Erkin yashovchi azotfiksatorlar
Erkin yashovchi azotfiksatorlar orasida Azotobacter va Clostridium avlodlarining turlari qiziqarlidir.
Azotobakter oson o`zlashtiriladigan organik moddalarni tutuvchi, neytral yoki kuchsiz ishqoriy reaktsiyali tuproqlarda
keng tarqalgan. Azotobakteriyaning hamma turlari - geterotroflar va aeroblar. Ular orasida eng yaxshi o`rganilganlari
Az. Chroococcum va Az. vinelandii ning turlaridir.
Tuproqda va ifloslangan suv havzalarida anaerob azotfiksator Clostridium avlodi uchraydi. Bu guruhning tipik
vakili C. pasteurianum turidir. Yosh kultura hujayralari peritrix joylashgan xivchinlarga ega bo`lgan va donador
kraxmalsimon moddaning katta zahirasiga ega bo`lgan tayoqchasimon shaklga egadir. Hujayralar klostridial tipda
spora hosil qiladi.
Azotobakterni tabiiy yashash muhitdan - tuproqdan ajratish uchun va uning miqdorini aniqlash uchun har xil
usullardan, shu qatorda tuproq bo`lakchalari usulidan foydalaniladi. Sterillangan Petri kosachasiga azotsiz Eshbi agarli
muhit quyiladi. Qotgandan so`ng agar ustiga sterillangan ilmoq yordamida 1g. tuproqni diametri 2mm cha bo`lgan 50 -
100 bo`lakchalari joylashtiriladi. Tuproq oldindan bir oz namlanadi. Bo`lakchalarning to`g`ri joylashishi uchun
andozadan foydalaniladi. Tuproq ekilgan likopchalarni 28 - 30
0
Sda 5 - 7 kunga nam kameraga joylashtiriladi. Bunday
sharoitda azotobakter bo`lsa, bo`lakchalar xira, avval rangsiz, keyin och jigarrang yoki to`q qoramtir rangli shilliq
bilan qoplanadi.
Azotobakter bilan qoplangan tuproq bo`lakchalarni miqdori ekilgan bo`lakchalar umumiy sonidan protsent
hisobida sanaladi. Bo`lakchalar atrofidagi shilliq biomassadan tushli preparat tayyorlanadi va mikroskopda ko`riladi.
Bunda qorong`i fonda qalin rangsiz kapsula bilan o`ralgan donador Az. chroococcum ning hujayralari ko`rinadi.
Azotobakterning boyitilgan kulturasini tuproqni suyuq, azotsiz Eshbi muhitiga ekib ham olish mumkin. Ekilgan
narsalar 28-30
0
S o`stiriladi va bir haftadan so`ng analiz qilinadi:
1. Probirka devoridagi loyqa va halqasimon shilliq g`ubor borligi oddiy ko`z bilan tekshiriladi.
2. Kultural suyuqlik va halqasimon g`ubor mikroskop ostida suyuq tush (1:10) tomchisida ko`riladi
Erkin yashovchi azotfiksatorning toza kulturasi bilan tanishish uchun agarli Eshbi muhitida o`stirilgan
Dostları ilə paylaş: |