O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


tvorogdan) va tuzlovlar suvidan



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə44/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org

tvorogdan) va tuzlovlar suvidan (pomidor, bodring, karam tuzlovlari) preparat tayyorlanadi. Uning uchun buyum
oynasidagi bir tomchi suvda bakterial ilmoq bilan ozgina mahsulotdan olib aralashtirib, havoda quritiladi.
Surtma
fiksirlanadi va ko`k metilen bilan bo`yaladi. 
Tuzlov suvidan preparat suvsiz tayyorlanadi, keyin surtma quritiladi, fiksirlanadi va bo`yaladi. 

a) Sut-qatiq mahsulotlaridan tayyorlangan preparatlarda sharsimon sut kislotali bakteriyalar ko`riladi, ular 


Streptococcus turiga kiradi. Diametri 0,5-0,6 mkmdan 1 mkm gacha hujayralar yakka, juft-juft va zanjir holatda
joylashgan bo`ladi, bular tipik gomofermentativ guruhining vakillardir. 
Streptokokklardan tashqari preparatda Lactobacillus avlodiga kiruvchi tayoqchasimon bakteriyalar ko`rinadi. 

Masalan, L. acidophilus, L. bulgaricus va boshqalar. Hujayralar yakka, juft-juft va zanjirsimon joylashgan. Sut


kislotali tayoqchalar streptokokklarga o`xshab o`simlik ustida, tuproqda, sut mahsulotlarda, odam va hayvonlar 
ichagida uchraydi.
b) Tuzlov suvidan tayyorlangan preparatda yakka va kalta zanjir holatda joylashgan L. rlantarum tayoqchasimon 

bakteriyalar ko`rinadi. Ular sabzavotlarni tuzlash va siloslashda o`tadigan sut kislotali bijg`ish jarayonida muhim rol


o`ynaydilar. 
Adabiyotlar
1.

Tepper E.Z. Shil”nikova V.K., Pereverzeva G.i. Praktikum po mikrobiologii. M.: agropromizgrad, 1987. С.95-100.


2.

Mishutstin E.N., Emceva V.T. Mikrobiologiya.: “Kolos”, 2008.C. 105-110


3.

Shlegel G. Obshaya mikrobiologiya. M.: “Mir” 1987 C. 247-255



9.5. Moy kislotali bijg`ish 
Moy kislotali bijg`ish bakteriyalar yordamida o`tadi va ularga faqat anaerob nafas oluvchi bakteriyalar kiradi. 

Bijg`ish natijasida quyidagi asosiy mahsulotlar hosil bo`ladi:


C

6
H


12

O
6


 CH

3
CH


2

CH
2


COOH + CO

2
+ H

2
O + CH

3
COOH






21

Bijg`ish asosiy mahsulotlari bilan bir qatorda etil spirti va atseton hosil bo`ladi. Moy kislotali bijg`ishni 

qo`zg`atuvchilar Clostridium avlodiga kiradi va klostridial yoki plektridial tipda spora hosil qiluvchi, harakatchan


tayoqchalardir. Moy kislotali bakteriyalarning o`ziga xos xarakterli belgilaridan biri bu - xujayralarda zapas oziqa 
modda – granuloza to`plashdir.
Uglerod birikmalari manbai sifatida moy kislotali bakteriyalar mono-va disaxaridlarni o`zlashtiradi. Bu 

organizmlar tuproqda, go`ngda, ifloslangan suvlarda, o`simlik qoldiqlarida, o`sib turgan o`simliklar ustida keng


tarqalgan. Tabiiy sharoitda moy kislotali bakteriyalar anaerob sharoitda kletchatkani va pektin moddalarining 
parchalanishida katta ahamiyatga ega.
Ba'zi holatlarda: sut kislotali achishda, siloslashda moy kislotali bijg`ish o`rinsiz bo`ladi va natijada moy kislota 

hosil bo`lib, bu mahsulotlarga yoqimsiz hid beradi. Shu bilan birga sanoatda moy kislotali bakteriyalarning sof


kulturalaridan foydalanib zavodlarda moy kislota olinadi. 
Moy kislotali bakteriyalar bilan tanishish uchun Rushman muhitiga tuproq ekilib boyitilgan kulturadan "ezilgan 

tomchi" preparat tayyorlanadi. Buning uchun buyum oynasidagi Lugol reaktivi tomchisiga suyuqlik bilan birga


Rushman oziqli muhitidagi kartoshkaning kichik bo`lakchasi qo`shiladi, aralashtiriladi va qoplagich oyna bilan 
yopilib, immersion tizimda mikroskopda ko`riladi. Preparatda binafsha rangga bo`yalgan granulozali yirik hujayralar
ko`rinadi. Granulozaning joylashishiga ko`ra hujayralar to`liq, qisman to`liq yoki dona-dona bo`ladi. 
Adabiyotlar
1.

Mishutstin E.N., Emceva V.T. Mikrobiologiya.: “Kolos”, 2008.С.II-113.


2.

Tepper E.Z. Shil”nikova V.K., Pereverzeva G.i. Praktikum po mikrobiologii. M.: agropromizgrad, 1987. С.100-103.


3. Shlegel G. Obshaya mikrobiologiya. M.: “Mir” 1987 С.265-272. 



Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin