O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə18/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org

Loffler moviy metilen bo`yog`i bilan qo`shimcha bo`yaladi. Bo`yoq to`kilgach, preparat yuvib, quritiladi va
immersiya bilan ko`riladi. Ish to`g`ri bajarilgan bo`lsa, kislotaga chidamli bo`lgan hujayralar qizil, chidamli 
bo`lmaganlari ko`k rangda bo`ladi.


3.5.3. 


Kapsula 
Ba'zi bakteriyalar uglevodlarga boy va azot kam bo`lgan muhitda o`sish vaqtida shilimshiq, hujayra atrofida 

joylashgan qatlam - kapsula hosil qiladi. Bu xususiyatga ayrim kasallik tug`diruvchi bakteriyalar, saprofitlardan esa



Bacillus polymyxa, Azotobacter chroococcum va boshqalar ega.
Kapsulalar ko`pincha gel konsistensiyada bo`lib, mikroskop ostida tirik hujayralarda yaxshi ko`rinmaydi. 

Kapsulalarni aniqlash uchun bo`yashning turli usullaridan foydalaniladi. Suyuq tush (tush bilan distillangan suv 1:10


nisbatda) yordamida "negativ" bo`yash (negativ kontrastlash) usuli yaxshi natija beradi. Unga 3-5 sutkalik azotsiz 


Eshbi muhitida o`stirilgan Azotobacter chroococcum kulturasining biomassasi solinadi. Ehtiyotlik bilan
aralashtiriladi va qoplag`ich oyna bilan yopilib, kuzatiladi. Preparatning umumiy qora fonida Azotobacter 


chroococcum hujayralarini o`rab turgan rangsiz yirik kapsulalar ko`rinadi.
Sporali kapsula hosil qiluvchi Bacillus sp. bakteriyalarining yosh kulturasidan yuqoridagidek preparat 

tayyorlanadi. Mikroskop ostida preparatning qora fonida Bacillus sp. ning tayoqchasimon hujayralarini o`rab turgan


rangsiz kapsulalar ko`rinadi.
Sporalarni Burri-Gins usulida bo`yab ko`rish mumkin. Buning uchun Bacillus polymyxadan maxsus oyna 

yordamida tushda (1:10) surtma tayyorlanadi. Surtma quritilib, alangada 5-6 marta fiksirlanadi. So`ng 1 - 2 min


davomida suvli fuksin bilan bo`yaladi. Suv bilan yuviladi, xavoda quritiladi, mikroskopda ko`riladi. Bunda qora fonda 



Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin