7-mavzu: RAVISH. RAVISHNING SEMANTIK -GRAMMATIK XUSUSIYATLARI.RAVISHLARDA DARAJA.
Reja:
1.Ravishningleksik-grammatikxususiyatlari.
2. Ravishlarningma’noturlari:
3.Ravishlardadaraja
4.Ravishlarningyasalishi: affiksatsiyavakompozitsiyausullariravishyasash.
5.Ravishlarningtuzilishjixatdanturlari
Mavzuga oid tayanch atama va iboralar.
Ravish o`zgarmasligi, sabab ravishlari, tarz ravishlari, maqsad ravishlari, payt ravishlari, ravishlarda forma yasalishi, o`rin ravishlari, miqdor ravishlari, ravish bo`lib kotish, daraja ravishlari.
1-savol bayoni.
Ravish harakat, holat belgisini bildiruvchi so`z turkumidir. Shu xususiyatga ko`ra ravish turkumiga oid so`zlar asosan fe'lga bog`lanib keladi.
Ravishlar fe'l bildirgan harakat-holatni bajarish tarzi, payti, o`rni, maqsadi va shu kabilarni bildiradi. Bektemir ayrilgisi kelmay, soldatlarcha qadam otib ketayotgan kizga ergashdi. (O). Yana toyib-poyib ketmasin deb, ehtiyotdan oyog`i tagiga g`ish tirab ham qo`ydi. (Sh.Sa'dulla).Ertasi ertalab hokimxonaga borishga karor berdilar. (Sh.S.). Olisdan tungi smenadagi ekskavatir va o`zga mashinalarning qudratli narasi baralla eshitilar edi.(O.).
Ravish turkumiga oid ayrim so`zlar sifat yoki otga bog`lanib kelishi mumkin. Lekin bunday xollarda ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, o`zi bog`lanib kelgan sifat yoki otdan anglashilgan harakat – holatning belgisini bildiradi: kecha xavo juda sovuk edi. (Sh.S.) Uning muomilasi hamisha shunday. Biz mustaqillikning batamom va o`zil-kesil tantanasiga kattik ishonamiz.(X.)
Eslatma: sifat yoki ravishlar bilan qo`llanib belgining kuchli yoki kuchsiz darajasini bildiruvchi juda, eng, kok, lang, girt, goyat, sal kabi so`zlar ravish hisoblanmaydi, chunki ravishlar mustaqil ma'noli leksik birliklardir. Keltirilgan so`zlar esa leksik ma'noga ega emas, ular belgining turli darajasini ko`rsatish uchun xizmat qiladi.
Ravishlar mustaqil so`z turkumi sifatida, o`ziga xos morfologik belgilarga ega. Bunday belgilardan biri ravishlarning o`zgarmasligidir: ravishlar biror so`zga bog`langanda formasi o`zgarmaydi. Ular tarkibida uchraydigan ko`plik, egalik va kelishik affikslari ham forma yasovchi sifatida qatnashmaydi. Bu affikslar ravishning o`zak qismiga kiradi, ya'ni shu affiks bilangina u ravish hisoblanadi yoki bu affiks forma yasovchilardan boshqa vazifada qatnashadi: birdan, birga, kunda, chalkanchasiga, birdaniga, yonlamasi(ga), qatorasi(ga) kabi ravishlardagi kelishik va egalik affikslari o`z asl ma'no va vazifasini yo`qotgan. Bu so`zlar xuddi shu ko`rinishda ravishga aylangan: Azimjon ham qarindoshini boshqacha tasavvur etgani uchun, xozir uni kurib birdan gap topolmadi. (As.M.). Yangi shpindel nusxasidan uchta yasadik… Yakinda sinab ko`ramiz.(M.K.). Avvalari, ilarilari kabi ravishlar tarkibidagi –lar va –i ko`plik va egalik ifodalovchi affikslar emas.Bunda –lar affiksi ilgariga oid noaniq, davomli vaqtni ko`rsatsa, -i affiksi egalik ifodalash (shaxs ko`rsatish) xususiyatini butunlay yo`qotgan: Okshomlari latifalar aytib ruslarni kuldirardi. (O.).
Dostları ilə paylaş: |