O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə42/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org

Azotobacter chroococcum ning laboratoriya kulturasi mikroskopda ko`riladi.
Azotobacter chroococcum yosh davrida tayoqcha shaklida bo`ladi. Ular harakatchan, peritrixlar, gomogen bir 

me'yorda bo`yalgan plazmali, yakka yoki juft bo`lib birlashgan. Ularning uzunligi 2 - 3 dan 4 - 6 mkm gacha bo`lishi


mumkin. Sekin-asta tayoqchalar katta, diametri 4 mkm li sharsimon ko`pincha 8 soniga o`xshash qo`shaloq 
hujayralarga aylanadi, qarigan sari hujayralar harakatini yo`qotadi va shilliq kapsula bilan qoplanadi, plazma donador
bo`lib qoladi. 


Tuganak bakteriyalar 
Tuganak bakteriyalar dukkakli o`simliklar bilan simbioz holatda yashaydi. Bu bakteriyalarning shunday deb 

atalishiga sabab - ular o`simlik ildiziga o`tganda ildiz to`qimalari kattalashib, tuganaklar hosil bo`ladi.


Tuganak bakteriyalar Rhizobium avlodiga kiradi. Bakteriyalar asosan qaysi o`simliklarda tuganak hosil qilishiga 

qarab, shu o`simlik nomi bo`yicha tur nomi beriladi: Rh.phaseoli (loviya), Rh.trifolii (beda), Rh.meliloti 



(yo`ng`ichka), Rh.leguminosarum (no`xat).
Tuganak bakteriyalar odatda, tuproqda uchraydi. Ular uzunasiga 3 mkm dan oshmaydigan mayda, harakatchan, 

grammanfiy tayoqchalar bo`lib, psevdomonadalarga juda o`xshab ketadi. O`simliklar urug`i o`sayotganda tuganak


bakteriyalar ildiz tukchalari bilan to`qnashadi. O`simlik ildiz tizimining zararlanishi faqat yosh ildiz tukchalari orqali 
bo`ladi. Bakteriyalar tukchalarining eng uchidan kiradi va ip shaklida o`sadi, bu ip infeksion ip deb ataladi, so`ngra
bunday ipchalar epidermis hujayralari devoridan ildiz po`stlog`iga o`tadi. Ular shoxlanadi va ildiz to`qimasining 
tetraploid hujayralari bo`ylab taqsimlanadi. Rhizobium ta'sirida va o`stiruvchi modda ishtirokida ildiz to`qimasi o`sib
ketadi, natijada tuganaklar hosil bo`ladi. Tuganaklarda bakteriyalar tez ko`payadi, hajmi oshadi va shaklini 



20

o`zgartiradi: tayoqchalardan kolbasimon shishgan hujayralarga - bakteroidlarga aylanadi. Turli dukkakli 
o`simliklarning tuganaklarining shakli va o`lchamlari turlicha bo`ladi.
Simbiotik azotfiksirlovchi mikroorganizmlar bilan tanishish uchun mosh, no`xat, vika, soya, lupin kabi dukkakli 

o`simliklarning ildizini tuganaklari bilan umumiy ko`rinishi chizib olinadi.


1. Tuganak bakteriyalarning preparati Rh.meliloti ni 3-4 sutkali kulturasidan tayyorlanadi. Bular mayda, 

harakatchan 0,5 -0,6 x 1,2 - 3 mkm li tayoqchalar spora hosil qilmaydi, grammanfiy.


2. Tuganaklarning bakteroidli to`qimasidan preparat tayyorlash. 

Buyum oynachasiga tuganak qo`yiladi va uning ustidan boshqa buyum oyna bilan bosiladi. Ezilgan tuganakka bir


tomchi suv qo`shilib aralashtiriladi, qoplagich oyna bilan yopib mikroskopda ko`riladi. Preparatda bakteroidlar
harakatsiz, yo`g`onlashgan, rogatkasimon, hamda kolbasimon shishgan, noksimon yoki sferik hujayralar ko`rinishi
kerak.

Adabiyotlar


1. Koleshko O.I. Ekologiya mikroorganizmov pochvi. Laboratorniy praktikum. Minsk.: “Visheyshaya Shkola”, 1981. 
C.78-79.
2 Tepper E.Z. Shil”nikova V.K., Pereverzeva G.i. Praktikum po mikrobiologii. M.: agropromizgrad, 1987. С. 130-131. 



Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin