ko`k-siyoh rangda bo`lib, och havorang sitoplazmada ko`rinadi.
3.5.8. Parasporal tanachalar
Spora hosil qilgan Bacillus thuringiensis hujayralari sporaga yopishgan to`g`ri bipiramidal oqsil kristallini
hosil qiladi. Bu kristall ona hujayra avtolizida spora bilan muhitga ajraladi. Parasporal tanachalarni ko`rish uchun ular
maxsus bo`yaladi. Yupqa surtma tayyorlanib, havoda quritiladi. Alangada fiksirlanadi va 2 minut davomida qora
anilin bilan bo`yaladi. So`ngra bo`yoq suv bilan yuviladi va surtma 15 sekund davomida Silning fuksini bilan
bo`yaladi. Preparat suv bilan yuvilgach, quritiladi va immersion tizim bilan mikroskopda ko`riladi. To`g`ri bo`yalgan
oqsil kristallari qora rangda, qolgan qismi pushti rangda bo`ladi.
3.6. Bakteriyalarning spora hosil qilishi
Prokariotlar olamida endospora hosil qiluvchi bakteriyalar topilgan. Bunday spora hosil qiluvchi bakteriyalar
batsillalar deyiladi. Spora hosil qilish xususiyatiga ega bo`lgan bakteriyalar (tayoqchasimon) Bacillus, Clostridium,
Desulfotomaculum, Sporolactobacillus avlodiga kiradi, shu bilan birga ularga ba'zi sharsimon sartsinalar ham
kiradi.
Spora vegetativ hujayraning ichida hosil bo`ladi. Odatda bitta endospora hosil bo`ladi. Spora vegetativ hujayradan
sitologik, fiziologik va kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiladi. Spora vegetativ hujayraga nisbatan yuqori nur
sindirish ko`rsatkichiga ega bo`lib, oddiy usullarda bo`yalmaydi. Ular murakkab, ko`p qavatli qobiqqa ega. Ularda
tashqi va ichki hamda qalin korteks qavatlari mavjuddir. Ko`pgina bakteriyalarning tashqi qavati ustida yana bir
struktura - ekzosporium qavati bor.
Fiziologik jihatdan prokariotlarning sporalari modda almashinuv faolligi ancha pastligi bilan xarakterlanadi. Ular
vegetativ hujayraga nisbatan har xil faktorlarga: yuqori va past temperaturaga, radiatsiyaga, mexanik ta'sirlar va
hokazolarga o`ta chidamli bo`ladi.
Sporalarda dipikolin kislotasi va yuqori miqdorda kaltsiy ionlari topilgan. Ko`pgina batsillalarda spora hosil
bo`lishida hujayra shakli o`zgarmaydi. Bu batsillyar spora hosil qilish tipi Baciilus avlodi vakillarida kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |