9
Yorug` maydonli mikroskopda nukleoid qiyin ko`riladi. Uni ko`rish uchun hujayraga dastlab ribonukleaza yoki
xlorid kislotasi bilan ishlov beriladi. So`ng ishqoriy bo’yoqlar bilan bo’yaladi.
Proteus vulgaris,
Azotobacter
chroococcum,
Bacillus megaterium, Bacillus mycoides, Bacillus subtilis larda nukleoid ravshan ko`riladi. Buning
uchun buyum oynasida bir sutkali bakteriyalardan
surtma tayyorlanadi, havoda quritiladi va 2 - 3 minut davomida
osmiy kislotasining 2% li eritmasi bug`ida fiksirlanadi. Shu maqsadda Petri likopchasi tagiga 2 - 3 tomchi fiksator
tomizilib, uning tepasiga buyum oynasidagi surtma o`rnatiladi.
Fiksatsiya vaqti tugagach, preparat 2-3 minut
davomida
1n. HCl eritmasi bo`lgan stakanga solinadi. Bunda ribosomal RNK gidrolizlanadi. Stakan 60
0
S
li suv
hammomida saqlanadi. Gidrolizdan so`ng preparat tez suv bilan yuvilgach, 15 minut davomida formalinning 1% li
eritmasiga
solinadi, yana yuviladi va 1-2 minut davomida
ishqoriy fuksinning 0,1-1,0%
suvli eritmasi bilan
bo`yaladi. Preparat yuvilib quritilgach immersiya moyi bilan ko`riladi.
Sitoplazma pushti rang, nukleoid qizil
rangda bo`ladi.
3.5.5. Uglevodli granulalar
Moy kislotali bakteriyalarning o`ziga xos xususiyatlaridan biri ularning hujayrasida kraxmalsimon modda -
granulozaning zahira oziqa moddasi sifatida to`planishidir. Moy kislotali bakteriyalar tuproqda keng tarqalgan.
Ularning
boyitilgan kulturalarini Rushman ozuqa muhitiga tuproq ekib olish mumkin. Ozuqa muhiti maydalab
tozalangan kartoshkadan tayyorlanadi. Kartoshka solingan probirkalar tagiga ozgina bo`r solinadi, so`ngra suv qo`shib
sterilizatsiya qilinadi. Tuproq ekilgan ozuqa muhiti 5 - 7 kun 26-28
0
Sda termostatda inkubatsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: