O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


 BAKTERIYALARNING MORFOLOGIYASI VA SITOLOGIYASI



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə9/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org

3. BAKTERIYALARNING MORFOLOGIYASI VA SITOLOGIYASI 




5


3.1. Tayoqchasimon bakteriyalarning shakllari va spiroxetalar 
Prokariot organizmlarining shakli tayoqchasimon, sharsimon, qiyshiq, burama va hokazo ko`rinishlarga ega. 

Odatda bir hujayrali tayoqchasimon microorganizmlar bakteriyalar (bacter – yunoncha tayoqcha) deb ataladi.


Silindrsimon to`g`ri tayoqchalar keng tarqalgan. Ular spora hosil qilmaydigan tayoqchasimonlar bo`lib, chin 
bakteriyalar (eubakteriya), masalan tuproqda ko`p uchraydigan Pseudomonas avlodi vakillaridir. Spora hosil
qiluvchilarning xarakterli vakillaridan Bacillus avlodi batsillalaridir. Organik moddalarga va boshqa substratlarga boy 
suv havzalarida kasal qo`zg`atuvchi spiralsimon buralgan tayoqchalar - vibrionlar, spirillalar va spiroxetalar uchraydi.
Bakteriyalar, batsillalar, vibrionlar va spirillalar "qattiq" hujayra devoriga (po`sti) ega va shuning uchun ularning 
hujayra shakli o`zgarmaydi, u mustahkam, rigiddir. Spiroxetalar esa ulardan farq qilib, o`ziga xos shakl va o`lcham,
tuzilishga va yashash muhitiga ega. Bu organizmlar ham bir hujayrali, ammo shakllari o`zgaruvchan, rigid emas. 
Spiroxetalarning buralganlik darajalari harakat vaqtida o`zgarib turadi. Tayoqchasimon bakteriya, spirilla va
spiroxetalar bilan tanishish uchun fiksirlangan bo`yalgan preparat quyidagi mikroorganizmlardan tayyorlanadi. 
1. Pseudomonas sp - ingichka 0,3-0,4x 3-5 mkm, yakka, to`g`ri tayoqchalar, sporasiz. Pepton agarida (PA) 

o`rtacha tekislikda, rangsiz, yaltiroq, tekis holda shtrix bo`ylab o`sadi, muhitning rangi ko`kish-yashil rangga


bo`yaladi. Kultura suvda oson emulsiya hosil qiladi. Tuproqdan ajratib olingan.
2. Tuproqda, suvda, o`simlik qoldiqlarida va boshqa substratlarda pichan tayoqchasi deb ataladigan Bac. subtilis 

uchraydi. Uning o`lchami o`rtacha 0,6-0,7x 3-5 mkmga teng bo`lib, spora hosil qiluvchi tayoqchadir. PA dagi shtrix


bo`ylab o`sganda o`ziga xos tashqi ko`rinishga ega - tekis, ajinli, xira holatda bo`ladi. Avvalo rangsiz, so`ngra pushti, 
to`q jigarrang yoki qop-qora rangga bo`yaladi. Qiyin emulsiya hosil qiladi.
3. Katta tayoqchalarga tuproqda keng tarqalgan batsilla Bac. megaterium (yunoncha so`zlardan: mega - katta,

teras - hayvon) kiradi. Bu spora hosil qiladigan eni 1,5 mkm, uzunligi 2-5 mkm bo`lgan tayoqchadir. PA dagi shtrixi


moysimon, yaltiroq, sal qavariq, och sariq rangli, suvda oson emulsiya hosil qiluvchidir. 
4. Agar 0,5 litr shisha stakandagi oddiy ariq suviga pishgan tovuq tuxumining oqidan solib, 7-10 kun 28-30

0
S


temperaturada inkubatsiya qilinsa suyuqlik loyqalanadi va ustida parda hosil bo`ladi. U stakandagi suyuqlikda yirikligi 

1,5-2x 30-70 mkm li buralgan Spirillum avlodiga kiruvchi spirillalarni ko`rish mumkin. Fiksirlangan bo`yalgan


preparatlarda 3-4 cho`lg`amga ega donador ko`rinishli hujayralarni ko`rish mumkin. 
5. Buralgan, norigid shaklli tayoqchalar bilan tanishish uchun tish kiridan preparat tayyorlanadi. Ayniqsa, 

kasallangan, karies tishlardan tayyorlangan preparatlarda spiroxetalar oson ko`rinadi. Preparatni tayyorlash uchun


misvok bilan tish kiri olinadi va surtma tayyorlanadi. Alangada yaxshilab fiksirlanadi, sovitiladi va ishqoriy fuksin 
bilan filtr qog`ozi orqali 2 minut davomida bo`yaladi. Mikroskopda ko`rilganda ko`rish maydonida og`iz
bo`shlig`idagi har xil mikroorganizmlar, jumladan: juda ingichka eni 0,3 mkm, uzunligi 10-15 mkm, har xil buralishga 
ega bo`lgan tish spiroxetasini ko`rish mumkin. Ular Spirochaetaceae oilasining Treponema avlodiga kiradilar.
Hamma bakteriya va mikroorganizm preparatlari immersiya obyektivi orqali ko`riladi, rasm daftarga suratlari 

chiziladi, tagiga nomi yoziladi. Ish mikroskopini to`g`ri va ohistalik bilan shkafga joylashtirish va o`z ish joyini


tartibga solish bilan tugallanadi. Bu qoidalarga mikrobiologiya darslarida doimo amal qilinadi. 
Adabiyotlar
1. Егоров Н.С. Руководство к практическим занятиям по микробиологии. М.: Изд-во МГУ, 1983. С. 6-
8.
2. Мишустин Е.Н. Емцев В.Т. Микробиология. М.: “Колос”, 2008. С. 36-39. 

3. Хоулт Дж. Краткий определитель бактерий Берги. М.: “Мир” 1980.



Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin