9.4. Sut kislotali bijg`ish
Uglerodli organik moddalar mikrobiologik o`zgarishlarga uchraydi va har xil oraliq moddalar yoki oddiy
moddalar CO
2
va suv hosil bo`ladi. Organik moddalarni qaysi yo`l bilan parchalanishiga qarab, erkin kislorodsiz
o`tadigan bijg`ish va aerob sharoitida o`tadigan oksidlanish jarayonlari farqlanadi.
Bijg`ish jarayonida doimo oxirgi mahsulot sifatida to`la oksidlanmagan moddalar - etanol, sut kislota va boshqalar
hosil bo`ladi. Bunda hosil bo`ladigan asosiy mahsulotlarga qarab bijg`ishlar spirtli, sut kislotali, moy kislotali va
hokazolar deb nomlanadi. Sut kislotali bijg`ishni sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalar olib boradi, ular mono- va
disaxaridlarni parchalab sut kislota hosil qiladi. Sut kislotali bakteriyalar 2 guruhga bo`linadi: geksozadan quyidagi
tenglama bo`yicha asosan sut kislota hosil qiluvchi gomofermentativ bakteriyalar:
C
6
H
12
O 2CH
3
CHOHCOOH
va sut kislota bilan birga qo`shimcha mahsulotlar ham hosil qiluvchi geterofermentativ bakteriyalar:
C
6
H
12
O CH
3
CHOHCOOH +CH
3
COOH + CH
3
CH
2
OH + + CH
2
ОНСНОНСH
2
OH + CO
2
Sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning tashqi ko`rinishlari tayoqchasimon - Lactobacillus avlodiga
kiruvchi, hamda sharsimon- Streptococcus avlodiga kiruvchi bakteriyalar bo`lib, sharsimonlari yakka, juft-juft bo`lib
yoki zanjir hosil qilishi mumkin. Ular harakatsiz, grammusbat, spora hosil qilmaydigan bakteriyalar.
Sut kislotali bakteriyalar anaerob yoki mikroaerofillar bo`lib, kislorod bor bo`lgan holatda ham, yo`q bo`lganda
ham o`sishi mumkin: katalaza aktivligi yo`q, xemoorganotroflarga kiradi.
Ularning deyarli hammasi o`sish faktorlarni hamda oziqlanishda murakkab oziqa moddalarni talab qiladi. Ular
tabiatda keng tarqalgan. Ular doimo o`simliklar ustida, odam va hayvon ichagida, sutda va boshqa oziqa mahsulotlarda
hamda tuproqda uchraydi.
Bu organizmlar sutdan sut-qatiq mahsulotlari olishda (qatiq, kefir), yem-hashaklarni siloslashda, sabzavotlarni
tuzlashda, xamirturush tayyorlashda, teri oshlashda, sanoatda sut kislota olishda va tibbiyotda - oshqozon, ichak
yo`llari kasalliklarini davolashda keng qo`llaniladi.
Sut kislotali bakteriyalar bilan tanishish uchun har xil sut-qatiq mahsulotlaridan (qatiq, prostokvasha, smetana,
Dostları ilə paylaş: |