O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Surtma (mazok) tayyorlash



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə8/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org

Surtma (mazok) tayyorlash. Buyum oynasiga tomizilgan tomchi suvga o`rganilayotgan kulturaning
biomassasidan ozgina solinadi va bakterial ilmoq bilan aralashtiriladi. Biomassaning ortiqcha qismi kuydirib
tashlanadi. Hosil bo`lgan kuchsiz loyqa buyum oynasi ustiga diametri 2 sm doira shaklida tarqatiladi, havoda 
quritiladi va surtma tayyorlanadi (2, 3 - rasmlar). To`g`ri tayyorlangan surtmada bakteriyalar ayrim-ayrim bo`lib,
yupqa qatlam hosil qiladilar. 
Fiksatsiya issiq yordamida (flambirlash) yoki kimyoviy usulda olib boriladi. Birinchi usulda preparat uch marta
surtmasini alangaga qaratgan holda gorelka alangasidan o`tkaziladi. Fiksatsiya qilinganda hujayralar o`ladi va oynaga 
yaxshi yopishadi, tirik hujayraga qaraganda bo`yalishi engillashadi.
Preparat nordon yoki ishqoriy anilin bo`yoqlari bilan bo`yaladi. Nordon bo`yoqlarda xromofor (rang beruvchi 

ion) - anion, ishqoriylarda esa kation bo`ladi. Ishqoriy bo`yoqlarga quyidagilar kiradi: moviy rang metilen, ishqoriy 


fuksin, siyoh rang gentsian va boshqalar. Agar bo`yoq filtr qog`ozga avvaldan shimdirilgan va quritilgan bo`lsa
bo`yash osonlashadi. Bir ikki minut davomida bo`yalgandan so`ng, bo`yoq vodoprod suvi bilan yuviladi, filtr qog`ozi
bilan qoldiq suvlar shimdiriladi so`ng mikroskopda ko`riladi.

2.3. Preparatni mikroskopda ko`rish 
Mikroskopni talaba o`ziga nisbatan perpendikular holda qo`yadi. Ko`zgudan(yassi tomoni) va kondensorning iris 

diafragmasidan foydalanib, kunduzgi yorug`likda yoki maxsus yoritgichlar, masalan, OI-19 dan foydalanib yorug`lik


topiladi. Preparatga bir tomchi immersiya moyi tomiziladi va mikroskopning buyum stolchasiga joylashtiriladi. 
Mikroskop revolveridagi 90x obyektiv (immersiya obyektivi) preparatni ko`rishga moslanadi, yon tomondan
kuzatilgan holda obyektiv linzasi moyga botiriladi. Okulyarga qaragan holda makrovint yordamida ob'ekt topiladi. 
Aniq ko`rinishga erishish uchun mikrovintdan foydalaniladi. Mikrovintdan juda ehtiyotlik bilan foydalaniladi - soat
mili yo`nalishida yoki aksincha, faqat 1-2,5 aylanishdan ortiq buralmaydi. Preparatni yoritilishini kondensorni vertikal 
yo`nalishda xarakatga keltirib, kamaytiriladi yoki ko`paytiriladi. Bo`yalgan preparatlarni kuzatganda kondensor
taqalguncha tepaga ko`tariladi. 
Mikrobiologiyadan amaliy mashg`ulotlar uchun tutilgan maxsus albomga ko`rish maydoniga o`xshash, 3-4
sm lik doira chiziladi. Unga o`rganilayotgan hujayralarning rasmi solinadi, o`lchamlari va shakllariga alohida 
ahamiyat beriladi, kerakli yozuvlar yoziladi.
Ish tugagandan so`ng obyektivdagi moy tozalanadi (toluol shimdirilgan paxta bilan artiladi), revolverdagi kichik 

obyektiv fiksirlanadi, tubus va kondensor tushiriladi hamda mikroskop va boshqa o`quv qurollari maxsus joyga


qo`yiladi, ish joyi tartibga keltiriladi. 
Adabiyotlar
1. Герхардт Ф. Методы общей бактериологии. М.: “Мир”, 1983. Т. I, С. 16-45. 

2. Егоров Н.С. Руководство к практическим занятиям по микробиологии. М.: Изд-во МГУ, 1983. С. 33-41.



Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin