O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə21/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org

ko`k-siyoh rangda bo`lib, och havorang sitoplazmada ko`rinadi.

3.5.8. Parasporal tanachalar 
Spora hosil qilgan Bacillus thuringiensis hujayralari sporaga yopishgan to`g`ri bipiramidal oqsil kristallini 
hosil qiladi. Bu kristall ona hujayra avtolizida spora bilan muhitga ajraladi. Parasporal tanachalarni ko`rish uchun ular
maxsus bo`yaladi. Yupqa surtma tayyorlanib, havoda quritiladi. Alangada fiksirlanadi va 2 minut davomida qora 


anilin bilan bo`yaladi. So`ngra bo`yoq suv bilan yuviladi va surtma 15 sekund davomida Silning fuksini bilan
bo`yaladi. Preparat suv bilan yuvilgach, quritiladi va immersion tizim bilan mikroskopda ko`riladi. To`g`ri bo`yalgan 


oqsil kristallari qora rangda, qolgan qismi pushti rangda bo`ladi.

3.6. Bakteriyalarning spora hosil qilishi 
Prokariotlar olamida endospora hosil qiluvchi bakteriyalar topilgan. Bunday spora hosil qiluvchi bakteriyalar 


batsillalar deyiladi. Spora hosil qilish xususiyatiga ega bo`lgan bakteriyalar (tayoqchasimon) Bacillus, Clostridium,

Desulfotomaculum, Sporolactobacillus avlodiga kiradi, shu bilan birga ularga ba'zi sharsimon sartsinalar ham
kiradi.

Spora vegetativ hujayraning ichida hosil bo`ladi. Odatda bitta endospora hosil bo`ladi. Spora vegetativ hujayradan 


sitologik, fiziologik va kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiladi. Spora vegetativ hujayraga nisbatan yuqori nur
sindirish ko`rsatkichiga ega bo`lib, oddiy usullarda bo`yalmaydi. Ular murakkab, ko`p qavatli qobiqqa ega. Ularda 
tashqi va ichki hamda qalin korteks qavatlari mavjuddir. Ko`pgina bakteriyalarning tashqi qavati ustida yana bir
struktura - ekzosporium qavati bor. 
Fiziologik jihatdan prokariotlarning sporalari modda almashinuv faolligi ancha pastligi bilan xarakterlanadi. Ular 

vegetativ hujayraga nisbatan har xil faktorlarga: yuqori va past temperaturaga, radiatsiyaga, mexanik ta'sirlar va


hokazolarga o`ta chidamli bo`ladi.
Sporalarda dipikolin kislotasi va yuqori miqdorda kaltsiy ionlari topilgan. Ko`pgina batsillalarda spora hosil 

bo`lishida hujayra shakli o`zgarmaydi. Bu batsillyar spora hosil qilish tipi Baciilus avlodi vakillarida kuzatiladi.



Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin