Oziq-ovqat mahsulotlarini tejashga doir masalalar.
Masalalar. Bunday mazmundagi masalalar sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari tomonidan tuzilib, o‘quvchilarga havola qilinishi maqsadga muvofiq. Albatta oziq- ovqat mahsulotlariga turli xildagi narsalar kiradi. Olma, anor, nok, behi, olcha, o‘rik, kartoshka, sabzi, karam, piyoz va boshqa kundalik turmushda ishlatiladigan oziq-ovqat mahsulotlari jumlasiga kiradi. O‘quvchilarni oziq-ovqat mahsulotlarini iste`mol qilish, ularni tozalash, archish, jarayonida tejamkorlikka rioya qilish zarurligi uqtirib o‘tiladi. Oddiy bir kartoshka archish yumushishini olib qaraganda, ayrim paytlarda kartoshkani archganda po‘stini ko‘p chiqindiga chiqarishadi. O‘qituvchi shu holatning oldini olish, ya`ni ko‘p chiqindiga chiqarmay kartoshka tozalash bo‘yicha masala tuzib, uni o‘quvchilarga yechtirsa, tejamkorlikka rioya qilgan bo‘ladi.
Masala: Oilada tushlik ovqat paytida kartoshka archishda 800 gr kartoshka tejab qolindi. Oilada 1 oyda necha gramm kartoshka tejalgan bo‘ladi? Bir yilda- chi?
Masalani yechish jarayonida 1 oyni 30 kun deb qarab ish tutilganda 800x30=24000 gramm yoki 24 kg kartoshka tejaldi. Bir yilda esa 12 oy borligi nazarda tutilsa, 24x12 = 288 kg kartoshkani tejash mumkin. O‘quvchilar bunday sonli ma`lumotlar bilan qiziqib, nahotki shuncha kartoshkani nobud qilish mumkin bo‘lsa, deb hayron qolishlari mumkin. Shunda oyilariga kartoshka archishda yordam berib, chiqindiga kamroq chiqarishga harakat qilishadi. Hatto oyi, opa, ukalarini kartoshka po‘stini qalin olmaslik, ko‘p chiqindi chiqarmaslik, tejamkorl bo‘lishga chaqirishlari mumkin.
Oziq-ovqat mahsulotlarini nobud qilmaslik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida juda ko‘p manbalarda, fanlarda keltirilgan. O‘qituvchi ana shunday manbalardan buyuk allomalarimizning fikrlarini dalil sifatida keltirib, ularni o‘quvchilarga aytib berishi lozim. Ayrim oilalarda ovqatlar, oziq-ovqat mahsulotlarini yemasdan isrof qilish hollari uchrab turibdi. Shu isrof qilingan ne`matni yetishtirishda qancha odamlarning mehnati singganligini o‘quvchilarga tushuntirish kerak. Noz-ne`matlarni isrof qilmaslik, ulardan oqilona, tejab foydalanish zarurligi to‘g‘risida o‘quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borish ularda tejamkorlik xislatlari shakllanishiga yordam beradi.
O‘quvchilarni har doim noz-ne`matlardan oqilona foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘maslikka o‘rgatib borilsa, ular xoh maktabda bo‘ladimi, xoh uyda bo‘lishadimi, xoh jamoa joylarida bo‘ladimi, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaydigan, tejamkorlikka e`tibor beradigan bo‘lishadi. O‘quvchilarga oila daromadi bo‘yicha quyidagi masalani tavsiya qilish mumkin.
Masala: Nodir oiladagi bir kunlik isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ayrim xarajatlarini hisobladi. Elektr chiroqlari hisobidan 250 so‘m, non mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlarini tejashdan 1560 so‘m, suvni tejashdan 890 so‘m, tabiiy gazni tejab ishlatganda 880 so‘m foyda qilishini bildi. Bir kunda oila byudjetiga qancha foyda bo‘ladi? Bir oyda qancha foyda bo‘ladi? Bir yilda-chi? Ushby masala sof matematik masala. O‘quvchi bu masalani qiziqib bajaradi.
Masala yechimi: 250 so‘m+1560 so‘m+890 so‘m+880 so‘m = 3580 Demak, bir kunda 3580 so‘m tejaladi.
Bir oy (30 kunda)
3580 so‘m x 30 = 107400 so‘m oila daromadiga yordam bo‘lar ekan.
Bir yilda 107400 x 12 = 1288800 so‘m daromad isrof qilinmay tejab qolinadi.
Bu kam pul emas.
Bu pulga ro‘zg‘or uchun qancha-qancha mahsulotlar olish mumkinligi, o‘quv-qurollari, kiyim-boshlar olish mumkinligi o‘quvchilarga aytilsa, ularda tejamkorlik xislatlari rivojlanadi.
Xuddi shuningdek, o‘quvchilarni o‘quv-qurollari, kitob-daftar, ruchka,
chizg‘ich va boshqalarni asrab-avaylab ishlatishga o‘rgatish zarur. Tajribada yozish uchun daftarlarni tez-tez almashtiradigan o‘quvchilarni uchratish mumkin.
Masala: O‘quvchi mart oyida 5 ta yozuv daftarini tejab ishlatdi. Bitta daftar 300 so‘m tursa, u qancha foyda ko‘rdi?
300 so‘m x 5 = 1500 so‘m foyda ko‘radi.
O‘quvchi yozadigan ruchkasini tejab ishlatishi, o‘quv qurollarini behuda sotib olmaslik tejamkorlikning bir turidir.
Matematika darslarida iqtisodiyotga doir masalalar ishlab boriladi. Boshlang‘ich ta`lim jurnalining 2004-yil 4-sonida M.Mirzaahmedovning
«Matematika va iqtisodiyot» deb nomlangan maqolasi chop etilgan. U maqolada muallifning «Matematika - 4» darsligidagi 54-55, 60-68-darslar iqtisodiy mazmundagi masalalarga bag‘ishlanganligi aytilgan. Darsda shu maqolada keltirilgan masalalardan foydalanish o‘quvchilarni iqtisodiy shakllanishiga yordam beradi.
Quyidagi masalalarni qaraymiz:
Dostları ilə paylaş: |