safraninning suvdagi eritmasi bilan bo`yaladi. Bo`yoq to`kilgach preparat yuvib quritiladi va immersion sistema
bilan ko`riladi. To`g`ri bo`yalgan hujayralar qizil, sporalar ko`k rangda bo`ladi.
Sporalarning temperaturaga chidamliligini aniqlash uchun quyidagi tajriba o`tkaziladi. 100 ml hajmli kolbaga
yo`ng`ichqa yoki xohlagan boshqa bir o`simlikning mayda novdachalari solinadi. Bu o`simlikning ustki qismida har
xil mikroorganizmlarning sporalari, shu bilan birga Bacillus subtilis - pichan tayoqchasi bor. Unga 50 ml suv solinadi.
Kolbani paxta probka bilan yopib, 45 minut qaynatiladi. Qaynatish vaqtida novdadan suvga har xil moddalar chiqadi
va pichanli tiniq qaynatma hosil bo`ladi. Qaynatish past olovda olib boriladi. Vaqt qaynash boshlangandan keyin
belgilanadi. Keyin tajriba kolbalari bir necha kun 28 - 30
0
li termostatga qo`yiladi. Bu sharoitda pichanli qaynatmadagi
temperaturaga chidamli batsillalarning sporalari o`sadi. Hujayralar faol yashab ular parda hosil qiladi, qaynatma biroz
loyqalanadi. Tajriba tahlil qilinganda pichanli qaynatma o`zgargani aniqlanadi. Kultural suyuqligi mikroskop ostida
ko`riladi.
3.7. Bakteriyalar harakati
Ko`pgina prokariotlarning ustki qavatida hujayralarni harakatlantiruvchi tuzilmalar bor. Bular xivchinlardir. Ular
bir qator tayoqchasimon bakteriyalarda, ba'zi bir kokklarda, spirillalarda, vibrionlarda va ipsimon
bakteriyalarda topiladi. Xivchinlarning soni 1 tadan 100 tagacha bo`ladi. Xivchinlarning qalinligi 0,01 nm atrofida,
uzunligi 20 mkm gacha etadi. Xivchinlarni yorug`lik mikroskopi ko`rsata olmaydi, shuning uchun ular elektron yoki
qorong`i maydonli mikroskopda ko`riladi. Bakteriyalar xivchinlarning soniga va joylanishiga qarab hujayra quyidagi
tiplarga bo`linadi:
1. Monotrixlar - 1 ta xivchin hujayraning bir qutbida joylashgan;
2. Lofotrixlar - xivchinlar to`pi hujayraning bir qutbida joylashgan;
3. Politrixlar - (amfitrixlar) - xivchinlar to`pi hujayraning har qutbida joylashgan;
4. Peritrixlar - ko`p sonli xivchinlar hujayrani butunlay qoplagan;
Bakteriyalarning harakati bilan tanishish uchun quyidagi preparatlar tayyorlanadi:
1. Pseudomonas - avlodining vakillarida monotrixial yoki lofotrixial xivchinlar kuzatiladi. Shuning uchun
Pseudomonas sp. 12 - 18 soatli kulturasidan "ezilgan tomchi" preparati tayyorlanadi. Mikroskop tagida ingichka
harakatchan tayoqchalar ko`rinishi kerak. Ularning harakati juda tez, parmasimon va bir tomonga yo`nalgan bo`ladi.
Hujayralar aylanma harakat qilmaydi.
2. Xivchinlarning peritrixal joylanishida ularning harakati bir tekisda bo`ladi va tebranma harakatlanadi, aylanma
harakatlanishi mumkin. Bunday tipdagi harakatni Bacillus subtilis dan tayyorlangan "ezilgan tomchi" preparatlarida
ko`rish mumkin.
Xivchinlarni yorug`lik mikroskopida kuzatish uchun maxsus murakkab bo`yash metodlaridan foydalaniladi,
bunda xivchin qalinligi kattalashadi. Ularning bir necha bo`yash usullari bor. Bunda har xil ishlov beruvchi
moddalaridan foydalaniladi, ular xivchinning ustki qismida cho`kadi va shu sababli diametri oshadi va xivchinlar
ko`rinadi
Dostları ilə paylaş: |