O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


Nonni isrof qilmaslikka doir masalalar



Yüklə 94,47 Kb.
səhifə10/13
tarix03.12.2022
ölçüsü94,47 Kb.
#72175
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Nonni isrof qilmaslikka doir masalalar


Kishi hayoti uchun non zarur ne`matlardan biridir. Bolalarni nonni isrof qilmasdan, uni asrab, undan to‘g‘ri iste`molda foydalanish zarurligini o‘rgatish, har bir boshlang‘ich sinf o‘quvchisi burchidir. Nonni e`zozlash to‘g‘risida juda ko‘p tadbirlar amalga oshrildi. Ona tili, o‘qish, tabiatshunoslik, odobnoma darslari qatorida matematika darslarida ham nonni isrof qilmaslik, non bizning boyligimiz, rizqu-ro‘zimiz ekanligi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish bilan birga nonni e`zozlash to‘g‘risida turli mazmundagi masalalarni yechib borish ahamiyatli. Shunday masalalardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Ko‘pchilik hollarda nonni yeb bo‘lgach, uning ushog‘ini tashlashadi. Shuning oldini olish maqsadida 4-sinf o‘quvchilariga quyidagi masalani havola qilish mumkin.
Masala. Bir kishi ovqatlanib bo‘lgach, 10 gramm non ushog‘ini chiqindi sifatida tashlamasa, oilada 6 kishi bir kunda (3 mahal ovqatlanish nazarda tutiladi) qancha nonni asragan bo‘ladi? Bir oyda-chi?
Ushbu masalani yechish orqali ovqatlanish masalalariga rioya qilish, odob, hurmat bilan dasturxon atrofida o‘tirish, nonni to‘g‘ri iste`mol qilish, nonni avaylab, ushoqlarini tashlamaslik kabi xislatlar bolalarda shakllanib boradi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan masalani muhokama qilib yechar ekan, quyidagilarga e`tibor beradi: Bir kishi bir mahal ovqatlanish paytida 10 gramm nonni tejaydi. U 3 mahal ovqatlanish paytida 10x3=30 gramm nonni isrof qilmaydi. Oilada 6 kishi bo‘lgani uchun bir kunda oilada 30x6=180 gramm non tejaladi.
Bir oy 30 kun deb olinsa, 180x30=5400 gramm yoki 5 kg 400 gramm non e`zozlanib tejaladi. Bu bir oilaning 1 oyda nonni tejashi bo‘lsa, butun viloyatda, respublikalardagi oilalarda tonnalab non tejaladi.
Xuddi shu masala bilan bog‘liq o‘quvchilarning oshxonalarda tushlik

ovqatlanish paytida nonni asrashga oid keng tushuntirish ishlarini olib borish kerak. Bitta non non bo‘lguncha unga qancha mehnat, kishilarning qancha- qancha mehnati singganligi o‘quvchilarga yetkaziladi.


Boshlang‘ich sinf matematika darsliklarida non to‘g‘risidagi masalalar bor. Shunday masalalarni yechish jarayonida albatta nonni e`zozlash, isrof qilmaslikka o‘quvchilarni undash zarur.



        1. Yüklə 94,47 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin