bakteriyalar ko`rinadi. Ular sabzavotlarni tuzlash va siloslashda o`tadigan sut kislotali bijg`ish jarayonida muhim rol
Tepper E.Z. Shil”nikova V.K., Pereverzeva G.i. Praktikum po mikrobiologii. M.: agropromizgrad, 1987. С.95-100.
Shlegel G. Obshaya mikrobiologiya. M.: “Mir” 1987 C. 247-255
21
Bijg`ish asosiy mahsulotlari bilan bir qatorda etil spirti va atseton hosil bo`ladi. Moy kislotali bijg`ishni
qo`zg`atuvchilar Clostridium avlodiga kiradi va klostridial yoki plektridial tipda spora hosil qiluvchi, harakatchan
tayoqchalardir. Moy kislotali bakteriyalarning o`ziga xos xarakterli belgilaridan biri bu - xujayralarda zapas oziqa
modda – granuloza to`plashdir.
Uglerod birikmalari manbai sifatida moy kislotali bakteriyalar mono-va disaxaridlarni o`zlashtiradi. Bu
organizmlar tuproqda, go`ngda, ifloslangan suvlarda, o`simlik qoldiqlarida, o`sib turgan o`simliklar ustida keng
tarqalgan. Tabiiy sharoitda moy kislotali bakteriyalar anaerob sharoitda kletchatkani
va pektin moddalarining
parchalanishida katta ahamiyatga ega.
Ba'zi holatlarda: sut kislotali achishda, siloslashda moy kislotali bijg`ish o`rinsiz bo`ladi va natijada moy kislota
hosil bo`lib, bu mahsulotlarga yoqimsiz hid beradi. Shu bilan birga sanoatda moy kislotali bakteriyalarning sof
kulturalaridan foydalanib zavodlarda moy kislota olinadi.
Moy kislotali bakteriyalar bilan tanishish uchun
Rushman muhitiga tuproq ekilib boyitilgan kulturadan "ezilgan
tomchi" preparat tayyorlanadi. Buning uchun buyum oynasidagi Lugol reaktivi tomchisiga suyuqlik bilan birga
Rushman oziqli muhitidagi kartoshkaning kichik bo`lakchasi qo`shiladi, aralashtiriladi
va qoplagich oyna bilan
yopilib, immersion tizimda mikroskopda ko`riladi. Preparatda binafsha rangga bo`yalgan granulozali yirik hujayralar
ko`rinadi. Granulozaning joylashishiga ko`ra hujayralar to`liq, qisman to`liq yoki dona-dona bo`ladi.
Adabiyotlar
1.
Mishutstin E.N., Emceva V.T. Mikrobiologiya.: “Kolos”, 2008.С.II-113.
2.
Tepper E.Z. Shil”nikova V.K., Pereverzeva G.i. Praktikum po mikrobiologii. M.: agropromizgrad, 1987. С.100-103.
3. Shlegel G. Obshaya mikrobiologiya. M.: “Mir” 1987 С.265-272.
Dostları ilə paylaş: