3. Glaus, G. William Understanding microbes. G laboratory textbook for microbiology. New York, 1989, p.5 - 7.
chaqiruvchi, yani patogenlari ham bo`lish ehtimoli bor. Ko`p hollarda odam terisiga va uning atrofidagi narsalarga
17
gigienaga amal qilish va zarur bo`lgan gigienik muolajalarni o`z vaqtida bajarishdir.
Ushbu amaliy mashg`ulotda talabalar mikroorganizmlarni odam qo`liga va eshik tutqichlariga tushishining
yo`llarini amalda ko`rib chiqadilar va qo`l yuvishning effektivlik darajasini sovunli suv va faqatgina suv bilan
yuvishda namoyon bo`ladigan farqini aniqlaydilar.
2) Talabalar nomer oladilar va mashg`ulotni birinchi nomerdan boshlab birin-ketin bajaradilar. Dastlab oziqli
agar tutuvchi Petri ismi sharifi hamda mashg`ulot bajarish uchun olgan nomeri yoziladi. Petri likopchalaridan biriga
"avval", ikkinchisiga "suv" va uchinchisiga "sovun" deb yoziladi. Talabalar o`ng qo`llariga sterillangan qo`lqop
kiyadilar va uni steril holatda o`qituvchi aytgan vaqtgacha saqlab qoladilar.
Mashg`ulot boshida birinchi nomerli talaba qo`lqop kiyilgan qo`li bilan
Serratia marcescens kulturasidan ozgina
oladi va ikkinchi nomerli talabani qo`lini siqadi. Ikkinchi nomerli talaba uchinchi nomerni qo`lini siqadi va hokazo.
Qo`l siqishda barmoqlar o`qituvchi ko`rsatgan holatida bo`lishi lozim.
So`ng talabalar qo`lqopdagi barmoqlarini "avval" deb yozilgan Petri likopchasidagi
oziqli agar yuzasiga
tegizadilar. Bundan so`ng qo`llarini suv bilan yuvadilar va "suv" deb yozilgan agarni ushlaydilar. Yana qo`llarini
sovun bilan yuvib "sovun" deb yozilgan agarni ushlaydilar. Qo`lqoplarni yechib tashlaydilar. Petri likopchalarini
28
o
S bir hafta davomida inkubatsiya qiladilar.
Keyingi mashg`ulotda Serratia marcescens eshik tutqichiga yuqtiriladi va talabalar birinchi nomerdan boshlab
birin-ketin uni ushlab chiqadilar. So`ng "avval" deb yozilgan agarni yuzasiga qo`lqopdagi barmoqlarini tegizadilar.
Qo`llar suv bilan yuviladi va "suv" deb yozilgan likopchalardagi agarga tegiziladi. So`ng qo`llar sovun bilan yuviladi
va "sovun" deb yozilgan likopchalardagi agarga tegiziladi. Qo`lqoplar yechiladi. Petri likopchalari 28
o
S da bir hafta
davomida inkubatsiya qilinadi.
Inkubatsiya
vaqti tugagach, natijalar tahlil qilinadi. Bunda Petri likopchalarida Serratia marcescens o`sganligi
aniqlanadi (pushti rang yoki qizil koloniyalar). Natijalar jadvalda aks ettiriladi.
"Qo`l siqish" va "eshik tutqichi" mashg`ulotlarida olingan natijalar (
Serratia marcescens koloniyalarining o`sishi).
Talabalar №
Qo`l siqish
Eshik tutqichi
Likopchalarda o`sishi (koloniyalar soni)
avval
suv
sovun
avval
suv
sovun
1.
2.
Olingan natijalarga asoslanib mikroorganizmlarni odamdan odamga yuqish yo`llari haqida va uni oldini olishda
shaxsiy gigiyenani ahamiyati haqida xulosa qilinadi.
Adabiyotlar
1. "Understanding microbes: A laboratory textbook for microbiology." G. William Claus, 1989, New York, NY, USA.
Dostları ilə paylaş: