Mavzu -8: Gumanistik psixologiya ta’limotlari.
Reja:
1. J.Piajening ta’limoti.
2. A. Maslauning ta’limoti.
3. Extiyojlar klassifikatsiyasi.
4. K.Rodjersning shaxs tugrisidagi ta’limoti.
Atokli Jenevalik psixolog Jan Piaje (1896-1980) murakkab intellekt muammosiga bagishlangan nazariyani ishlab chikdi.U aksariyat xollarda " tafakkur " tushunchasi urniga " intellekt " termenini kullaydi, lekin shunga karamasdan, uning tadkikotlarida " tafakur psixologiyasi " degan suz birikmasini uchratsa bo`ladi. J.Piajening intellekt nazariyasi ikkita muxim jixatga ajratilgan bulib, intellekt funksiyalari hamda itellektning davrlari ta’limotini uz ichiga kamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari katoriga tartiblik va moslashish kiritilib, ular intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. Intellekt faoliyatini tartibligi deganda sub’yektning itellektuol faollik kursatish jarayonida yaxlit xolatning va unga kiruvchi boshka unsurlarning ( elementlarning ), shuningdek, ularning barchasini uzaro munosabatlarini ajrata olish tushuniladi.
Intellektning moslashish funksiyasi uz navbatida assimilyasiya va akkamadatsiya jarayonlaridan tuzuladi. Ushbu nazariyaga binoan, assimilyasiya deganda idrok kidish ( anglash )mumkin bulgan ob’yekt tugrisida tavsiflarni tiklash anglashiladi.
Akkomodatsiya - bu bilishga intiluvchi sub’yektning moddiy borlikning talablariga moslashish jarayonidir. Anglash mumkin bulgan ob’yektning individ tomonidan yaxlit yoki ayrim tavsifini idrok kilishni yuz berishi bilan mazkur jarayon tugallanmaydi , balki sub’yektning uzi ham bilish faolligini ortib borishi natijasida uzgarishi kutiladi.
Muayyan davrga alokador muddat oraligida sub’yektning ma’lum darajada tajribaga ega bo`lishini J.Piaje bilish tuzilmasi ( struktursi ) deb ataydi. Mazkur nazariyaga binoan, intellekt xukm surishining muxim xususiyatlaridan biri - tashki olamdan kabul kilinayotgan axborotlar maxiyatining barchasi inson tomonidan uzlashtirilmasligi (assimilyatsiya xodisasi), shuningdek maxiyatining mos tushgan kisminigina kabul kilinishidan iboratdir.
J.Piaje intellekt tarakkiyotining ichki konunuyatlarini ochish maksadida assimilyatsiya va akkamodotsiya " muvozanati" masalasini urganadi.Muvozanat ta’lim jarayonida kutarilishi yoki tushishi kayd kilinadi.
J.Piajening intellektual nazariyasining ikkinchi ta’limoti " intellekt davr"lari deb yuritiladi. Tadkikotchi intelllektni kuyidagi rivojlanish pallasiga ajratadi: 1) sensomotor intellekti ( tugilgandan to 2 yoshgacha ); 2) operatsiyalardan oldingi tafakkur davri(2yoshdan 7 yoshgacha); 3) yakkol operatsiyalar davri (7-8 yoshdan to 11-12yoshgacha); rasmiy ( formal ) operatsiyalar davri.
Uning fikricha, intellektning usishi bolada nutk paydo bo`lishidan oldinrok boshlanadi. Intellektning kurtagi bolaning dastlabki tartibsiz xatti- harakatlariida uz ifodasini topadi.Keyinchchalik maksadga yunaltirilgan harakatlar aktini amalga oshirish natijasida va taxlil kilish yordamida intellektning genetik ildizini urganish uchun muxim imkoniyatlar yaratiladi.
Keyingi davrlarda gumanistik yunalishdagi jaxon ilmiy psixologiyasi fani psixologlari tamonidan olib borilgan tadkikotlar mazkur nazariyani tankidiy nuktai nazardan urganishni takozo kilmokda. Chunki psixologiyaning metodologiyasi uzgarib borishi bilish nazariyasiga dialektikadan tashkari kushimcha manbalar tartibsiz harakat (xatik), murosa, noosfera bilan alokalar mavjudligi ilmiy taxminlarni inobatga olishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |