O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə11/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org

Stafilokokklar (staphilo - yunoncha uzum shingili degani) hujayraning har xil tekislikda tartibsiz bo`linishidan
hosil bo`ladi va uzum shingilining joylashishini eslatadi. Hujayra sharsimon bo`lib, diametri 0,8 - 1,5 mkm ni tashkil
etadi. Stafilokokklar odam va hayvonlarda yiringli yaralar hosil qiladi. Shuni eslash o`rinli bo`ladiki, yuqorida 
aytilgan sharsimon hujayralarning ayniqsa, Staphylococcus aureus(Tillasimon stafilokokk) to`plamlari, 2-4
tadan birikkan to`plamlari turg`un



6

4-rasm. Tillasimon stafilokokk hujayralari 



bo`lmasdan ayrim-ayrim hujayralarga oson ajratiladi. 


Sharsimon bakteriyalarning tashqi ko`rinishlari bilan tanishish uchun "ezilgan tomchi" usulida preparat
tayyorlanadi. Buning uchun buyum oynasiga vodoprovod suvidan bir tomchi tomiziladi. So`ngra o`rganilayotgan 
mikroorganizm kulturasidan ozgina olib aralashtiriladi va qoplag`ich oyna bilan yopiladi. Qattiq ozuqa muhitida
o`stirilgan kulturani bir tomchi suvga bakteriya ilmoqi vositasida solib aralashtirib preparat tayyorlansa, suyuq ozuqa 
muhitidagi bakteriya kulturasini steril pipetka bilan olib buyum oynasiga tomiziladi va qoplag`ich oyna bilan yopiladi.
Demak, ikkinchi holatda bir tomchi suvni buyum oynasiga tomizish shart emas. Olingan tomchining hajmi shunchalik 
kichik bo`lishi kerakki, qoplag`ich oyna yopilganda ortiqcha suyuqlik bo`lmagani ma'qul. Aks holda ortiqchasi filtr
qog`ozi yordamida yo`qotiladi. Tayyorlangan preparatlar immersiya obyektivi yordamida mikroskopda ko`riladi. 
1. Mikrokokklar preparatlarini 3-4 sutka davomida pepton agarida o`stirilgan Micrococcus roseus (pushti 

rangdagi kokklar) kulturasidan tayyorlanadi. Preparatda ayrim yoki to`p-to`p bo`lib, tartibsiz to`plamlar holida


joylashgan mayda sharsimon hujayralar ko`rinadi. 
2. Sartsinalar preparatlarini 3-4 sutkali pepton agarida o`stirilgan Sarcina flava (sariq rangli) kulturasidan 

tayyorlanadi. Ular 8 yoki 16 ta hujayradan iborat paketlar hosil qiladi.


3. Streptokokklar bilan tanishish uchun qatiq yoki smetanadan olib tayyorlangan fiksirlangan, bo`yalgan preparat 

ishlatiladi. Unda gomofermentativ sut kislotali bijg`ishni olib boruvchi Streptococcus lactis kuzatiladi.


Yog`sizlantirilgan qatiqdan (prostokvasha) buyum oynasiga surtma tayyorlanadi, fiksirlangandan so`ng ishqoriy 
moviy metilen bo`yog`i bilan 1-2 minut davomida bo`yaladi, filtr qog`ozi bilan quritiladi va immersiya tizimida ko`k
rangdagi sharsimon hujayralar zanjirchalari ko`rinadi. 
4. Stafilokokklar  bilan tanishish uchun tayyor fiksirlab bo`yalgan tillasimon stafilokokk Staphylococcus aureus

preparati ko`riladi. Bunda sharsimon hujayralarning shingillarini ko`rish mumkin (4 - rasm).


Adabiyotlar 
1. Егоров Н.С. Руководство к практическим занятиям по микробиологии. М.: Изд-во МГУ, 1983. С. 55.
2.

Теппер Е.З., Шильникова В.К., Переверзева Г.И. Практикум по микробиологии. М.,


Агропромиздат, 1987. С. 27-29. 
3.
Хоулт Дж. Краткий определитель Берги. М.: “Мир”, 1980. 


Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin