2-savol bayoni: Yuklamalarning ma'no turlari.
Ma'no xususiyatiga ko`ra yuklamalar quydagi turlarga bo`linadi:
1.So`roq va taajjub yuklamalari –mi,-chi,-a,-ya.
2.Kuchaytiruv va ta'kid yuklamalari:-ku,-u(-yu),-da,-oq,-yoq, -ki, axir, xatto, xattoki, naxotki.
3.Ayiruv va chegaralov yuklamalari: -gina(-kina), faqat, faqatgina, elgiz.
4.Aniqlov yuklamalari: xuddi, nak.
5.Gumon yuklamasi:-dir.
So`roq va taajjub yuklamalaridan –mi so`roq va taajjub,xayrat ma'nolarini bildiradi: Men dalada ishlashim kerakmishmi?(O)
-chi yuklamasi, so`roq, buyruq, iltimos, xohish kabi ma'nolarini bildiradi: Qani yoz-chi(buyruq), yonimga kelib ko`r-chi(do`q), ol-chi bolam(iltimos), tezroq yozsang-chi(qistash), -a,-ya yuklamasi so`roq, his-hayajon, taajjub, ajablanish ma'nolarini bildiradi: qanday baxtli kun-a (his-hayajon), bolaga o`xshaydi-ya (taajjub, ajablanish), kelasan-a(so`roq).
Kuchaytiruv ta'kid yuklamalari so`z ma'nosini kuchaytirish,ta'kidlash ma'nolarini ifodalaydi. Bular: -ku, -u, -yu, -oq,--yoq, -ki:-Ancha erni sug`oribdi-ku (O)
Ham yuklamasi ta'kid ma'nosini(Vaxobjon ham men bilan yuradi),-u,-yu
Yuklamasi davomiylik ma'nosini(O`yladi-yu qoldi),-oq,-yoq yuklamasi kuchaytirish ma'nosini,(Tansiq kontsert tugamasdanoq uyga keldi)(O), axir, xatto, xattoki yuklamalari ham kuchaytiruv, ta'kid va taajjub ma'nolarini ham bildiradi: Nahotki, erimiz aylansa chappa.(G`.G`)
Ayiruv va chegaralov yuklamalari –gina(-kina,-kina),faqat turli so`z turkumlari bilan kelib,ularni chegaralab ko`rsatish va ma'no jihatdan ajratish uchun ishlatiladi. Aniqlov yuklamasi xuddi, naq so`zlari o`zi mansub bo`lgan so`zning ma'nosini aniqlab ko`rsatish uchun qo`llanadi: O`g`il otasining xuddi o`zi.
Gumon yuklamasi-dir o`zi bog`lanib kelgan so`zga gumon ma'nosini qo`shadi: Omon kimdir, bormi Vatanda(X.O)
Inkor yuklamasi –na…na inkor ma'nosini uqtiradi. Yuklamalar turkumga ko`ra yuklama tuzilishiga ko`ra tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |