O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə3/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org

1.2.1.

Zamburug`lar 
Zamburug`lar tabiatda keng tarqalgan geterotrof mikroorganizmlar bo`lib, ularning aksariyati saprofitlar. Lekin 
parazitik turlari ham uchraydi. Ko`pchilik zamburug`larning asosiy xususiyati - mitseliyning hosil bo`lishi.
Mikroskopik zamburug`larning 3 guruhi mavjud: zigomitsetlar, askomitsetlar va deyteromitsetlar. Mikrobiologlarning 
asosiy obyektlaridan biri bo`lmish achitqilar askomitsetlarga kiritiladi. Achitqilar harakatsiz yakka-yakka hujayralar
bo`lib, asosan, kurtaklanib ko`payadi. Mikrobiologik tadqiqotlarda keng qo`llaniladigan achitqilar - Saccharomyces 
avlodiga kiruvchi achitqilardir, masalan, S.cerevisiae.
1.3. Mikroorganizimlarga tashqi muhit omillarining ta'siri 
Mikroorganizmlarga ta'sir etuvchi omillardan biri harorat. Mezofillar uchun optimal harorat 25-40
0
S tashkil 

etadi. Okeanlar tubida, tundrada psixrofil mikroorganizmlar yashaydi, ular uchun optimal harorat 5-15


0
S tashkil etadi. 


Ekstremal termofillar 70-110
0
S da yashay oladi. 


Osmotik bosim mikroorganizmlarning o`sishiga ta'sir etuvchi omillardandir. Ko`pchilik organizmlar 0,5 M NaCl
konsentratsiyasiga ham chiday olmaydi, ekstremal galofillar esa NaCl ning 2,5 M va undan baland 
konsentratsiyalarida yashay oladi.
Mikroorganizmlar muhitning nordonligiga ham sezgir. Ekstremal atsidofillar pH 0,5-1,0, alkalofillar esa 
pH 10,0-11,0 gacha bo`lganda yashaydi, lekin mikroorganizmlarning asosiy guruhlari neytral pH li muhitlarda
yashaydi. Ular neytrofillar deb nomlanadi.
Molekular kislorodga nisbatan chin aerob va anaeroblarga ajratiladi. Kam kislorodli (1,0-5%) muhitda yashay
oladigan mikroorganizmlar mikroaerofillar deb ataladi. Anaerob mikroorganizmlar fakultativ, aerotolerant va chin 



Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin