujayra devoridagi murein (peptidoglikan) miqdori
ancha ko`p bo`lib, tashqi membrana ham bo`lmaydi. Arxebakteriyalar murein o`rnida, asosan, psevdomurein tutadi.
Aksariyat bakteriyalar yuzasida fimbriyalar yoki pililar, harakatchan bakteriyalarda esa xifchinlar bo`ladi.
Ko`pchilik bakteriyalar yuzasida turli qalinlikdagi kapsulalar bo`ladi. Ular asosan, polisaxarid, glikoproteid va
polipeptidlardan tuzilgan.
Prokariotlarning ichki hujayraviy tuzilishi oddiy. Ko`pchilik bakteriyalar kiritmalar tutadi. Ular orasida
sitoplazmatik membrana hosilalari ajratiladi; fototroflarda xromatofor va tilakoidlar, nitrifikator va metan oksidlovchi
bakteriyalarning ichki membranalari bor. Ba'zi bakteriyalar gaz vakuolalariga (aerosomalar) ega. Aksariyat
bakteriyalar hujayralarida zahira moddalar bo`ladi. Ba'zi spora hosil qiluvchi turlar oqsil tarkibidagi parasporal
tanachalarga ega.
1.1.2.
Prokariotlarning o`sishi va ko`payishi Ko`pchilik bakteriyalar ikkiga bo`linib ko`payadi. Kurtaklanish yo`li bilan ko`payadiganlari ham bor.
Aktinomitsetlar esa sporalar yoki mitseliy bo`laklari bilan ko`paydi. Bir qator sianobakteriyalar ko`p qismlarga
bo`linib ko`payadi. Ko`p hujayrali prokariotlar trixomdan bir qancha hujayra ajrashi yo`li bilan ko`payadi.
1.2. Eukariotlar Prokariotlardan farqli o`laroq eukariotlarga mikro va makroorganizmlar kiritiladi. Eukariot mikroorganizmlar
tarkibiga zamburug`lar, bir qator suvo’tlari va sodda hayvonlar kiradi.