7
tayoqchasimon fragmentlarga bo`linadi, ular esa qisqarib tayoqcha yoki kokklarga aylanadi. Monosporali
aktinomitsetlar
vakillaridan Mikromonospora da mitseliy fragmentlarga bo`linmaydi, yakka sporalar substrat
mitseliysida hosil bo`ladi.
Streptomyces avlodiga kiruvchi chin aktinomitsetlar polisporali organizmlardir. Ular
yuzlab sporalarni spora
bandlarida hosil qiladilar.
Sporabandlari to`g`ri, spiralsimon, mutovkasimon bo`ladi.
Aktinomitsetlarda sporalar ikki tipda hosil bo`lishi kuzatiladi:
fragmentatsiya va segmentatsiya.
Birinchi holda gifalarda bir tekis tarqalgan nukleoid atrofida tsitoplazma to`plana boshlaydi, so`ngra
hosil
bo`layotgan spora maxsus qobiq bilan o`raladi. Gifaning po`sti ma'lum vaqtgacha saqlanadi va keyinchalik yoriladi va
spora tashqi muhitga chiqadi.
Segmentatsiya usulida spora hosil bo`lganda, nukleoid atrofida sitoplazma to`plana boshlaydi, so`ng nukleoid va
tsitoplazmani ayrim hujayralarga bo`ladigan ko`ndalang to`siqlar hosil bo`ladi. Spora etilgandan so`ng sporangiy
ayrim segmentlarga-sporalarga bo`linadi. Har bir sporadan yangi organizm paydo bo`ladi.
Oziqa muhitlarida aktinomitsetlar momiqsimon, duxobasimon, unsimon yoki terisimon substrat bilan birga o`sgan
koloniyalar hosil bo`ladi. Ular pigmentlar hosil qiladi va koloniyalar havo rang, ko`k, siyoh rang, pushti, qo`ng`ir,
jigarrangga bo`yaladi. Ba'zi aktinomitsetlar
vakillari kamfara, iodoform, ammiak, meva
hidlarini ajratadi hamda
geosmin deb ataladigan maxsus moddaning borligi tuproq hidini beradi. Aktinomitsetlar orasida dorivor moddalar-
antibiotiklar hosil qiladiganlari ham topilgan. Streptomitsetlar oziqa manbalariga
juda ham talabchan emas, shuning
uchun ular tabiatda keng tarqalgan. Ular organik murakkab moddalarni minerallashtirish jarayonida ishtirok etadi.
Odamlarda aktinomikoz kasalliklarini tarqatuvchi patogen formalari ham bor.
1.
Artrobakterlar bilan tanishish uchun agarli Chapek ozuqa muhitida o`stirilgan 1 va 7 sutkalik
Arthrobacter
Dostları ilə paylaş: