O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə4/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org

anaeroblarga ajratiladi.

1.4. Mikroorganizmlarda modda almashinuvi 
Mikroorganizmlarda amalga oshadigan konstruktiv va energetik jarayonlar ko`p qirraliligi bilan ajralib turadi.
Konstruktiv modda almashinuvida foydalaniladigan uglerod birikmalariga ko`ra mikroorganizmlar avtotrof va

getgerotroflarga ajratiladi. Geterotroflarning asosiy qismini saprofitlar tashkil qiladi.
Azot birikmalarining o`zlashtirilishida mikroorganizmlarning imkoniyatlari keng namoyon bo`ladi. 
Mikroorganizmlar orasida molekular azotni o`zlashtiruvchilar, tayyor aminokislotalarga muhtoj bo`lganlar va azotni
anorganik birikmalardan o`zlashtiruvchilari bor. 
Fosfor, oltingugurt kabi elementlarni mikroorganizmlar fosfat, sulfat va qaytarilgan oltingugurt birikmalaridan
oladilar. 





3


Mikroorganizmlar amalga oshiradigan energetik jarayonlar orasida fotosintez, bijg`ish, aerob va anaerob nafas
olishlar ajratiladi. 


1.5. Mikroorganizmlarning tarqalishi va ahamiyati 
Tabiatdagi ekologik sistemalarning butunligini ta'minlovchi muhim omillardan biri mikroorganizmlar yig`indisidir. 
Ma'lum sharoitlarda mikroorganizmlar yagona hayot shakli bo`lishi mumkin. Evolutsiya davomida ular orasida turli
tipdagi munosabatlar takomillashib borgan (simbioz, mutualizm, parazitizm va hokazo).
Yerdagi bo`lib o`tadigan moddalar aylanishida mikroorganizmlar faol ishtirok etadi. Turli organik birikmalarni
o`zlashtirib, SO va SO
2
ni yutib, metan hosil qilib va o`zlashtirib, ular uglerod aylanishida faol ishtirok etadi. 

Molekular azotni o`zlashtirib, ammiak va nitritlarni oksidlab, denitrifikatsiyani amalga oshiriladi. Ular tabiatdagi azot


aylanishini ta'minlaydi, qaytarilgan oltingugurt birikmalarini oksidlab va oksidlangan birikmalarni qaytarib oltingugurt 
aylanishini amalga oshiradilar.
Ba'zi mikroorganizmlar inson va o`zga organizmlarda kasalliklar chaqiradi, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, binolar, 
truboprovodlar, metallkonstruksiyalarining chirishiga olib keladi.
Bakteriya va zamburug`lar yordamida non, vino, pivo, kvas, turli sut mahsulotlari, atseton, butanol, sirka, limon 
kislotasi, vitaminlar, fermentlar, antibiotiklar va hokazolar olinadi. Mikroorganizmlarning amaliy ahamiyati
beqiyosdir. 



Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin