O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


TALABA SHAXSINING OB’EKTIV IJTIMOIY- PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI TEKSHIRISH METODIKASI



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə60/66
tarix21.03.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#54025
növüКнига
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66
Barotov, Olimov Eksperimental psixologiya 2007 o\'quv qo\'llanma

TALABA SHAXSINING OB’EKTIV IJTIMOIY- PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI TEKSHIRISH METODIKASI

Ushbu ilmiy-tadqiqot ishida talabalar ekspert sifatida qatnashadi. Bu sa’y-harakatning asosiy maqsadi talaba shaxsining ob’ektiv ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Buning uchun quyidagi topshiriqlar bajariladi:

1. Talaba shaxsining besh guruhdan iborat fazilati, sifat, xislatlarini ahamiyatliligiga qarab birin-ketin joylashtiring.

1-jadval

Tushunchalarning nomi


Tartib nomeri

SHaxsning uoyaviy-siyosiy sifatlari


Professional-mutaxassislik fazilatlari

Axloqiy-etik xislatlari

Tarbiyaviy-pedagogik sifatlari

Tashkilik-ishchanlik fazilatlari





2. Har bir guruhga kiritilgan sifatlarni o’zingizcha muhim bo’lmagan deb hisoblasangiz, u holda uni o’chirib tashlang va o’rniga yoqtirganingizni yozib qo’ying. Boshqa jadvallarda ham shunday qiling.

3. Har bir gurhdagi alohida shaxs fazilatlarini ahamiyatliligiga qarab besh balli shkala bilan baholang.

«5» - talaba shaxsining tizimida bu sifat mutlaqo zarur;

«4» - talaba shaxsining tizimida bu sifat qatnashishi shart:

«3» - mazkur sifat ishtirok etsa, ko’ngildagidek ish bo’lar edi;

«2» - ushbu sifatning mavjudligi zaruriyatdan tashqari;

«1» - ushbu sifatni e’tiborsiz qoldirsa bo’ladi.

Ta’kidlab o’tilgan qoidalar ilmiy izlanishlarning tamoyili vazifasini bajarib, bunga sinaluvchilarning barchasi rioya qilishlari shart, aks holda tadqiqotning ilmiylik darajasi tushib ketadi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin